a) salomlashish.
II. Yangi mavzuning bayoni
O‘zbekiston huquqiy demokratik davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o‘rin egallamoqda. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda.Bugungi kunda umumta’lim maktablarida huquqiy ta’lim-tarbiya uzluksizlik va uzviylik asosida tashkil qilingan. O‘z huquqlarini majburiyatlarini, burchlarini biladigan, qonunlarga itoatda bo‘lib yashaydigan inson erkindir. Konstitutsiyaning ustuvorligi esa harbir fuqarodan ulkan huquqiy mas’uliyatni talab etadi. Ya’ni, bu mas’uliyat Konstitutsiya va qonunlarni bilishni, ularga amal qilib yashashni taqozo etadi.Inson huquqi - huquqiy madaniyati - bu muayyan xulq-atvorga yo‘l qo‘yishdir, kishining o‘z xohishicha harakat qilishi uchun ma’lum bir tenglikdir.Huquq va majburiyat egiz tushuncha bo‘lib, ular bir-birisiz o‘z mazmunini yo‘qotadi. Shaxsiy erkinlik mutlaq bo‘lishi mumkin emas, zero shaxsning erkinligi boshqa bir shaxsning erkinlik doirasi boshlangan joyda tugaydi. Shaxs ma’lum bir joyda yashar ekan, o‘sha joyning odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, boshqa insonlarning huquq va erkinliklarini tan olishi lozim.Konstitutsiyamizning umumiy qoidalari o‘zida inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, burchlari sohasidagi bosh qoidalarni ifodalar ekan, hukumatimiz tomonidan joriy qilingan qonun-qoidalarga rioya yashagan shaxs erkindir. “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr – qimmatini hurmat qilishga majburdirlar”. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 48-modda
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi — davlatimizning huquqiy hujjatlaridan biri hisoblanib, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgust 466-1-sonli qarori bilan tasdiqlangan.2010-yil 12-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida davlatimiz rahbarining "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" nomli maruzasida jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvoffaqiyati kop jihatdan odamlarning huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liq ekanligini ta'kidalb bu sohada yangi dastur qabul qilinishi lozimligi haqida fikr bildirildi.Milliy dastur — yuksak huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlikka erishish, huquqiy bilim va tarbiyani har tomonlama oshirish yo‘llarini belgilash maqsadida qabul qilingan.“O‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon-atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi”.
Do'stlaringiz bilan baham: