Sanoat texnologiya



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana10.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#442011
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ammoniy nitrat ishlab chiqarishda akkustik granulyator qurilmasini takomillashtirish q37500 kgs.

JAMI
1468.94
JAMI
 
 


28 
 
 
 
III. Mehnat muhofazasi
 
2011-2015 yillarda Respublikada sanoatni rivojlantirish dasturi doirasida mavjud ishlab 
chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirishga doir investitsiya 
loyihalarining amalga oshirilishi sanoat ishlab chiqarishining, avvalo, sanoatning yuqori 
texnologiyali tarmoqlarida, barqaror о‘sish sur’atlarini ta’minlash imkonini berdi. Joriy yilning 
birinchi choragida kimyo va neft-kimyo sanoati 107,4% tarkib yaratuvchi tarmoqlarida rivojlanishni 
ta’minladi.
Yangi ishlab chiqarishni tashkil etish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, mavjud 
texnologiyalarni modernizatsiyalash mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslariga kо‘ra ishlab 
chiqiladi. 
Mehnatni 
muhofaza 
qilishning 
huquqiy 
asoslari 
О‘zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasida va О‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi 
Qonunda mustahkamlangan. 
Loyihada ishlab chiqarish binolari texnologik jarayon talablariga va uskunalarning tashqi 
о‘lchamlariga amal qilingan holda ishlab chiqildi. 
-245-71 qurilish meyorlariga asosan, bitta ishchiga eng kamida 15m
3
hajmda, 4,5m
2
yuzaga 
teng bо‘lgan xona tо‘g‘ri kelgan bо‘lishi, ishlab chiqarish xonalarining polidan shipigacha bо‘lgan 
balandlik 3,2 m, transport-omborxona xо‘jaligining balandligi 3,0-3,2 m va odam yuradigan yо‘lak 
kengligi 0,3-1,5 m bо‘lishi shart.
Asbob uskunalarni, shu jumladan, reaktorlarni joylashtirishda ular о‘rtasida masofa va ularni 
boshqarish qulay bо‘lishi, tasodifiy vaziyatlarda odamlarni evakuatsiya qilish sharoitlari hisobga 
olinishi lozim. 
Texnologik jarayon yuqori harorat va bosimda borishini hisobga olib asbob-uskunalarni 
zichligi va chegara germitikligiga e’tibor berish nazarda tutiladi.
Shovqin va tebranish hosil qiluvchi asbob-uskunalar alohida xonalarda joylashtirilishi, 
shovqin yutuvchi materiallar bilan tо‘silishi, tebranish beruvchi asbob-uskunalarni ostiga 
amortizatorlar qо‘yilishi hisobga olinadi. Shu bilan birga, asbob-uskunalarni vaqtida ta’mirlash statik 
va dinamik sinovlardan о‘tkazish, laboratoriya usullari bilan shovqin darajasini о‘lchab turib uning 
miqdorini, darajasini 80 db dan oshib ketmasligini nazarda tutish kerak. 
Texnologik jarayonni xavfsizligini ta’minlash, ish unumdorligini oshirish, ishchilar sog‘ligini 
saqlash, jarohat va baxtsiz hodisalarni oldini olishda, joylarni tо‘g‘ri va yetarli yoritish katta 
ahamiyatga ega. Shu tufayli ushbu ishlab chiqarish korxonasida quyidagi yoritish turlari hisobga 
olingan: Tabiiy, sun’iy aralashma avariya uchun mо‘ljallangan yoritilganlikdir. Tabiiy gaz 
yoritilganlik koeffitsiyenti SN
4
PII-4-79 asosida IV razryad uchun 1,5-2 %. Toza va ish kiyim 
uchun garderoblar bilan jihozlanishi, ularning о‘lchami 175x65x65sm bо‘lib, soni 1-smena uchun, 
ya’ni ushbu loyiha uchun о‘rtacha 40 taga teng bо‘lishi hisobga olingan. 
Ishlab chiqarish xonalarni maksimal mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi elektr 
tokiga nisbatan befarq bо‘lmaslikni, xavfsizlik chora-tadbilarni amalga oshirish hayot talabidir. 
Elektrdan shikastlanishini oldini olish va ogohlantirishda yerga ulanuvchi himoya simlarini 


29 
joylashtirilishi katta ahamiyatga ega. Bunday himoya turi elektr apparatlari uskunalarini, 
reaktorlarini elektr о‘tkazadigan pо‘lat quvurlar simlarini, metal sim yoki plastinka orqali yerga 
bog‘lash bilan amalga oshirishi kо‘zda tutiladi. Ushbu ishlab chiqarish xonasi elektr tokiga nisbatan 
yuqori xavfli binolar tarkibiga kiradi (1747-76), shunga asosan elektr asbob-uskunalari ustiga 
qoplangan maxsus sun’iy yoritgichlar sifatida yonish va portlashga bardosh beradigan b3 G-100,B3 
G-300 yoritgichlar projektorlarni ishlatilishi tavsiya etiladi. Avariya holatini hisobga olib asosiy ish 
joylarda evakuatsiya qilish maqsadida sex uchun mо‘ljallangan yoritilganlikni 10 % miqdorida 
akkumlyator orqali ishlaydigan 0,3 – 0,5 lk kuchga ega yoritgichlar о‘rnatilishi hisobga olinadi.
Ishchi va xizmatchilarni shaxsiy xavfsizligini va avariya holatlarini yuzaga kelish oldini olish 
uchun, reaksiya va retsikl uskunalarini ishlatilish jarayonida «Gazni qayta ishlash sanoatida 
xavfsizlikni saqlash qoidalari» ga qat’iy rioya qilinishi zarur. 
Bunda ishchi va xizmatchilar uchun xavf tug‘diruvchi omillar quyidagilar: 
a) yong‘in va portlash xavfi bо‘lgan xonalarda ishlash; yuqori bosim va harorat ostida 
ishlaydigan jihozlar, separatorlar, nasos, kompressor va shu kabi jihozlar bilan ishlash; 
b) ishchi suyuqliklaridan inson zaharlanishi mumkin bо‘lgan gaz – komponentlar ajralib 
chiqishi, ba’zi hollarda esa portlash yoki yong‘in xavfi tug‘ilishi; 
s) texnologik jarayonlarda zaharli kimyoviy moddalar qо‘llanilishi, о‘lchov – nazorat 
uskunalarida korroziya ingibitorlari qо‘llanilishi; 
d) xavfli gaz va olov bilan bajariladigan ishlar texnologik jihoz yonginasida olib borilishi;
ye) retsikl zonasi uskunalarining har qanday tabiiy sharoitda kechayu –kunduz tinimsiz 
ishlatilishi. Shunga binoan gaz va gaz suyuqliklarni tayyorlash va tashib keltirishda xavfli va avariya 
holatlari asosan texnologik reglamentda qayd etilgan qoidalar buzilishi natijasida rо‘y beradi. 
Bundan tashqari ta’mirlash va olov bilan ishlash paytida xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilishi. 
Reaksiya va retsikl uskunasida yong‘in va portlashni oldini olish, gaz va suyuqlik oqib chiqib 
ketishi natijasini oldini olish uchun ishchi va xizmatchilar quyidagilarga amal qilishi shart: 
1.
Texnologik jihoz, о‘lchov – nazorat uskuna va asboblari mexanizmi, bug‘ va issiq suv 
quvurlari, nasos jihozlari bilan ishlash bо‘yicha qо‘llaniladigan nizomlarga tо‘liq amal qilish. 
2.
Ish joylari va ishlab chiqarish maydonlarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish, 
texnologik jarayonni va atmosferaga tashlanayotgan chiqindilarni texnologik rejim asosida olib 
borish. 
3.
Texnologik rejimda belgilangan meyordan chetga chiqish holatlari rо‘y bersa, buni о‘z 
vaktida tо‘g‘rilash, о‘lchov va nazorat uskuna va apparatlarini tо‘g‘ri ishlatishini doimiy nazorat 
qilish va rо‘y bergan buzilishlarni darhol bartaraf etish. 
4.
Past bosimli separatorlarda, kolonnalarda kondensat va tо‘yintirish idishlaridagi sathning 
texnologik rejimda belgilangan meyordan kо‘payib yoki kamayib ketishiga yо‘l qо‘ymaslik.
5.
Nasos jihozlarining meyorda ishlashini nazorat qilish, о‘z vaqtida zahira jihozlariga 
о‘tkazish. 
6.
Berkituvchi, rostlovchi va saqlovchi armaturalarning sozligini о‘z vaqtida tekshirish; 
rostlovchi armaturaning berkituvchi sozlovchi sifatida qо‘llanilishi mumkin emas. 
7.
Jihozlar tо‘xtatilgan vaqtda, asbob va quvurlardagi yopqich (surgich) va ventillarni doimo 
aylantirib, moylab turish kerak. Armaturani ochish yoki yopish uchun boshqa turdagi moslamalardan 
foydalanish man etiladi. 


30 
8.
Quvurlar ichidagi gidravlik urilishlar oldini olish uchun berkituvchi va rostlovchi 
armaturalar asta – sekinlik bilan ohista ochilishi kerak. Bunga rioya qilinmaslik quvur, armatura 
asosi uzilishiga, quvurning egilib ketishiga va h.k. olib kelishi mumkin. 
9.
Hosil bо‘lgan shlak va iflosgarchiliklarni tenglashtiruvchi kolonnalardan chiqarib tashlash 
uchun drenaj tizimlarini har smenada bir marotaba puflab tashlash zarur. 
10.
Sathni berkituvchi va rostlovchi klapanlarning baypas armaturalari meyoriy ish holatida 
yopiq turishlari kerak va faqatgina apparatlarni texnologik tizimdan о‘chirish yoki tо‘xtatish vaqtida 
hamda bosim ostida bо‘shatish vaqtida ochiladi. Suyuqlik sathining avtomatik rejalash sistemasini 
sozlash va buzilishlarini tо‘g‘rilash vaqtida baypas armaturalaridan qisqa vaqt mobaynida 
foydalanish mumkin. Bunda sathni kо‘rsatuvchi orqali doimiy ravishda nazorat qilib, uni kerakli 
oraliqda ushlab turiladi. 
11.
Separatsiya va filtrlash elementlarini nazorat qilish uchun, ularni yiliga bir marotaba 
kо‘rikdan о‘tkazib, zarur hollarda tozalash, ta’mirlash va almashtirish ishlari о‘tkaziladi. 
12.
Reaktor qizdirish buramasiga kelayotgan issiqlik tashuvchining bosimiga nisbatan 
texnologik uskunalarni qizdirishda qizdiruvchi bosimi yuqori bо‘lgan holda quyidagilar bajarilishi 
lozim: 
a) issiqlik tashuvchining apparatga kiruvchi о‘chirish armaturasi oldidan qaytarma klapan 
о‘rnatilishi kerak; 
b) suv bug‘i kondensati reaktor qizdirish buramasidan keyin kondensat olib ketuvchi orqali 
idishlarga yig‘iladi. Bu idishlar ochiq havoga о‘rnatilgan bо‘lib, bug‘ kondensatini qaytadan 
ishlatilishi mumkinligi aniqlanadi. 
13. Texnologik qurilmaning distillyatsiya bо‘limi har yoqib о‘chirilishida va mahsulotdan 
bо‘shatilganda 600 kPa atrofida bosimda inert gaz bilan puflab tozalanadi. 
14. Bosim 70 kPa dan yuqori bо‘lgan sharoitda ishlovchi texnologik jihozlar va uskunalar, 
hamda ularni tayyorlash uchun qо‘llaniladigan materiallar «Bosim ostida ishlovchi idishlarning 
xavfsiz ishlatilish qoidalari» talablariga javob berishi kerak. 
15. Kolonna, issiqlik almashinuv va boshqa jihozlar korpusidan oqib – uchib chiqib ketish 
holatlari kо‘rsatilsa, darhol uskuna о‘chirilib, bosimni atmosfera bosimigacha tushiriladi. 
16. Quvurlarda muzlash holatida quyidagilar bajarilishi lozim: 
a) Quvurni umumiy tizimdan о‘chiring va uni shikastlangan yoki muzlab qolgan qismini 
aniqlang; 
b) Quvurni umumiy tizimdan о‘chirish imkoniyati bо‘lmasa va avariya holati xavfi tug‘ilsa, 
jihozni о‘chiring; 
s) Muzlash sodir bо‘lgan quvur bо‘limi oxiridan boshlab, muzlagan joyni bug‘ yoki issiq suv 
bilan qizdiring. Berkituvchi armaturani ochiq holatida qо‘yib yuborish quvurlari, jihozlarni qizdirish 
man etiladi. 
Gidratlar yoki muz hosil bо‘lish holatlarida texnologik distillyatsiya bо‘limini ishlashi 
taqiqlanadi. 
17. Nasos jihozlari ishlatilish jarayonida nasoslarning, quvurlarning germetikligi nazoratda 
bо‘lishi kerak. Nasoslarning ustki – oldi qismidan va quvurlar ulanish bо‘laklaridagi о‘tkazib 
yuborish hollari darhol bartaraf etiladi. 


31 
Qurilmalarda xavfsiz ishlashni ta’minlash uchun ishchilarga quyidagi shaxsiy himoyalash 
anjomlari beriladi: 
1.
Maxsus kiyim: 
a) Brezent kostyum; 
b) L – 1 respiratori (apparat ichini tozalash uchun); 
v) katalizatorlar bilan ishlaganda kiyiladigan himoyalanish kiyimi: 
- katalizator bilan ishlash kostyumi; 
- kemtyuji (kombinezon, qо‘lqop, ustki kostyum, kopyushondan iborat); 
- balandligi 15 dyuym (38 sm) bо‘lgan rezina saqlash etigi; 
g) sokatalizatorlar bilan ishlashda talab qilinadi: 
- shim uchun pasti alyuminlangan yechiluvchan qism; 
- alyuminlangan ishchi xalat; 
- alyuminlangan kopyushon; 
- kafti saqlangan alyuminlangan qо‘lqop. 
2. Maxsus oyoq kiyim: rezina tagli charm botinka.
3. Qо‘lni saqlash anjomi: brezent qо‘lqop. 
1.
Boshni saqlash anjomi: ichki qismi bо‘lgan saqlash kaskasi. 
2.
Kо‘zni saqlash anjomi: saqlovchi kо‘zoynak. 
3.
Nafas olish organlarini saqlash anjomlari: a) changga qarshi respirator; b) BKF, U, M 
rusumli filtrlovchi protivogazlar; 
v) PSH – 1 va PSH – 2 rusumli shlangli protivogazlar; 
g) ASV – 2 rusumli saqlovchi apparat.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish