Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


oʻziga xos xususiyatlarga



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/116
Sana28.10.2022
Hajmi2,07 Mb.
#857956
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116
Bog'liq
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205

oʻziga xos xususiyatlarga 
ega. 
Demografik xususiyatlari
. Shunday qilib, mehnat bozori
umuman, talab va taklif qonunlariga boʻysungan holda, oʻz amal qilish 
mexanizmining koʻpgina tamoyillariga koʻra, boshqa tovar bozor-
laridan jiddiy farq qiladigan bozordir. 
Bu yerda nafaqat makro va mikroiqtisodiy omillar, balki shular 
bilan birga ish kuchi bahosi ish haqiga doimo ham regulatorlar hisob-
lanadilar. Real iqtisodiy hayotda mehnat bozori dinamikasiga ishchi 
kuchi taklifiga hamda unga boʻlgan talabga ta’sir etuvchi bir qator 
omillar ta’sir koʻrsatadi. Binobarin, ishchi kuchi taklifini demografik 
omillar va uning tug‘ilish darajasi, mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan 
axolining oʻsish sur’atlari, uning jinsi, yosh tuzilmasi kabilar belgilab 
beradi. Masalan, AQSHda aholining oʻrtacha yillik qo‘shimcha oʻsish 
sur’atlari o‘tgan asrning 30-yillaridan 90-yillarigacha 1,8 foizdan 1 
foizgacha qisqargan. Bu mehnat bozoridagi taklif dinamikasiga sezilarli 
ta’sir etadi. 
Shunga oʻxshash ta’sir O‘zbekiston iqtisodida ham seziladi. 
O‘zbekistonda ishchi kuchining yillik oʻsish sur’atlari 2,2–2,3 foiz 
atrofida (ya’ni ancha yuqori darajada). Bu esa, har yili kamida 4–5 foiz 


16 
darajada (amaldagi miqdorga nisbatan) ish joylari yaratishni talab 
qiladi. Shubhasiz, bu juda mushkul. Buning uchun yiliga bir necha 
milliard soʻm mablag‘ zarur. 
Aholining 
iqtisodiy faollik darajasi bilan bog‘liq xususiyatlar

Demografik omillardan tashqari mehnat qobiliyatiga ega aholining turli 
demografik va etnik guruhlari iqtisodiy faolligi darajasi ham bozor 
dinamikasining muhim omili hisoblanadi. Masalan, ayollarning ijtimoiy 
roli faollashishi ta’siri ostida ularning ishchi kuchi tarkibiga jadal jalb 
qilinishi ishchi kuchi taklifining oʻsishiga olib keldi. Ayollarning 
AQSH ishchi kuchlaridagi iqtisodiy ishtiroki darajasi 1950-yildagi 34 
foizdan 1992-yilda 60 foizga yetdi (bu koʻrsatkich O‘zbekistonda 40 
foiz atrofida). 
Ishchi kuchi dinamikasiga migratsiya jarayonlari ham jiddiy ta’sir 
koʻrsatadi. AQSHda u mamlakat aholisi qoʻshimcha usishining 20 
foizini tashkil etadi. Ochiq holdagi immigrantlardan tashqari AQSHda 
bir necha mln. yashirin (nolegal) immigrantlar (asosan Lotin Amerikasi 
mamlakatlaridan chiqqanlar) yashashadi. Mamlakatda migratsiya jara-
yoni mehnat bozorida ishchi kuchi umumiy taklifini koʻpaytiradi va 
undagi raqobatni kuchaytiradi. Immigratsiya jarayonlari (xoh u siyosiy 
boʻlsin, xoh mehnat immigratsiyasi) AQSHda maxsus qonunlar bilan 
tartibga solinadi. Bu qonunlar mamlakatga past darajali ishchi kuchi
kirishini cheklashga, tegishli kvotalar oʻrnatgan holda AQSHga oliy 
malakali kadrlarning koʻchib kelishini rag‘batlantirishga yoʻnal-
tirilgan. 
Talab nuqtayi nazaridan esa iqtisodiy konyunktura holati hamda 
iqtisodiy sikllar fazalari bandlilik dinamikasining muhim omillari 
hisoblanadi. Ulardan tashqari, ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojga ilmiy-
texnika taraqqiyoti ham jiddiy ta’sir koʻrsatadi. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish