IV.Yangi mavzuning bayoni. . Chor Rossiyasi mustamlakachi davlat. Rossiya ham qudratli mustamlakachi davlatlardan biri bo`lgan. Bosqinchilik urushlari yo`li bilan ulkan imperiya vujudga keltirildi. Ayni paytda, Rossiya mustamlakachilik imperiyasi Angliya yoki Fransiya mustamlakachilik imperiyasidan farq qilardi. Bu farq - Rossiya bosib olgan hududlarning bevosita imperiya tarkibiga qo`shib olinishida edi. Shu tufayli Rossiyaning okean yoki dengizorti mustamlakalari yo`q edi. Chunonchi, O`rta Osiyoning bosib olingan qismi imperiya tarkibiga qo`shilib, bu hududda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilgan. Rossiya agressiv siyosatining asosiy yo`nalishlari Bolqon, Uzoq Sharq, Turkiya hamda Qora dengiz bilan o`rta dengizni bog`lovchi Dardanell va Bosfor bo`g`ozlari hamda O`rta Osiyoda o`z hukmronligini o`rnatish edi. Rossiya XIX asrning 70- yillaridan keyin ham O`rta Osiyoda bosqinchilik siyosatini davom ettirdi. 1873- yilda Xiva xonligi vassal davlatga aylantirildi. Bosqinchilik yurishlari 1885- yilda to`la amalga oshirilib bo`lindi. Rossiya - Turkiya urushi. Tez orada Bolclon inqirozi yuz berdi. 1875-yilning yozida Gersegovina va Bosniyada Turkiya mustamlakachiligiga qarshi qo`zg`olon ko`tarildi. Ular milliy mustaqillik talab qildilar. Bolgariyada ham shunday qo`zg`olon ko`tarildi. Biroq qo`zg`olon shafqatsizlik bilan bostirildi. Bolqon inqirozi buyuk davlatlarning manfaatini yana bir bor to`qnashtirdi. 1876- yil Serbiya - Turkiya urushida Turkiyaning qo`li baland kela boshladi. Shunday sharoitda 5- oktabr kuni Rossiya Turkiyadan Serbiya bilan yarash bitimi imzolashni va armiyasini demobilizatsiya qilishni talab etdi. Biroq Turkiya bu talabning bajarilishini paysalga soldi. 31- oktabr kuni Rossiya bu masalada Turkiyaga ultima`lum topshirdi. Shu tariqa, Serbiya halokatdan saqlab qolindi. 1876- yil 26- dekabrda Konstantinopolda Bolqon masalasida xalqaro konferensiya chaqirildi. 1877- yilning 28- fevralida Serb - Turk tinchlik shartnomasi imzolandi. Bosniya, Gersegovina va Bolgariyaga muxtoriyat berish talablari esa qog`ozda qoldi. Turkiya Serbiya bilan tinchlik shartnomasi tuzgan bo`lsa-da, o`z armiyasini demobilizatsiya qilmadi. Bu Rossiya uchun ayni muddao bo`ldi. Rossiya 24- aprel kuni Turkiyaga urush e'lon qildi. Serbiya va Chernogoriya ham urush harakatlarida qatnashdi. Rossiya armiyasi Turkiya armiyasiga katta talafot yetkazdi. 1877-yil oxirida Plevna yonida Usmon poshsho 43 ming qo`shini bilan taslim bo`ldi. 1878- yil yanvarda Skobelev armiyasi Adrianopolni ishg`ol qildi. Rossiyaning muvaffaqiyatlari Angliyani tashvishga solib qo`ydi. 1878- yilning 3- fevralida Angliya o`z harbiy kemalarini Marmar dengiziga kiritdi. Rossiya armiyasi Konstantinopol shahriga bostirib kirsa, Rossiya bilan diplomatik aloqasini uzishini ma'lum qildi. San-Stefano shartnomasi. 1878- yilning 19- fevralida San-Stefanoda Rossiya-Turkiya shartnomasi imzolandi. Shartnoma Bolqon yarim orolining siyosiy xaritasini tubdan o zgartirib yubordi. Chunonchi, Bolgariya Turkiyaga nomigagina qaram, amalda esa mustaqil davlatga aylandi. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiya to`la mustaqil davlatlar deb tan olindi. Turkiyaning Rossiyaga 1 mlrd. 410 mln. rubl tovon to`lashi belgilandi. Biroq San-Stefano shartnomasini «jahon hokimi» - Angliya tan olmadi. U bu shartnomani qayta ko`rib chiqishni talab etdi. Germaniya va Avstriya-Vengriya ham bu talabga qo`shildilar. Yakkalanib qolgan Rossiya yangi xalqaro kongress-Berlin kongressi chaqirilishiga noiloj rozi bo`ldi. Berlin kongressi. Kongress 1878- yilning 13- iyunida ochildi. Unda Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Avstriya-Vengriya, Italiya va Turkiya delegatsiyalari qatnashdi.
. V. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |