Maktabgacha ta’lim muas
sasalarida huquqiy tarbiya
bolalarni 0 ‘zbekiston Respub
likasi Konistitutsiyasi bilan
tanishtirish
Huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib,
yoshlikdan boshlab berib borilishi lo
zim. Bolalar oilada, maktabgacha ta’
lim
muassasalaridayoq
xulq-atvor
qoidalaridan xabardor bo‘lishi, m a’
naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g ‘-
174
dunyoga tanitgan, xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida
faol harakat qilishiga huquqiy zamin yaratgan muhim huquqiy hujjatdir.
Konstitutsiya to‘g‘risida so‘z aytilgandauni nafaqat xalqaro munosabatlarda
davlatning pasporti sifatidagi roli, balki ichki islohotlar jarayonidagi asosiy
huquqiy manba ekanligini alohida e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.
Konstitutsiyamizning har bir moddasini o ‘qib kuzatar ekanmiz, unda,
eng avvalo, inson huquqlari va erkinliklari masalasiga, ularning amalga
oshishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilganligining guvohi bo‘lamiz.
Uning milliy qonunchiligimizning o‘ziga xos yutug' sifatida ko‘pgina
xorijiy mutaxassislar tomonidan bot-bot e’tirof etilganligi fikrimizning
tasdig‘idir. Bosh Qonunimizning qabul qilinishi 0 ‘zbekiston xalqining
tarixidatub burilish yasadi, yangi demokratik huquqiy davlat qurish asosini
yaratdi. Bunda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalardan biri mamlakatda
yashovchi har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini to ‘la kafolatlashdir.
“Konstitutsiya saboqlari”ni o’rgatishning asosiy maqsadi esa ana shu
kafolatlar asosida bolalarning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
moddalari mazmunini yosh xususiyatlari bilan bog‘liqlikda anglab
olishlariga erishishdir.
“Konstitutsiya saboqlari” mashg‘ulotlarida Konstitutsiyaning quyida
gi moddalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi:
1-modda. 0 ‘zbekiston - suveren demokratik respublika. Davlatning
“0 ‘zbekistonRespublikasi” va “0 ‘zbekiston” degannomlari bir m a’noni
anglatadi. Mazkur moddani o‘rganish jarayonida bolalarda quyidagi bi
lim va ko‘nikmalar tarkib toptiriladi: o‘zining tug‘ilib o ‘sgan joyini bi-
lish; Ona-Vatanga nisbatan muhabbat uyg‘otish; oila a’zolari: ota-ona,
aka-uka, opa-singil, qon-qarindoshga bo‘lgan hurmat hissi; xalqi, urf-
odatlari, tarixiy joylami bilish; milliy bayramlar: Mustaqillik kuni, hoti-
ra va qadrlash kuni, N avro‘z, Hayit bayramlari haqida tushunchaga ega
bo‘lish; m a’naviy merosni asrash zarurligi.
4-modda. O'zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi o ‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat
va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi uchun
sharoit yaratadi. Ushbu moddani o‘rganish jarayonida bolalarda o ‘zbek
xalqi va davlat tilini hurmatlash; 0 ‘zbekiston Respublikasi xududida
istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va
an’analarini hurmatlash; o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining
bayram qilinishiga doir tushuncha va tasavvurlar shakllanadi.
175
5-modda. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan
o‘z davlat ramzlari - bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Tarbiyachi
moddani sharhlash jarayonida bolalarning davla-timizning nomi, uning
ramzlarining m a’no-mazmunini anglash va ularga nisbatan hurmat bilan
qarash zarurligi; davlatimiz ramzlaridan faxrlanish va ularni hamisha
himoya qilish; madhiya matnini yaratgan shoirni, musiqasini yaratgan
bastakoming ismi va shariflarini bilish; Davlatimiz ramzlarining tavsifi
haqida tushunchaga ega boTishlariga asosiy e’tibor qaratadi.
6-modda. O ‘zbekiston Respublikasinig poytaxti - Toshket shahridir.
Bolalar 0 ‘zbekiston Respublikasinig poytaxti - Toshket shahri ekanligini
anglashlari; Toshket shahri haqida m a’lumotga ega b oiishlari zarur. Bo-
lalarga Toshkent haqida videofilmlar, slaydlar, rangli rasmlar, fotoalbom
ko‘rsatish orqali ularning tasavvurlari yanada boyitiladi.
8-modda. 0 ‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, O ‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. Bolalar o ‘zlari bilan birga
yashayotgan turli millat vakillarining hammasi 0 ‘zbekiston deb atalgan
davlat kishilari ekanligini anglab olishlari lozim.
31-modda. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatnadi. har bir inson
hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik
huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘1 qo‘yilmaydi.
Mazkur moddaning bolalar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun ularga hayit
bayrami haqida tushuncha berish; hadislar mazmunini rasmlar orqali
tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
37-modda. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli
mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko ‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan
himoyalanish huquqiga ega. Bolalarda mehnatga ijobiy munosabatni
tarbiyalash; berilgan topshiriqni astoydil bajara olishlariga erishish; ular
ning kattalar mehnati haqidagi tasavvurini boyitish; mehnat qurollari-
ning nomi va vazifasini bilish; mehnatni chin yurakdan bajargan bola
mehnatsevar hisoblanishini, mehnatsevarlik bebaho fazilat ekanini ang-
lashlariga erishiladi. Bolalar bilan “Kim bo‘lsam ekan” mavzusida surat-
lar asosida suhbatlar tashkil etiladi.
40-modda. Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huqu
qiga ega. Ushbu modda mohiyatini tushuntirish orqali bolalarda gigienik
talablarga rioya qilishni hayotiy ehtiyojga aylantirish; “S ogiom tanda
- sog‘ aql" naqlining m a’nosini anglatish; shifokorlar mehnati va o‘z-
o‘ziga xizmat ko‘rsatish haqida tushunchalarni boyitishga erishiladi.
176
41-modda. Har kim bilim olish huquqiga ega. Bolalar o'zlari qiziqqan
narsalari haqida m a’lumot olishlari, bilim olish orqali yaxshi inson bo‘lib
yetishishlarini anglaydilar.
47-modda. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan bur-
chlarini bajaradilar. Bolalar burch nima ekanligi; maktabgacha yoshdagi
bolalarning burchlari nimadan iborat ekanligi; tarbiyali bola bo‘lish,
axloqiy qoidalarga rioya qilish kabi vazifalarni; ota-onani hurmatlash
lozimligini anglaydilar. Yaxshilik qilish haqida hadis, maqollarmazmunini
tushuntirish hamda mulkni asrash. ehtiyot qilib foydalanishga o‘rgatish
amalga oshiriladi.
49-modda. Fuqorolar 0 ‘zbekiston xalqining tarixiy, m a’naviy va
madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari
davlat muhofazasidadir. Bolalarni o ‘z shahar, qishlog‘idagi diqqatga
sazovor joylar, m e’morchilik yodgorliklari bilan tanishtirish, mahalliy
sharoitni hisobga olgan holda ziyoratgohlarni tanlab, suhbat o‘tkazish;
ziyoratgohlarga bog‘liq ravishda insonning odob-axloqiga doir fazilatlar
haqida m a’lumot berish; 0 ‘zbekistonning m e’moriy obidalariga doir
rasmlar ko‘rsatish va ular haqida tushuncha berish; mamlakatimizdagi
yodgorliklar, qadimiy binolar ham tarixiy m e’ros sifatida asralishi
kerakligini anglatish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi.
50-modda. Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda
bo‘lishga majburdirlar. 55-modda. Yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va
hayavonat dunyosi, hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir,
ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Bolalarga
mazkur moddalar mazmuni bevosita tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari
jarayonida tanishtirilib, ular tabiat haqida tushunchaga ega bo‘lishlari;
ularda tabiatni asrash va avaylash hissini uyg‘otish; o‘simliklarni payhon
qilish yomon odat ekanligini bilish; yow oyi va uy hayvonlari haqida
ma’lumot berish; hay von, qushlarni asrash, avaylash har bir inson vazifasi
ekanligini bilish: ularni parvarish qilish, och qoldirmaslik; qushlar insonlar
uchun foydali ekanini uqtirish; “Qizil kitob” muhofaza ramzi ekanini
bilish; “Qushlar bayrami”, “Gullar bavrami”, “Navro‘z bayrami” haqida
tushunchaga ega bo‘ lish; ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash choralari:
choy qaynatgich qaynayotganda va kir yuvish mashinasi ishlayotganda
suvga qo‘l tiqmaslik haqida qisqacha m a’lumot berish; gaz va elektr tokini
tushungan holda qo‘llaganda oilalar uchun o‘ta foydali ekani, ularninig
oila yumushlarini yengillashtirishi, agarda ulardan noto‘g‘ri foydalanilsa
177
katta xavf tug‘dirishi, ko‘pdan ko‘p falokatlar chiqarishini, shu sababdan
gaz plitasiga yaqinlashmaslik va turli murvatlarini bekordan bekorga
buramaslikni uqtirish; gaz hidini sezishlari bilan darhol kattalarga aytish
zarurligini bilish kabi bilim va ko‘nikmalar tarkib toptiriladi.
52-modda. 0 ‘zbekiston Respublikasini himoya qilish 0 ‘zbekiston
Respublikasi har bir fuqorosining burchidir. Fuqarolar qonunda
belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tishga majburdirlar.
89-modda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti - davlat boshlig'i ekan-
ligi. Bolalarga O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yurtimizda tinchlik,
barqarorlikning posboni ekanligini tushuntirib, mamlakat yo‘lbosh-
chisiga bo‘lgan ishonch va hurmat tuyg‘usini tarkib toptirish; bolalarda
fuqorolaming mehnatda ko‘rsatgan xizmatlarini rag‘batlantirish maqsadida
berilgan 0 ‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i
Prezident tomonidan berilishi haqida tushuncha hosil qilish lozim.
126-modda. 0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta ’minlash
uchun yetarlidarajadaqurollikuchlariga ega. Bolalarga har yili “ 14-yanvar
- Vatan himoyachilar kuni” sifatida nishonlanishi; Vatan himoyachilari:
askarlar, chegarachilar piyodalar va tankchilar haqida m a’lumot berish;
bolalar ongiga Vatan himoyachilari ular ekanligini singdirish, buning
uchun ular sog‘, baquvvat, qo‘rqmas, botir bo‘lib voyaga yetishlari zarur-
ligini anglatishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |