2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
1. Butun sonlar to’plami.
…, -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, … sonlari qatori butun sonlar qatori deyiladi.
Son o’qida 0, 1, 2, ... sonlarini hamda -1, -2, -3, ... sonlarini tasvirlashni o’rganib oldik.
Butun sonlar qatorida 0 sonidan o’ngda joylashgan 1, 2, 3, ... sonlari natural sonlar yoki butun musbat sonlar deb ataladi.
Butun sonlar qatorida 0 sonidan chapda joylashgan -1, -2, -3, ... sonlari butun manfiy sonlar deyiladi.
Odatda, ..., -2, -1, 0, 1, 2, ... butun sonlar qatori butun sonlar to’plami deyiladi va Z harfi bilan belgilanadi:
Z={.., -2, -1, 0, 1, 2, ...}.
Do'stlaringiz bilan baham: |