Nuqtaning son belgili proyeksiyasi bilan uning И, V, W proyeksiyalar tekisliklari bilan qanday bog'lanish o ‘rnatishmumkin?
Son belgili proyeksiyalashda to ‘g ‘ri chiziq qandayproyeksiyalanadi?
To ‘g ‘ri chiziq intervalinima?
T o ’g 'ri chiziqni darajalash deganda nimanitushunasiz?
To ‘g ‘ri chiziqpromillesinima?
28 To ‘g ‘ri chiziq kesmasining haqiqiy uzunligi qandayaniqlanadi?
To'g‘ri chiziq izi qandayyasaladi?
To ‘g ‘ri chiziqning H0 tekislik bilan hosil qilgan burchagi qandayaniqlanadi?
Ikki to'g'ri chiziq proyeksiyalari qanday joylashgan b o‘ladi?
Qiyalik graflgi nima?
Sonli masshtabdan chiziqli masshtabga qanday о ‘tiladi?
T o ‘g ‘ri chiziqni darajalashning qanday usullarinibilasiz?
To ‘g ‘ri chiziq qo'ymasinima?
To ‘g ‘ri chiziq qiyaligi deganda nimatushuniladi?
To ‘g ‘ri chiziqning qiyaligi va intervallari tushunchalariga asosan uning proyeksiyasi qanday berilishimumkin?
Ayqash to ‘g ‘ri chiziqlar proyeksiyalari qanday joylashganbo'ladi?
1.7-§. TEKISLIKNING BERILISH USULLARI
S.B.P. usulida tekisliklar asosan quyidagidek beriladi:
Bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan sonli belgilari ko'rsatilgan uchta nuqtaning proyeksiyalari orqali (1.31- rasm).
Bir to‘g‘ri chiziq proyeksiyasi va unda yotmaydigan bir nuqtaning son belgisi ko‘rsati!gan proyeksiyasi orqali (1.32- rasm).
Sonli belgilari ko‘rsatilgan ikki o'zaro parallel to ‘g‘ri chiziqning proyeksiyalari orqali (1.33- rasm).
Sonli belgilari ko‘rsatilgan kesishuvchi ikki to‘g‘ri chiziqning proyeksiyalari orqali (1.34- rasm).
Qiyalik va boshlang‘ich nuqtalari ko‘rsatilgan parallel ikki to ‘g‘ri chiziqning proyeksiyalari orqali (1.35- rasm).
29
1.33-rasm. 1.34-rasm.
30 I 6. Nishab qiyaligi ko‘rsatilgan va umumiy vaziyatdagi to ‘g‘ri "ffiiziqning proyeksiyasi orqali (1.36- rasm).
7. Nishab qiyaligi ko‘rsatilgan va gorizontal to ‘g‘ri chiziq proyeksiyasi orqali (1.37- rasm) va hokazo.
1.8-§. TEKISLIKNING ASOSIY CHIZIQLARI
Son belgili proyeksiyalash usulida tekislikning asosiy to‘g‘ri chiziqlari uning gorizontali va eng katta qiyalik chiziqlari hisoblanadi. Berilgan tekislikda yotgan absolut balandliklari bir xil b o ‘lgan nuqtalami birlashtiruvchi yoki hamma nuqtalari H0 tekislikdan barobar uzoqlikda yotgan to ‘g ‘ri chiziq tekislikning gorizontal chizig‘i debataladi. Tekislikning eng katta qiyalik chizig‘i deb, shu tekislikda yotgan va uning gorizontal to ‘g ‘ri chizig‘iga perpendikular bo ‘lgan to ‘g ‘ri chiziqqa aytiladi. H va V proyeksiyalar tekisliklari sistemasida biror umumiy
vaziyatdagi Ptekislik berilgan bo‘lsin (1.38-rasm). Bu tekislikni bir birlikka farq qiluvchi gorizontal Hp H2, H3 ... tekisliklar bilan kesamiz. Bu tekisliklar P tekislikni o‘zaro parallel gorizontal to‘g‘ri chiziqlar bo‘yicha kesadi. PH ga yoki gorizontal chiziqlarga perpendikular bo‘lgan P. to ‘g‘ri chiziq P tekislikning eng katta qiyalik chizig‘i bo‘ladi. P.ning # v a Vtekisliklardagi proyeksiyalari mos ravishda F .va F 'b o 'lad i (1.38-rasm). Bunda /^.tekislikning qiyalik masshtabi deb ataladi.
Q o‘shni gorizontallar proyeksiyalari orasidagi masofa 01=12=23 tekislikning intervali bo‘ladi. Tekislik gorizontallarining intervali uning eng katta qiyalik chizig‘ining intervaliga tengdir (1.39-rasm). Tekislikning intervali uning qiyaligining teskari miqdoriga teng, ya’ni /= l:/b o ‘ladi.
Ixtiyoriy P tekislikni H0 proyeksiyalar tekisligiga nisbatan berilgan vaziyati bo‘yicha bu tekislikning gorizontallari, eng katta qiyalik chizig‘i va og‘ish burchagi, shimol-janub ko‘rsatkichi joylashishining yaqqol tasviri 1.40-rasmda berilgan. Son belgili proyeksiyalash usulida tekisliklarning qiyalik masshtablari orqali berilishi qulay bo‘lib, ular P., Q., MP H.,... kabi belgilanadi.