a) salomlashish.
II. Yangi mavzuning bayoni
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudi ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega”. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 110-modda.
Qonunga binoan, sud idoralaridan boshqa davlat idorasi fuqarolik, jinoyat va boshqa ishlarni ko‘rish, hal etish huquqiga ega emas. Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, sud hokimiyati odil sudlovni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan yagona hokimiyatdir.Davlat o‘z zimmasiga sudlov organlari o‘z vazifalarini samarali bajarilishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish majburiyatini olgan. Sud idoralarining mustaqilligi davlat tomonidan kafolatlanishi, Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilishi BMT tomonidan qabul qilingan “Sud idoralarining mustaqilligiga oid asosiy tamoyillar” nomli xalqaro huquqiy hujjatda ham o‘z ifodasini topgan.Odil sudlovning samarasi, albatta, sudlar tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning majburiyligi bilan bevosita bog‘liq.Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, sudning qarorlari davlat majburlov kuchi bilan ta’minlanadi.Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi, shuningdek tadbirkorlar o‘rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini hal etish Oliy xo‘jalik sudi va xo‘jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 111-modda.
Oshkoralik tamoyili odil sudlov faoliyatining huquqiy asosini belgilab beradigan muhim konstitutsiyaviy tamoyillardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga kiruvchi barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi.Odil sudlovni amalga oshirishda til to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy tamoyil katta ahamiyatga ega. Konstitutsiyamizning 115-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.Sudlar to‘g‘risidagi qonundagi yangiliklardan biri - bu aybsizlik prezumpsiyasi qoidasining qonunda aks ettirilganidir. Bu milliy huquqiy tizimning jiddiy yutug‘i va fuqarolik jamiyatining muhim tamoyillaridan hisoblanadi.Mamlakatimizda barcha sudyalar bir xil maqomga ega. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.Amir Temur davlatida odil sudlovni amalga oshirish uchun mukammal tizimdagi sud tizimi mavjud bo‘lib, ular quyidagi to‘rt sohaga bo‘lingan va qozilar tomonidan boshqarilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: