Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/452
Sana26.02.2022
Hajmi15,64 Mb.
#465845
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   452
Bog'liq
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

fiziologik o‘lim 
bilan yakunlanadi. Bunda 
insonning uni tirik organizm sifatida tavsiflovchi barcha funksiyalari uzil-kesil to‘xtaydi. 
Suitsid
(lot. sui caedere – o‘zini o‘ldirish) – maqsadli ravishda o‘zini hayotdan mahrum qilish, 
odatda, ixtiyoriy va mustaqil ravishda o‘z joniga qasd qilish. Suitsidga mukammal ta’rifni 
fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeym bergan. Uning talqini bo‘yicha, shaxs tomonidan o‘zini 
kutayotgan natija haqida bila turib, sodir qilingan salbiy xatti-harakatning bevosita yoki bilvosita 
natijasi bo‘lmish har bir o‘lim holati o‘z joniga qasd qilishdir. (Emil Dyurkgeymning 1897 yilda 
nashr etilgan “Suiqasd” asari suitsidga oid adabiyotning klassik namunasidir. Ushbu asarda olim 
mavjud statistik ma’lumotlarga tayanib suiqasd nafaqat psixologik muammo, balki ijtimoiy 
ildizga ega xatar ekanligini isbotlagan.). O‘z joniga qasd qilish jamiyatda, odamlar orasidagi 
munosabatlarda inson o‘zi echa olmagan yoki odatiy, hammaga ma’qul bo‘lgan yo‘l orqali 
echishni istamagan muammolar borligidan, shaxsiy musibat, umidsizlik va tushkunlik bilan 
bog‘liq tashvish mavjudligidan darak beradi. O‘z joniga qasd qilishga ko‘pincha uzoq davom 
etadigan kasallik, ba’zan esa nogironlik ham sabab bo‘lishi mumkin. 
Adabiyotlarda uchraydigan suitsidal harakatning 3 turini ko‘rib chiqamiz: 

Namoyishkorana (demonstrativ)

Affektli

Haqiqiy 
Demonstrativ hatti – harakatlar – bu boshqalar uni qutqarishni ko‘zlab, o‘z joniga qasd 
qilishning bir ko‘rinishidir. Bunda o‘zgalarning diqqatini o‘ziga jalb qilish, o‘ziga nisbatan 
boshqalarda qiziqish uyg‘otish, boshqalarning rahmli bo‘lish hissini keltirish, tarafdor (hayrihoh 
bo‘lish), og‘ir gunohni (aybni) qilib, jazodan qochish, ranjiganlik uchun o‘ch olish, adolatsizlik 
atrofdagilar ranjiganni ayblash holatlari uchraydi. SHuningdek, 16 yoshli bir qiz bir nechta 
aspirin va paratsetamol tabletkalarini qabul qilgan. Uning ta’kidlashiga bunga sabab onasi bir 
yigit bilan do‘stlashishiga qarshi bo‘lganligi va uni tushunishni xohlamaslik bo‘lsa, u qizning bu 
tarzdagi hatti-harakatlari og‘ir jarohatlanish natijasida o‘z sog‘lig‘iga suiqasd qilib kasalxonama-
kasalxona yurishi hayoliga kelmaganida.
Affektiv suitsidial hatti – harakat – yuqori affekt holatida ruy berishi bilan xarakterlanadigan 
xulq–atvor tipi. Affekt holatidagi suitsidial harakatlar saxnalashtirilgan (spektakl) shaklida 
bo‘lishi mumkin, ammo yanada haqiqiy niyatlar ham bo‘lishi mumkin, hattoki o‘zoq yillar o‘tsa 
ham. Affektiv holatlar uzoqqa tuzilishi shuni ko‘rsatadiki, suitsidial harakatlarda beqarorlik 
(ikkilanishlar) kuzatilishi mumkin. Bir kuni 14 yoshli qizoloq otasi o‘gay ona bilan yashayotgan 
xonadonga keladi, agar otasi uyga qaytmasa o‘zini o‘ldirishini aytadi, bunga javoban o‘gay ona 
qizning qo‘liga pichoqni ushlatib, hoziroq shu ishni qilishi mumkinligini aytadi. Qiz pichoqni 
qo‘liga olgan holda chap qo‘liga bir necha marta uradi.
Haqiqiy turdagi suitsidial harakatlar – uzoq vaqtlar puxta o‘ylangan, aniq bir maqsadga 
qaratilgan bo‘ladi. O‘smir bu ishni qilishdan oldin, shu ishning xavfsizligini o‘ylab qo‘yadi. 
Oiladagi nosog‘lom psixologik muhit va oilaviy tarbiyadagi yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlar hamda 
ta’lim jarayonida kuzatilayotgan nuqsonlar, bolalar va o‘smirlar yashayotgan mahallalar hayoti, 
ularning psixologik muhiti voyaga etmaganlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga o‘z ta’sirini 
o‘tkazmasdan qolmaydi. Ma’lumki, ob’ektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhit voqeahodisalari 
o‘smirning ongi, xohish-irodasiga bo‘ysunmagan holda ta’sir etadi va uning ongi, dunyoqarashi, 
shaxs sifatida shakllanish va xulq-atvori mazmunini belgilab beradi. I.P.Pavlovning 
ta’kidlashicha, inson va hayvon xulq-atvori mazmuni nafaqat nerv sistemasining tug‘ma 
xususiyatlari, balki organizmga doimo ta’sir etib turuvchi tashqi ta’sirlar, ya’ni doimiy ravishda 
berib boriladigan tarbiya yoki ta’lim jarayoniga ham ham bog‘liq bo‘ladi. 



Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish