Musbat sonning moduli shu sonning o’ziga teng.
Manfiy sonning moduli unga qarama-qarshi songa teng.
Nolning moduli nolga teng: |0| = 0.
Shunday qilib, son modulining ta’rifi quyidagicha bo’ladi :
|a| = a, agar a≥0 bo’lsa;
|a| = -a, agar a<0 bo’lsa.
Son modulining geometrik ma 'nosini qaraymiz-
Son o'qida, masalan, 3 va —2 nuqtalarni tasvirlaymiz (41- rasm).
Rasmdan ko'rinib turibdiki, |3| = 3 — bu 0 nuqtadan 3 nuqtagacha bo'lgan masofa, |-2| = 2 — bu 0 nuqtadan -2 nuqtagacha bo'lgan masofa.
Shunday qilib, |a| geometrik nuqtayi nazardan 0 nuqtadan a sonni tasvirlovchi nuqtagacha bo'lgan masofadir.
2. Noma'lum modul belgisi ostida qatnashgan tenglamalar.
1 - m a s a 1 a. Tenglamani yeching:
| x| = 7.
1) x > 0 bo'lsin. U holda modulning ta'rifiga ko'ra | x | = x va tenglama bunday ko'rinishni oladi:
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |