5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA
KATEGORIYALARI
64
g‘oyaviy omillar (masalan: ahloq, din, huquq va shu kabilar) jamiyatni harakatga keltiruvchi,
rivojlantiruvchi asosiy kuchlardir, degan g‘oyani ilgari suradilar.
Nihoyat, rivojlanish to‘g‘risidagi har xil qarashlarning sintezi sifatida bir butun taraqqiyot
nazariyasi faqat nemis klassik falsafasidagina paydo bo‘ldi. Bu falsafaning asoschilaridan biri
Immanuil Kant
rivojlanish g‘oyasini quyosh sistemasi va barcha yulduzlar dunyosini
izohlashga tatbiq etib, uni hatto insonning ijtimoiy rivojlanishiga, xususan, insonning ahloqiy
rivojlanishiga ham joriy etishga urinadi. Kantning shogirdi Gerder esa rivojlanish g‘oyasini
butun xalqlarning tarixi taraqqiyotiga va insoniyat madaniyati taraqqiyotiga birinchi bo‘lib tatbiq
etadi. Bu davrga kelganda, dialektika tushunchasi endi rivojlanish g‘oyasini ifodalay boshlaydi.
Dialektikani rivojlanish haqidagi har taraflama, mazmun jihatdan boy va chuqur ta’limot
sifatida birinchi marta nemis klassik falsafasining buyuk vakili Gegel ishlab chiqdi. Gegelning
ulug‘ xizmati shu bo‘ldiki, u birinchi bo‘lib, butun tabiiy, tarixiy va ma’naviy dunyoni bir
jarayon shaklida, ya’ni uzluksiz harakat qilib, o‘zgarib, qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan
holda ko‘rsatdi va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bog‘lanishini ochib berishga urindi.
Natijada, insoniyat tarixi insoniyatning o‘zining taraqqiyot jarayoni sifatida maydonga chiqdi va
endilikda tafakkurning vazifasi bu jarayonning barcha yanglishib yurishlari ichida uning izchil
bosqichlarini kuzatib borish va zohiriy tasodiflar orasida bu jarayonning ichki qonuniyatlarini
isbot etishdan iborat bo‘lib qoldi.
Gegelning taraqqiyot to‘g‘risidagi bu qarashi dialektika haqidagi falsafiy ta’limotni
yanada boyitadi. Gegel birinchi bo‘lib dialektikaning barcha kategoriyalari va qonunlarini
ta’riflab bergan edi. Lekin dialektika Gegelda mistiklashtirilgan, bir tomonlama, boshi bilan
turgan dialektika edi. Chunki Gegelning fikricha, dialektika «fikrning har qanday ilmiy
kengaytirilishining harakatlantiruvchi jonidir va u shunday bir prinsipdan iboratdirki, bu prinsip
yolg‘iz o‘zi fanning mazmuniga immanent aloqa va zaruriyat kiritadi».
Keyingi davrlarda fan va amaliyot rivoji natijasida dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur
taraqqiyotining, ulardagi aloqadorlik va bog‘lanishlarning eng umumiy qonunlari haqidagi fan;
voqelikdagi narsa va hodisalar, ularning fikriy in’ikoslari o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi
prinsiplar, ularni doimo o‘zgarish va rivojlanishda, ichki ziddiyatlar taqozosi bilan yuz beradigai
«o‘z harakati»da, deb qaraydigan bilish nazariyasi; har tomonlama boy, ziddiyatlarga to‘la
tarixiy taraqqiyot haqidagi ta’limot sifatida maydonga chiqadi.
Bu dialektika bir butun borliqning eng umumiy aloqadorligi, o‘zgarishi va taraqqiyoti
to‘g‘risidagi ta’limot sifatida ham moddiy dunyoga, ham uning in’ikosi bo‘lgan inson bilishiga
xos ta’limotdir. Shunga ko‘ra bu dialektika o‘z ichiga ob’ektiv va sub’ektiv dialektikani oladi.
Bunda moddiy dunyoning, undagi narsa va hodisalarning aloqadorlik va bog‘lanishlari, ularning
harakati, o‘zgarish va rivojlanishlari ob’ektiv dialektikani tashkil etadi. Moddiy dunyoning inson
miyasidagi in’ikosiga xos bo‘lgan bilish jarayonining dialektikasi sub’ektiv dialektika —
ob’ektiv dialektikaning kishilar miyasidagi in’ikosidir. Demak, ob’ektiv dialektika — bu
narsalar, buyumlar dialektikasidir; sub’ektiv dialektika esa, ob’ektiv dialektikaning inson
ongidagi in’ikosi — ya’ni, tafakkur dialektikasidir.
Ob’ektiv dialektika sub’ektiv dialektikani vujudga keltiradi. Bu jihatdan dialektikaga
yangicha yondoshish Gegel dialektikasidan tubdan farq qiladi. Gegel dialektikasiga ko‘ra fikr,
tafakkur dialektikasi narsalar, buyumlar dialektikasini yaratadi, ya’ni sub’ektiv dialektika
ob’ektiv dialektikani tug‘diradi. Boshqa faylasuflarning ta’limotiga ko‘ra esa, aksincha, narsalar,
buyumlar dialektikasi fikr, tafakkur dialektikasini yaratadi.
Dialektika borliq, ya’ni tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi aloqadorliklar va
rivojlanishlarning umumiy qonuniyatlari haqida bizga to‘g‘ri yo‘nalish berib, dunyoni
o‘zlashtirish va o‘zgartirish yo‘llarini ko‘rsatib beruvchi nazariyadir, usuldir. Dialektika
dunyoning haqiqiy ilmiy manzarasini yaratib, kishilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga
yordam beradi. Chunki ilmiy asoslangan dialektika, birinchidan, dunyodagi har bir narsa yoki
hodisaning hamma tomonlarining bir-birlariga bog‘liq bo‘lishi va bir-birlari bilan juda
Do'stlaringiz bilan baham: |