Ekin turlari
|
100 balli eng yaxshi yerda yetishtirilgan hosil, s/ga
|
1 ballning bahosi, s/ga
|
1
|
Paxta
|
40
|
0,40
|
2
|
Beda, birinchi yil, sof holda (pichan uchun ekilganda)
|
100
|
1,00
|
3
|
Qoplama ekin tariqasida ekilganda
|
75
|
0,75
|
4
|
Don uchun ekilgan makkajо‘xori
|
75
|
0,75
|
5
|
Ikkinchi va uchinchi yilgi beda, pichan
|
200
|
2,00
|
|
Boshqa don ekinlari:
|
6
|
Sof holda ekilganda
|
60
|
0,60
|
7
|
Qoplama ekin tariqasida ekilganda
|
25
|
0,25
|
8
|
Silos uchun ekilgan makkajо‘xori
|
650
|
6,50
|
9
|
Ozuqabop ildizmevali ekinlar
|
950
|
9,50
|
10
|
Bir yillik о‘tlar (kо‘k massa)
|
300
|
3,00
|
11
|
Oraliq ekinlar (kо‘k massa)
|
260
|
2,50
|
Ishlab chiqarishda jamoa xо‘jaligi yoki tumanning о‘rtacha ballik bahosini bilishga tо‘g‘ri keladi, chunki hududda tuproqning kichik turi bir necha xil bо‘lishi mumkin. Tabaqalashgan ma’lumotlarga ega bо‘lish natijasida kо‘p miqdoriy kо‘rsatkichlar (ballar) bilan muomala qilishga tо‘g‘ri keladi. Bu holda quyidagi formula asosida о‘rtacha ballga ega bо‘linadi:
Bunda: Бў‘-о‘rtacha ball;
Б1, Б2...Бп – yer maydoniga kiruvchi tuproq boniteti;
M1, M2...Mп – tuproqlarning maydonlari.
Hudud bо‘yicha olingan о‘rtacha ball qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishining xohlagan maydonlarini solishtirish va baholash imkoniga ega.
О‘zbekiston Respublikasi viloyatlari uchun quyidagi tuproq bonitet ballari (sug‘oriladigan yerlar) aniqlangan (О‘zdavergeodez kadastr qо‘mitasi ma’lumoti bо‘yicha, 1999.). Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 55, Xorazm – 54, Jizzax – 53, Buxoro – 53, Samarqand – 57, Navoiy – 52, Sirdaryo – 49, Toshkent – 59, Andijon – 60, Namangan – 59, Farg‘ona – 56, Qashqadaryo – 51, Surxondaryo – 60.
Yerlarni agronomik ishlab chiqarish guruhlariga birlashtirish – о‘ziga xos tasniflanish bо‘lib, bunda genetik jihatdan bir xil va agronomik xususiyatlari bо‘yicha bir-birlariga yaqin bо‘lgan tuproqlar о‘zaro birlashtirilib, ular asosida xо‘jalik jihatidan bir xil bо‘lgan maydon aniqlanadi. Yerlarni agronomik ishlab chiqarish kо‘rsatkichlari bо‘yicha guruhlashtirish u yoki bu ekinlar va о‘t almashlab ekish rotatsiyasida xо‘jalik mutaxassislarini agrotexnik, meliorativ tadbirlarni amalga oshirish, о‘g‘itlarni qо‘llash, sug‘orishni tashkil qilish, meyorlarni belgilash va boshqa ishlarni bajarishda tabaqalashgan holdagi boshqaruvni qо‘llashga yо‘naltiriladi. Bu yer va suvdan tо‘g‘ri foydalanish tizimini amalga oshirish imkonini beradi.
Binobarin, yerlarni agronomik ishlab chiqarish guruhlariga birlashtirish ikki maqsadni kо‘zlaydi: a) bir tomondan butun tuman, viloyat hududida tuproq andozalarini yiriklashtirish, bu ayniqsa, aniq tadbirlarni qо‘llashga keng imkoniyatlar yaratadi; b) Tuproq turlari va ayrim ishlab chiqarish guruhlarini solishtirish mumkin bо‘ladi. Bu vaziyatda sifat bо‘yicha 4-5 tuproq toifasi va ularning agronomik ishlab chiqarish guruhlarini (eng yaxshi, yaxshi, о‘rta, о‘rtadan past va yomon) ajratish tavsiya etiladi. Bu hol dehqonchilik ekinlarini qishloq xо‘jaligi nuqtai nazardan rayonlashtirish imkonini beradi. Yerlarni agronomik ishlab chiqarish guruhlari bо‘yicha toifalashni sifat jihatidan baholash, deb qarash lozim. Sifat jihatidan baholash negizida tuproqlarni bonitirovka qilish amalga oshiriladi. Tuproqlarni guruhlashtirish bonitirovka va yer kadastri tizimida amalga oshirilishi asosan tuman, viloyat, respublika miqyosida tuproqlarni baholash maqsad qilib qо‘yilgan taqdirda bajariladi.
Arid iqlim sharoitida yerlarni bonitetlashda tuproqning granulometrik tarkibi, gruntning suv о‘tkazuvchanlik xususiyati, tuproqning shо‘rligi va madaniylashganlik darajasi, grunt suvlari rejimi hisobga olinadi va bonitirovka jarayonida har biriga ma’lum koeffitsiyent ishlab chiqiladi va ulardan hisoblashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |