a) salomlashish.
II. Yangi mavzuning bayoni
Davlat va jamiyat boshqaruvi saylov orqali demokratik asosda tashkil topadi, Xalqning saylov yo‘li bilan vakillik organlari tuzib, ularga o‘z vakillarini saylash, saylanadigan organlar faoliyatining yo‘nalishlarini belgilash imkoniyatida fuqarolik jamiyatining asl mazmun-mohiyati mujassamdir. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi - davlat hokimiyatining oliy vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.Davlatimiz Konstitutsiyasining 77-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.Shuningdek, Qonunchilik palatasining bir yuz ellik nafar deputatidan - bir yuz o‘ttiz besh nafari hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida, umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.Qonunchilik palatasining o‘n besh nafar deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan saylanadi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, 100 nafar Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat.“O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati - besh yil”.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 76-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘z tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘z tarkibidan Senat Raisi va uning o‘rinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 96-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.
Beruniy ham Farobiy kabi adolatli shoh orqali eng baxtli jamiyat qurish mumkin degan g‘oyani ilgari suradi. Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshoga xizmat qilmay, balki podsho jamiyatga xizmat qilishi kerakligini aytadi. Tabiatan boshqarishga moyil bo‘lgan hokim o‘z fikri va qarorlarida qat’iy bo‘lishi, o‘z ishlarini amalga oshirishda faylasuflarning qonunlariga amal qilishi, shohning o‘zi ham yaratuvchilik ongiga ega bo‘lishi, ko‘proq xalq haqida qayg‘urishi kerak, Odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar o‘rtasida tenglik va adolat o‘rnatishdan iboratdir. Hokimning muhim vazifalaridan yana biri fan taraqqiyotiga, olimlarga g‘amxo‘rlik qilishdir. IV darsni mustahkamlash
Parlamentingiz tomonidan qabul qilinadigan eng muhim qonunlar ro‘yxatini tuzing, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-,79-,80-moddalari asosida ushbu jadvalni to‘ldiring.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun chilik palatasi mutlaq vakolatlari
|
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari
|
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari
|
|
|
V. Baholash: Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni o`qib kelish, mavzuga oid savollarga javob topish
“Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart”.
Do'stlaringiz bilan baham: