Yangi dars bayoni:
Aholining tez ko‘payishi va fan-texnika taraqqiyoti munosabati bilan jamiyatning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda. Bu ta’sir ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Shu tufayli tabiatni muhofaza qilish, inson uchun qulay ekologik muhitni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish – eng dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda.Tabiatni muhofaza qilish deganda, tabiatni insoniyat manfaatlarini ko‘zlab saqlashga va ongli ravishda o‘zgartirishga, uning mahsuldorligini saqlab qolishga, hamda resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan barcha turdagi tadbirlar tushuniladi. Bu tadbirlar davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.Tabiatni muhofaza qilishning eng asosiy masalalari – atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va barcha turdagi tabiiy resurslar: suv, yer, iqlim, o‘simlik, hayvonot resurslari hamda qazilma boyliklardan oqilona va isrof qilmay foydalanish.Tabiatni muhofaza qilishning ikki xil yo‘li mavjud. Birinchisi, alohida muhofaza etiladigan hududlar ajratilib, u yerdagi tabiiy landshaftlar yoki noyob tabiat yodgorliklarini saqlab qolish, ayrim turdagi o‘simlik va hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish tadbirlari amalga oshiriladi. Ikkinchisi, keng qamrovli bo‘lib, tabiatni undan xo‘jalik maqsadlarida foydalanish jarayonida muhofaza qilishni o‘z ichiga oladi. Alohida muhofaza etiladigan hududlar – tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy maqsadlar uchun ajratilgan yer va suv (akvatoriya) maydonlari hisoblanadi. Ularga milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, buyurtmaxonalar kiradi. Buyurtmaxona – ayrim tabiiy obyektlar va landshaftlarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki suv havzasi. Ularning hududida ayrim tabiiy resurslardan foydalanishga, tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydigan xo‘jalik faoliyatiga ruxsat beriladi. Qo‘riqxonalardan farq qilib, buyurtmaxonalarning maydonlari yer fondidan ajratib olinmaydi. Buyurtmaxonalar doimiy va vaqtincha bo‘ladi. Vaqtincha buyurtmaxonalar ko‘pincha ovchilik xo‘jaliklarida ov qilinadigan hayvon va qushlarning sonini tiklash va ko‘paytirish maqsadida ma’lum muddatga tashkil qilinadi. Muhofaza qilinayotgan turlarning o‘rtacha soni tiklangandan keyin cheklov bekor qilinadi va buyurtmaxona yana ov qilinadigan joyga aylanadi. Keyingi yillarda botanik, zoologik, geologik, ixtiologik, ornitologik va boshqa xil buyurtmaxonalar tashkil qilinmoqda.Tabiat yodgorliklari – jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor obyektlar: g‘orlar, sharsharalar, ajoyib shaklli qoyatoshlar (5rasm), daralar, geyzerlar, buloqlar, relyefning g‘aroyib shakllari, geologik ochilib qolgan joylar, katta yoshli ulkan daraxtlar va boshqalar. Tabiat yodgorliklari milliy bog‘, qo‘riqxona va buyurtmaxonalardan farq qilib, asosan, muhofazaga olingan ayrim nodir tabiiy yoki antropogen obyektlardir.Geotizimlarda jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ekologik muvozanat tamoyiliga ko‘ra, har bir tabiiy chegaralangan hududda jonli va jonsiz tabiat orasida shunday teng munosabat mavjudki, bunda ular bir-biri bilan muayyan tabiiy muvozanatda bo‘ladi. Lekin, ulardan birining tashqi ta’sir natijasida buzilishi uzoq muddatli muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi. Ekologik muvozanat tabiatda juda ham mo‘rt bo‘lib, ko‘p hollarda o‘simlik olamining qashshoqlanishi, suv maromining buzilishi va tuproq qoplamining yemirilishi bilan bog‘liq. Ekologik muvozanat barqarorligi geotizimlarning qaysi taksonomik pog‘onadaligiga bog‘liq. Masalan, ekologik muvozanat landshaftda joyga nisbatan, joyda esa urochishega nisbatan, urochisheda esa fatsiyaga nisbatan barqaror hisoblanadi. Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik tamoyiliga asosan ishlab chiqarish jarayonida va kundalik turmushda vujudga kelayotgan turli chiqindilarni atrof-muhitga tashlashdan oldin ularni toza lab, butunlay zararsizlantirish lozim. Ushbu tamoyilning amaliyotga tatbiq etilishi
ekologik xavfsizlikni ta’minlash, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasallik keltirib chiqaruvchi va tarqatuvchi manbalarni yo‘qotish va shu kabi ekologik muammolarning oldini olishda yuqori samara beradi.Tabiiy resurslardan me’yorga yarasha foydalanish tamoyi
Do'stlaringiz bilan baham: |