Sana “ ” 201 yil

Download 388,77 Kb.
bet35/141
Sana31.12.2021
Hajmi388,77 Kb.
#253668
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   141
Bog'liq
10 sinf ozbekiston tarixi konspekt

Yangi dars bayoni:

Islohotlar amalga oshirilishini nazorat qilish uchun 30 kishidan iborat Idorai mashruta tashkil qilindi. 8-aprel kuni mamlakatni boshqarish uchun Xivada xon huzurida qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida Majlis va Husaynbek devonbegi Matmurodov raisligida Nozirlar Sho‘rosi

tashkil topdi. Bu bilan Xiva xonligida qisqa muddatga bo‘lsa ham konstitutsion monarxiya o‘rnatildi. 1917-yil mayda Yosh xivaliklar partiyasi rahbari Polvonniyoz Yusupov boshchiligidagi delegatsiya Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara o‘tkazish uchun Toshkentga keldi. Biroq Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakili general Mirbadalov boshchiligidagi harbiy kuchlarga tayanib, iyun oyida Majlisni tarqatib yubordi. Xon o‘ziga ma’qul kishilardan Ortiq Oxun va Is’hoqxo‘ja Xo‘jayev boshchiligida yangi tarkibdagi Majlis va Nozirlar Sho‘rosini shakllantirdi.Yosh xivaliklardan shafqatsiz o‘ch olishga kirishildi. Husaynbek Matmurodov boshchiligidagi Majlisning 17 nafar sobiq a’zosi qamoqqa olindi va ke yinchalik qatl etildi. 1917-yil noyabrda Asfandiyorxon rus kazaklari yordamida Majlisni butunlay tugatdi. Xonning istibdod tuzumi bilan kurashda mag‘lubiyatga uchragan Yosh xivaliklar mamlakat hududidan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Xonlikda vaziyatning keskinlashib borishi. Xiva xonligi mustaqilligiga sovet Rossiyasi tomonidan tashqi xavfni his etgan xon mudofaa choralarini ko‘rishga intildi. Asfandiyorxon tomonidan 1918-yil Junaidxon Xiva xonligi qurolli kuchlari qo‘mondoni qilib tayinlandi. Junaidxonning asl ismi Qurbon Mamed Sardor bo‘lib, u turkmanlarning yovmut urug‘iga mansub bo‘lgan.

Xiva xonligi hududining bir qismida Amudaryo bo‘limi (markazi – Petro-Aleksandrovsk; hozirgi To‘rtko‘l) tashkil qilingan bo‘lib, u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan. Fevral inqilobidan keyin To‘rtko‘lda ham sovet hokimiyati o‘rnatildi. To‘rtko‘lda turgan sovet qo‘mondonligining harbiy kuchlari doimiy ravishda Xiva xonligi hududiga tajovuz solib turdi. Xonga qarshi muxolifatda turgan Yosh xivaliklarning aksariyat qismi ham bu yerdan boshpana topdi.1918-yil 30-oktyabrda Xivada bo‘lgan saroy ƪtnasi oqibatida Asfandiyorxon o‘ldirildi. Taxtga marhum xonning katta akasi, zamondoshlarining ƪkricha bo‘shang va irodasiz Said Abdullaxon (1918 – 1920) o‘tirdi, hukumat boshlig‘i Davlatmurod mahram bo‘ldi. Biroq yangi xon davlat ishlari bilan shug‘ullanmas edi. Hokimiyat Junaidxon qo‘lida markazlashdi. Junaidxon sovet hokimiyatining ashaddiy dushmani bo‘lgan.Junaidxon qo‘shinlari 1918-yil noyabrda Amudaryodan o‘tib, To‘rtko‘lga hujum qildi. Qizil askarlarga qarshi keskin janglar bo‘lib, u 1,5 yilcha davom etdi. 1919-yil 9-aprelda Xiva yaqinidagi Taxta qishlog‘ida Junaidxon bilan sovet hokimiyati vakillari o‘rtasida shartnoma imzolandi. Taxta shartnomasi sifatida tarixga kirgan bu bitimda Xiva xonligi mustaqilligi sovet hokimiyati tomonidan tan olindi. Biroq sovet Rossiyasi va Turkistonning bolshevik rahbarlari Xiva xonligidagi barcha muxolif kuchlarni jipslashtirishga zo‘r berib intildi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   141

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish