Sana “ ” 201 yil


IV.Yangi mavzuning bayoni



Download 0,59 Mb.
bet172/192
Sana23.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#403161
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   192
Bog'liq
9-sinf jahon tarix.YANGI TAXRIRDAGI

IV.Yangi mavzuning bayoni. Urush uning ishtirokchilari bo`lgan davlatlar hayotiga juda katta salbiy ta'sir ko`rsatdi. Iqtisodiyot harbiy maqsadlarga bo`ysundirildi. Chunonchi, og`ir sanoatning 70%, yengil sanoatning esa 50% urush ehtiyojlarini qondirish uchun ishladi. Urush, ayni paytda, qishloq xo`jaligini ham og`ir ahvolga solib qo`ydi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish keskin kamaydi. Deyarli barcha davlatlarda oziq-oqat tanqisligi vujudga keldi. Natijada, hukumatlar oziq-ovqat mahsulotlariga kartochka tartibi (qat`iy belgilangan me'yor) joriy etdilar. Aholi o`rtasida shovinizm zo`r berib targ`ib etila boshlandi. Shu tariqa, urush parlament demokratiyasiga qattiq zarba berdi. Uning aholi ko`z o`ngida obro`si tushib ketdi. Butun urush davomida bironta ham parlament qonli qirg`inga qarshi norozilik bildirmadi. Endi davlat ishlab chiqarishni tartibga sola boshladi. Banklar, xomashyo taqsimoti va harbiy buyurtmalar ustidan davlat hokimiyatinig nazorati kuchaydi. Aholi urushdan charchagan va urushning tezroq tugatilishini talab etib hukumatga qarshi bosh ko`tara boshlaganlar. Shu tariqa, urushning dastlabki yillarida jamiyatda qaror toptirilgan fuqarolik birligi buzildi. Ba'zi frontlarda soldatlarning birodarlashuvi, dushman tomonlarning bir-biriga o`q otmasligi yuz berdi. Chunki, armiya ham urushdan charchagan edi. Rossiyadagi ahvol. Urush Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy ahvolini haddan tashqari keskinlashtirib yubordi. Buning oqibatida, 1917- yilning fevral oyida Rossiyada inqilob yuz berdi. Muvaqqat hukumat urushni davom ettirishga qaror qildi va hatto shu yilning yozida u rus armiyasining hujumini ham uyushtirdi. Biroq, bu hujum muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu muvaffaqiyatsizlik Rossiyadagi busiz ham o`ta murakkab bo`lgan siyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirib yubordi. Natijada, 1917-yilning 7- noyabrida davlat to`ntarishi yuz berdi. Muvaqqat hukumat ag`darildi. Hokimiyatni bolsheviklar (kommunistlar) partiyasi bosib oldi va u Sovet hukumati deb atalgan hukumat tuzdi. 1917- yilning 8- noyabr kuni Sovet davlati «Sulh to`g`risida»gi dekretni qabul qildi. Sulh to`g`risidagi dekret bosqinchilik urushini keskin qoralagan va uni insoniyatga qarshi eng og`ir jinoyat deb e'lon qilgan. Sovet hukumati har qanday sharoitda ham separat sulh tuzishga intildi. Chunki, armiya jangovar ruhini to`la yo`qotgan va Sharqiy front chok-chokidan so`kilib ketgan sharoitda urushni davom ettirish to`la halokat bilan barobar edi. 1917- yilning 15- dekabrida Sovet Rossiyasi va Avstriya-Germaniya qo`mondonligi o`rtasida yarashish bitimi imzolandi. Bunday bitim 9-dekabr kuni Ruminiya bilan ham imzolangan edi. Shunday qilib, Sharqiy front harakatsiz qotib qoldi. Boshqa trontlardagi ahvol. 1917- yilning aprel oyida Antantaning G`arbiy frontdagi qurolli kuchlari hujumga o`tdi va hujumda 100 dan ortiq diviziya ishtirok edi. Biroq, Germaniya mudofaa chizig`ini yorib o`tishga muvaffaq bo`linmadi. Aksincha, bu janglar oqibatida katta qurbonlar berildi. Bu qurbonlar Fransiya qurolli kuchlarining bosh qo`mondoni Nivel nomi bilan «Nivel qirg`ini» deb nom oldi. 1917- yilning oktabr oyida Kaporetto yonida Italiya armiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Angliya va Fransiyaning shoshilinch ravishda 14 diviziyani Italiya frontiga tashlashigina Italiyani saqlab qoldi. 1917- yilning noyabr oyida ingliz armiyasining hujumini qaytarishda Germaniya yana bir yangi qurol-ognemyotni qo`lladi. Kavkaz frontida urush harakatlari 1917- yilda deyarli to`xtadi. Mesopotamiya va Falastin frontlarida ingliz arrniyasining harakatlari kuchaydi. 1917- yilning mart oyida inglizlar Bag`dod shahrini egalladilar. Kuzga kelib Turkiya Arabiston yarim orolini to`la, Falastinning esa bir qismini boy berdi

.V. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:



  1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

  2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish