IV.Yangi mavzuning bayoni. Birinchi Janon urusning bosn sababi ikki harbiy-siyosiy guruh o`rtasida bo`lingan dunyoni qayta bo`lib olish edi. Dunyoning yetakchi davlatlari o`z yovuz maqsadlari yo`lida mamaviy tubanlikka ketib boylik orttirish uchun millionlab insonlarni qurbon qilishga bel bog`ladilar. 1914- yilning 28- iyulida serbiyalik mlllatchi tomonidan Sarayevoda Avstriya-Vengriya taxti vorisi F. Ferdinand o`ldirildi. Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talablar qo`yilgan ultima`lum yubordi. Serbiya hukumati ultima`lumning faqat birgina talabiga, ya'ni suiqasd yuzasidan o`tkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermagan. Bu esa Avstriya-Vengriyaning 28- iyulda Serbiyaga urush e'lon qilishiga bahona bo`ldi. Serbiya ittifoqchisi Rossiya bunga javoban 29- iyul kuni qisman harbiy safarbarlik e'lon qildi. Bundan Germaniya hukmron doiralari 1- avgustda Rossiyaga, 3-avgustda esa uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e'lon qilish uchun bahona sifatida foydalandi. Germaniya Belg`yaning betaraflik maqomini buzib, bu davlatga hujum qildi. Belgiyaning betarafligi to`g`risidagi xalqaro hujjatni bir vaqtlar Prussiya ham imzolagan edi. Biroq, 1914-yilda Germaniya hukumati bu hujjatni surbetlik bilan «bir parcha qog`oz» deb atadi. Germaniyaning Belgiyaga hujumiga javoban Angliya Belgiyani himoya qilish bahonasi bilan 4- avgust kuni Germaniyaga urush e'lon qildi. Urush shu tarzda boshlanib ketdi. 15- avgust kuni Yaponiya Germaniyadan Xitoydagi mustamlaka hududlarini Yaponiyaga berish talabi bilan chiqdi. Rad javobini olgach, 23- avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qildi. Germaniya 1914-yilning oktabr oyida Usmonli turklar imperiyasini, keyinchalik Bolgariyani o`z tarafida turib urushda qatnashtirishga muvaffaq bo`ldi. Tez orada Kavkazorti, Suriya va Falastinda, Bolqon yarim orolida, shuningdek, Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarida yangi frontlar vujudga keldi. Faqatgina Serbiya va Belgiyadan tashqari barcha davlatlar uchun bu urush bosqinchilik urushi edi. Yashin tezligida g`alabaga erishishning barbod bo`lishi. Germaniya armiyasi generali fon Shliffen yashin tezligida g`alabaga erishish rejasini tuzib chiqqan edi. Rejaga ko`ra Germaniya armiyasi betaraf Belgiya hududi orqali Fransiyaga hujum qilishi, Germaniya-Fransiya chegarasida to`plangan Fransiya armiyasini qurshab olib, uni kuzgacha tor-mor etishi va shu orqali Fransiyaning taslim bo`lishiga erishishi kerak edi. So`ngra qisqa vaqt ichida Rossiyani ham tor-mor keltirish mo`ljallangan edi. 3- avgustda shiddat bilan hujumga o`tgan Germaniya armiyasi yaqin bir oy ichida Parijga yaqinlashib qoldi Fransiyaning taslim bo`lishi muqarrardek edi. Hatto, hukumat vaqtincha bo`lsa-da, Parijdan chiqib ketishga majbur bo`ldi. Biroq, Shliffen rejasi amalga oshmay qoldi. Bunga Fransiya hukumatining iltimosiga ko`ra 17- avgust kuni Rossiyaning Germaniya va Avstriya-Vengriyaga qarshi boshlagan hujumi sabab bo`ldi. G`arbiy frontda Germaniya harbiy qudratining ma'lum darajada kuchsizlanishi Fransiyani saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, bu hol Fransiyaga kuch to`plab qarshi hujumga o`tishiga imkon yaratdi. Germaniya rus armiyasini Sharqiy Prussiyadan siqib chiqarsada, rus armiyasi Avstriya-Vengriyaga qarshi hujumini davom ettirdi. Marna daryosi bo`yida Fransiya va Angliyaning birlashgan armiyasi 1914- yilning sentabrida Germaniya qo`shinlariga qarshi hujumga o`tdi. Marna jangida har ikki tomondan 2 mln. ga yaqin jangchi qatnashdi. Bu jangda Angliya va Fransiya armiyasining qo`li baland keldi. Og`ir ahvolga tushib qolgan nemis qo`mondonligi 9- sentabrda butun G`arbiy front bo`ylab chekinishga buyruq berishga majbur bo`ldi. Marna jangida erishilgan g`alaba tufayli Germaniyaning yashin tezligida g`alaba qozonish rejasi barbod bo`ldi