2. Axloqning kelib chiqishi va axloqiy fikrlar taraqqiyoti
Axloqning kelib chiqishi. Inson paydo bo‘libdiki, u bilan birga axloq vujudga kelib, ravnaq topib kelmoqda. Avvalo, shuni aytish kerakki, inson va uning axloqi paydo bo‘lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada bir–biriga qarama–qarshi ikki qarash mavjud: diniy va dunyoviy. Diniy qarashga ko‘ra insonni Olloh yaratgan va uning axloqi ham uning ne’matidir.
Dunyoviy qarashga ko‘ra esa axloq insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bir davrida yuzaga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |