Sh. Sodiqova



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

Ekskursiya ta’hmni 
,  , 
TT 


. . .  

.  ,
x  ...  i  .«  .  ,  . . .  
maxsus  shakli.  U  о  zida  tabny  sharoitda
tashkil  etish shakli 
.  ,  . 
. . .  
,  . 

,
,
sifatida 
bolalarni  tabiat,  madaniy  obyektlar,  kattalar
mehnati bilan tanishtirish imkoniyatini beradi. 
Ekskursiya vaqtida bolalar olamning turfa xilligi, rivoj lanishini anglaydilar, 
narsa-hodislar orasidagi aloqadorliklarni kuzatadilar.
Ilk  va  kichik  guruhda  ekskursiya  maktabgacha  ta ’lim  muassasasining 
ichkarisida, yer maydonchasida, o‘rta guruhdan boshlab muassasadan tash- 
qarida o‘tkazila boshlanadi.
Ekskursiya  uyushtirishni  rejalashtirishda  quyidagi jihatlarni  hisobga 
olish lozim:
1) ekskursiya narsa-hodisalami dastlabki yorqin, yaxlit idrok etilishini 
ta’minlashi kerak;
2)  bolalarning  tanish  obyekt  yoki  hodisalar  haqidagi  tasavvurlarini 
kengaytirish, chuqurlashtirish, umumlashtirish uchun takroran ekskursiya 
uyushtiriladi.  Takroriy  ekskursiya  bola  dastlabki  ekskursiya  paytida 
kuzatgan  obyekt,  hodisalarning  yangi  sifat  va  xususiyatlarini  ochib  be- 
rishga xizmat qiladi;
3)  dasturiy  materialni  bosqichma-bosqich  murakkablashtirish  ikki 
yo'nalishda  amalga  oshirilishi  zarur:  kuzatilgan  hodisalar  ko‘lamini 
kengaytirish  va  u  yoki  bu  hodisalar  haqidagi  bilimlarni  ketma-ketlikda 
chuqurlashtirish va umumlashtirish;
207


4) 
har  bir  ekskursiyada  ta’limiy  va  tarbiyaviy  vazifalar  birgalikda 
hal  etilishi  lozim.  Shuning  uchun o‘zlashtirilishi  lozim bo‘lgan bilim va 
ko'nikmalar hajmini rejalashtirish hamda qanday his-tuyg‘u,  munosabat, 
axloqiy sifat,  estetik ehtiyojlami faollashtirish avvaldan o'ylanishi kerak.
Ekskursiya  o ‘zaro  bir-biri  bilan  bog‘langan  aniq 
tarkibiy  tuzilishga
 
ega:  tayyorlov  bosqichi,  ekskursiyaning  borishi  va  ekskursiyadan  keyin 
amalga oshiriladigan ish.
Tayyorlov  bosqichi
  ham  pedagogni,  ham  bolalarni  ekskursiyaga 
tayyorlashni  o‘z  ichiga  qamrab  oladi.  Pedagog  ekskursiya  mavzusini, 
uning mazmun-mohiyatini, o‘tkazilish muddatini belgilaydi. Shuningdek, 
ekskursiya  uyushtiriladigan  obyektning  joylashgan  o‘rni  va  holatini 
ham  ko‘zdan  kechiradi.  Ekskursiya  davomida  beriladigan  namunaviy 
savollami tuzadi,  she’r,  maqol va topishmoqlardan namunalar tanlaydi.
Bolalarni  ekskursiyaga  tayyorlash  ularda  o'rganish  ko‘zda  tutilgan 
obyekt va hodisalarga doir qiziqish va ehtiyojni hosil qilishni talab etadi. 
Buning uchun quyidagi pedagogik usul va vositalardan  foydalaniladi:  1) 
ekskursiya jarayonida bolalar kuzatishi mumkin bo'lgan narsa-buyumlar 
va hodisalar  haqida qiziqarli  m a’lumotlar berish;  2)  bolalardagi  mavjud 
tajribalarga tayanish;  3) bolalarga emotsional ta’sir ko:rsatish maqsadida 
san’at asarlaridan foydalanish.
Ekskursiyani  amalga  oshirish
  jarayonida  ta’limning  turli  uslublari 
(kuzatish, suhbat, tushuntirish)dan foydalaniladi. Dastlab bolalarga obyekt 
bilan  to ‘liq  tanishish  imkoniyati  beriladi.  Shu  bilan  birga  bolalarning 
kuzatilayotgan obyektni aniq idrok etishlarini  badiiy  iboralar yordamida 
amalga oshirish mumkin: pedagogning o ‘zi yoki bolalardan biri she’rdan 
parcha  o ‘qiydi.  Obyekt  yaxlit  tarzda  idrok  qilib  bo‘linganidan  so‘ng, 
bolalar  uni  chuqurroq  anglab  olishlari  uchun  tahlil  qilishga  o‘tiladi. 
Bunda turli xil savollardan foydalaniladi:
1) dalillar keltirishni talab etuvchi savollar (qanday nomlanadi, qanday 
qismlardan iborat, qanday xususiyatlar va o‘ziga xosliklarga ega);
2)  fikrlashni  faollashtiruvchi,  qiyoslash,  taqqoslash,  farqini  ajratish, 
umumlashtirishni  talab  etuvchi  savollar  (munosabat,  aloqadorliklarni 
hosil qilish uchun);
3) anglash faolligini rag‘batlovchi. ijodiy fikrlash, xulosalar chiqarish- 
ga undovchi savollar.
Ayrim  ekskursiyalar jarayonida  suhbat  asosiy  uslub  sifatida  xizmat 
qiladi.  Ayniqsa,  bolalarni  turli  kasb  egalari  (oshpaz,  temirchi,  sotuvchi,
208


fermer,  xususiy  tadbirkor)  faoliyati  bilan  tanishtirish  paytida  mazkur 
uslubdan  foydalanish  yaxshi  samara  beradi.  Buning  uchun  tarbiyachi 
suhbat jarayonida  foydalaniladigan  savollami  avvaldan  tayyorlab  olishi 
zarur.
Shuningdek, ekskursiyajarayonidabolalarningfikriy faolligini qo‘llab- 
quvvatlash lozim. Ana shu maqsadda bilish-izlanishni rag‘batlovchi usul- 
lardan foydalaniladi:  bolalarga ular nimalarni  o ‘ylayotgani,  ularni  nima­
lar  qiziqtirayotgani,  ularning  fikricha  nima  tushunarsiz  ekanligi  haqida 
savollar  beriladi;  ular  guvohi  bo'layotgan  obyekt,  hodisaga  mos  she’r, 
maqol, topishmoqni yodga tushirish so‘raladi.
Ekskursiya so‘nggidabolalarnim alam iko‘rganliklari, bilibolganliklari 
haqida  umumiy  xulosalar  chiqariladi.  Bir  nechta  bolaga  ularga  nimalar 
qiziqarli bo‘lganligi haqida gapirib berishni taklif etish mumkin.
Ekskursiyadan so 'ng amalga oshiriladigan ish
 bilimlarni kengaytirish, 
aniqlashtirish,  tizimlashtirishga,  ekskursiya  jarayonida  tug'ilgan  his- 
tuyg‘u,  munosabatlarni  mustahkamlashga  yo'naltiriladi.  Buning  uchun 
quyidagi usullardan foydalaniladi:
1) ekskursiya davomida to ‘plangan materiallar(tosh,  yong'oq, na’ma- 
tak va boshqalar)ni chiroyli qilib bezatish;
2) bolalarning ekskursiyadan olgan taassurotlarini boyitish maqsadida 
badiiy asarlarga (kitoblar, musiqa,  qo'shiq.  amaliy  san’at buyumlari)mu- 
rojaat qilish;
3) kitob burchagida (“Bizning shahrimiz”, “Bizning bog1”, “0 ‘zbekis- 
ton -   serquyosh  o ‘lka”  albomlarini  tuzish),  tabiat  burchagida  (maketlar 
tayyorlash, kolleksiyalar to‘plash, gerbariy tuzish) ishlash;
4) o'yinlarni  (teatrlashtirilgan, didaktik, syujetli-rolli) tashkil etish;
5) m a’lum  bir belgilangan  mavzu yuzasidan amalga oshirilgan о ‘quv 
ishining yakuniy qismi bo‘yicha umumlashtiruvchi suhbat o‘tkazish.

Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish