2. Sanoat mulki ob’ektlarining shakllanishi
Bozor
munosabatlari
sharoitida
va
iqtisodiyotning
innovatsion rivojlanishning yangi yo‘liga o‘tishda boshqaruv
amaliyotida boshqarishning yangi funksiyalari vujudga keladi.
Boshqarishning yangi funksiyalarining vujudga kelishiga xalqaro
ilmiy-texnik va savdo hamkorligining kengayishi, turli xalqaro
tashkilotlar (VTO, VOIS, OESR, YUNIDO va h.k.) ishida ishtirok
etish,
xalqaro
kelishuvlarga
(masalan,
intellektual
mulk
huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga) qo‘shilish
ham sabab bo‘ladi. Innovatsion faoliyatni boshqarishning bunday
nisbatan yangi funksiyalariga birinchi navbatda shakllanish,
huquqiy muhofazani ta’minlash, ulardan foydalanish va xo‘jalik
aylanmasiga jalb etish masalalarini nazarda tutadigan intellektual
mulk ob’ektlarini boshqarish kiradi.
Innovatsion
faoliyat
natijalari
sifatida
ilmiy-texnik
mahsulotning har xil turlari bo‘lishi mumkin: ixtirolar, loyiha-
konstruktorlik yechimlari, tajriba namunalari, yangi reglament va
retseptlar, ishlab chiqarish usullari va ko‘pgina boshqalar. Ular
nafaqat mazmuni, tarkibi va maqsadiga ko‘ra turlanadi, balki
iste’molga (foydalanishga) tayyorgarlik darajasi bo‘yicha ham
farqlanadi. Innovatsion faoliyat natijalarining ko‘pginasi ko‘p
pog‘onali huquqiy va tashkiliy tadbirlardan so‘ng intellektual mulk
shakliga kiradi, ma’lum qismi esa tijorat siri bo‘lib qoladi. Jahon
va ichki bozorda intellektual mulk ob’ektlari – o‘ziga xos tovar
bilan bo‘lgan tijorat operatsiyalari muhim ahamiyat kasb etib
qolmoqda.
“Intellektual mulk” umumiylashtirilgan tushunchasi sanoat
mulki ob’ektlarini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasida
(VIII b. 2 m.) ko‘rsatilgan bo‘lib, u adabiy, badiiy va ilmiy asarlar,
ijro faoliyati, ixtirolar, ilmiy kashfiyotlar, sanoat namunalari, tovar
belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari, adolatsiz
413
raqobatga qarshi kurashga taalluqli huquqlar, hamda ishlab
chiqarish, adabiy va badiiy sohalarga tegishli barcha huquqlarni
o‘z ichiga oladi. Intellektual mulk masalalari VOIS tomonidan
qabul
qilingan
“Intellektual mulk bo‘yicha butunjahon
deklaratsiyasi” da (2000) yanada rivojlanib, u yerda “intellektual
mulk” atamasi umumiy rozilik bilan xarakteri bo‘yicha intellektual
deb tan olingan va himoyaga loyiq har qanday mulkni, shu
jumladan, ilmiy va texnik ixtirolar, adabiy asarlar, tovar belgilari,
sanoat namunalari va geografik nomlarni bildirilishi ko‘rsatilgan.
Intellektual mulk huquqlarning ikki sohasini o‘z ichiga oladi:
1) sanoat mulki; 2) mualliflik va unga yaqin huquqlar. Sanoat
mulki – bu ilmiy-texnik xarakterdagi ijod natijalariga egalik qilish
va uni tasarruf etish mutlaq huquqidir. Sanoat mulkining an’anaviy
ob’ektlari:
ixtirolar;
dizaynerlik yechimi sifatidagi sanoat namunalari;
yangi texnik yechim sifatidagi foydali modellar;
boshqa individualizatsiya vositalari (firma belgilari,
joylashgan yeri va h.k.);
adolatsiz raqobatni oldini olish huquqi.
Sanoat mulkining bunday tarkibi 1883 yilda, sanoat mulkini
muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi qabul qilinganda
belgilangan. 1886 yilda esa adabiy va badiiy asarlarni muhofaza
qilish bo‘yicha Bern konvensiyasi qabul qilingan.
Intellektual mulkning alohida ob’ekti – ilmiy kashfiyotlardir.
Hech qaysi milliy qonunchilik va hech qaysi xalqaro shartnoma
ilmiy kashfiyotlarga egalik qilish va ulardan foydalanishga mutlaq
huquq bermaydi. Sobiq SSSR da Fuqarolik qonunchilik asoslarida
kashfiyotlarni huquqiy himoya qilish to‘g‘risida maxsus bo‘limlar
bor edi. Kashfiyotlarga moddiy dunyoning ilgaridan noma’lum
ob’ektiv mavjud bo‘lgan qonuniyatlar, xossalar va hodisalar
kirardi.
Fuqarolik kodeksi kashfiyotga bo‘lgan huquqni fuqarolik
huquqi sohasidan chiqardi, chunki kashfiyot, ushbu hujjat
mualliflari fikriga ko‘ra, mulk aylanmasi predmeti bo‘la oladigan
414
ijod mahsulini yaratish emas, chuqur bilish jarayoni natijasini
namoyon etadi. Ilmiy kashfiyot tabiatini shu tarzda talqin etish
asosli deb bo‘lmaydi. Har qanday holatda kashfiyotlarni bunday
talqin etish va huquqiy himoyadan mahrum etish munozarali
masaladir. Kashfiyotga uning ehtirof etilganligi, ustuvorligi va
mualliflikni tasdiqlaydigan diplom beriladi. Innovatsion biznesda
kashfiyot – kam uchraydigan hodisa, lekin chet el amaliyotida juda
keng tarqalgan.
Sanoat mulki ob’ektlari orasida ixtirolar markaziy o‘ringa
ega. Ixtironing ahamiyati bir qator jihatlar bilan izohlanadi: 1)
ixtirolar soni sanoat mulkining boshqa ob’ektlari sonidan ancha
ortadi; 2) ixtirolarga bo‘lgan patentlarni huquqiy buzishlarda
sanksiyalar qoidabuzar uchun kattaroq bo‘ladi; 3) ixtiro ko‘pincha
texnikaning raqobatbardoshligini belgilaydi; 4) faqat ixtirolarga
bo‘lgan patentlar yordamidagina yangi texnologik jarayonlarni
himoya qilish mumkin. Ixtiro ob’ektlariga moslamalar (mashinalar,
uskunalar va h.k.), usullar (metodlar, jarayonlar va h.k.), moddalar
(materiallar, qotishmalar), retseptlar kiradi.
Ixtiroga bo‘lgan mualliflik huquqi odatda davlat tomonidan,
xususan patentlar bilan himoya qilinadi.
Ta’kidlab
o‘tamizki,
ko‘pgina
holatlarda
ko‘p
mamlakatlarning patent qonunida “ixtiro” tushunchasiga muayyan
ta’rif berilmagan. Asosan ob’ektning patentga layoqatlik mezonlari
ko‘rsatilgan bo‘lib, ular asosida ushbu ob’ekt ixtiro sifatida patent
himoyasiga ega bo‘lishi mumkin. Amaliy faoliyatda bunday
mezonlar bo‘lib mazkur texnik echimning yangiligi va noayonligi
(ixtiro darajasi), uning sanoat yo‘li bilan amalga oshirishliligi
hisoblanadi. Ixtironing muhim jihati shundaki, u yangi g‘oya bilan
cheklanib qolmasligi lozim, garchi g‘oyat qiziqarli bo‘lsa ham.
Patent himoyasini olish uchun u ushbu g‘oyani haqiqiy yoki
istiqbolli amalga oshirish uchun yaroqli bo‘lgan aniq texnik
yechim bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, ixtironi yangilikka, noayonlikka (ixtirochilik
darajasi) va sanoat yo‘li bilan realizatsiya qilishga yaroqlilikka ega
bo‘lgan masalaning texnik yechimi sifatida ta’riflash mumkin.
415
Patent egasining ixtiroga bo‘lgan mutlaq huquqi 20 yil davomida
amal qiladi. Himoya hujjatlarini rasmiylashtirishning aniq o‘ziga
xosliklari, talabnomalarni ko‘rib chiqish, patent olish, mualliflik
huquqi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar, saqlash tartibi
tegishli hujjatlarda batafsil bayon etilgan. Innovatsion faoliyat
tajribasidan uzellar, umumiy komponovka va texnologik zanjir va
hokazolar maketlari va modellari ma’lum. Biroq hozirgi vaqtda
innovatsion biznes doirasida bu masalaga nafaqat “sof” ishlab
chiqarish-texnik
jihatdan,
balki
huquqiy
tomondan
ham
yondashmoq zarur.
Hozirgi vaqtda foydali modeldan foydalanmasdan samarali
innovatsioln loyihani tasavvur etish mushkul, bunday loyiha
innovatsion korxona tomonidan qo‘llanilishi, ishlab chiqilishidan
qat’i nazar. Foydali modellar to‘g‘risidagi birinchi qonun 1981 yil
Germaniyada qabul qilingan. Foydali modellarga ishlab chiqarish
vositalari va iste’mol etish predmetlarining, shuningdek, ularning
tarkibiy qismlarining konstruktiv ijrosi kiradi. Foydali model – bu
texnik yechim bo‘lib, darajasiga ko‘ra ixtirolarga qo‘yilgan
talablarga javob bermaydi. Xususan, foydali model mashinalar
konstruksiyasiga o‘zgartirishlar va takomillashuvlar kiritishi
mumkin.
Yechimning foydali model sifatida e’tirof qilinishi uchun
ixtirochilik darajasi, ya’ni ixtiroda bo‘lgan ijodiy g‘oya bo‘lishi
shart emas. Aynan shu parametr bo‘yicha ixtiro va foydali
modellar o‘rtasida tafovut ko‘riladi. Foydali modellar ko‘pincha
“kichik ixtirolar” deb ataladi. Foydali modellarga huquqiy himoya
ko‘rsatish shartlari – yangilik va sanoatda qo‘llanishlikdir. Foydali
model sifatida, odatda, ishlab chiqarish apparaturasi, buyumlar,
mahsulotlar komponovkasi hamda ularning qismlari himoya
qilinadi. Undan tashqari, foydali model sifatida buyum
qismlarining joylashish shakllari, elektrik sxemalari, ular texnik
funksiyalarni bajarsa, himoya qilinadi. Mikroorganizm usullari,
moddalari va shtammlari foydali model sifatida e’tirof etilmaydi.
Foydali modelga bo‘lgan talabnoma patent idorasiga (2004
yildan – Intellektual mulk, patentlar va tovar belgilari bo‘yicha
416
federal xizmat, yoki Rospatent) beriladi. Talabnoma hujjatlari
tarkibiga foydali modelni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza,
himoya predmetini qisqa va aniq ko‘rsatgan holda, himoya nimaga
so‘ralishini ko‘rsatgan formula, foydali model tavsifi, chizmalar va
referat kiradi. Himoya hujjati odatda himoya qilish layoqati
shartlariga muvofiqlik ekspertizasisiz beriladi. Qonun muallifga
foydali modelga bo‘lgan talabnomani ixtiro talabnomasiga
o‘zgartirish imkonini patent idorasi tomonidan foydali modelga
bo‘lgan talabnoma bo‘yicha qaror chiqarilgunga qadar beradi.
Foydali modellarni himoya qilishning huquqiy shakli bo‘lib besh
yil davomida, patent idorasiga talabnoma berilgan sanadan boshlab
amal
qiladigan
guvohnoma
hisoblanadi.
Patent
egasi
iltimosnomasiga ko‘ra u uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga
uzaytirilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda foydali modellarni huquqiy muhofaza qilish
bir qator rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Italiya, Ispaniya va
Yaponiya) qonunchiligi bilan ham ta’minlangan. Muayyan
huquqiy bazaga ega bo‘lib, o‘tkaziladigan ilmiy-texnik ishlar
natijalariga ko‘ra foydali modellarni aniqlash va rasmiylashtirishga
oid tegishli to‘g‘ri yondashganda intellektual mulk ob’ektlari
(xususan, foydali modellar) ancha ko‘proq bo‘lardi.
Sanoat namunasi (Parij konvensiyasiga ko‘ra) – bu biror
ob’ekt (buyum) ning tashqi ko‘rinishi echimining badiiy-
konstruktorlik (dizaynerlik) faoliyati natijasidir.
Sanoat namunasi, mahsulotning estetik va ergonomik
xususiyatlarini aniqlaydigan muhim xususiyatlar majmui sanoat
namunasi ustuvor sanasigacha dunyoda hammabop bo‘lgan
ma’lumotlardan noma’lum bo‘lsa, yangi deb tan olinadi. Sanoat
namunasi, tegishli mahsulotni ishlab chiqarish yo‘li bilan ko‘p
marotaba qayta chiqarsa, sanoatda qo‘llana oladigan deb e’tirof
etiladi.
Sanoat namunasining patentga layoqatliligi mezoni – ob’ekt
turini (ko‘rinishini) aniqlaydigan badiiy-konstruktorlik yechimidir.
Bunda sanoat namunasining o‘ziga xosligi, yangiligi va sanoatda
qo‘llana bilishi baholanadi. Agar sanoat namunasi ushbu
417
mezonlarga ega bo‘lsa, RF patent qonuni (6 m. 1 b.) ga muvofiq
sanoat namunasiga huquqiy muhofaza taqdim etiladi. Sanoat
namunasiga patent berish talabnomasiga patent berish to‘g‘risidagi
sanoat namunasi mualliflarini ko‘rsatgan holda ariza, mahsulotni,
mahsulotning umumiy ko‘rinishi chizmasini aks ettirgan
fotosuratlar to‘plami, ergonomik sxema, muhim xususiyatlarini
ko‘rsatgan holda sanoat namunasining tavsifi kiradi. Sanoat
namunasiga patent 10 yil davomida amal qiladi.
Ahamiyati kichik innovatsion korxonalar rivojlanishi va
samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun muhim bo‘lgan sanoat mulkiga
aloqador boshqa ob’ektlar ham qiziqish o‘yg‘otadi. Sanoat
mulkining bunday ob’ektlariga tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish
belgilari, firma nomlari va tovar kelib chiqish joyining nomi kiradi.
Sanoat mulkining qonun bilan himoyalangan yangi ob’ekti – tovar
kelib chiqishi joyining nomidir. Ushbu ob’ekt nafaqat mahsulotni
ajratish belgisi uchun, balki mahsulotning kelib chiqish joyi bilan
bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rsatish uchun ham
mo‘ljallangan. Tovar kelib chiqish joyi nomi tarkibiga mamlakat,
aholi punkti yoki o‘ziga xos xususiyatlari faqat mazkur geografik
ob’ekt uchun tabiiy shart-sharoitlar yoki inson omili, yoki ikkalasi
bilan belgilanadigan tovarni ko‘rsatish uchun foydalaniladigan
boshqa geografik ob’ektlar kiradi. Misol uchun, vinolar uchun
“shampanskoe”, mineral suvlar uchun “borjomi”. Geografik
ob’ektlarning tarixiy nomlarini ham qo‘llash mumkin.
Mahsulotning
o‘ziga xos xususiyatlari “sertifikati”
funksiyasini (rasman bo‘lmasa ham) bajarib, uning kelib chiqish
joyini ko‘rsatish - sotish hajmini ko‘paytirish, tovarning bozordagi
raqobatbardoshligini
oshirishning
muhim
omilidir.
Bunda
mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari barqaror bo‘lishi lozim.
Lekin bu yerda insofsiz hiyla-nayranglar xavfi mavjud. Tovar kelib
chiqish joyi nomining huquqiy muhofazasi uning qonunga muvofiq
ravishda ro‘yxatga olinishi, hamda xalqaro shartnomalar asosida
vujudga keladi.
Individuallashtirishning boshqa vositalari ham muhim
ahamiyat kasb etmoqda, ularning qatoriga firma nomi kiradi. Firma
418
nomi – oti yoki belgisi korxonani identifikatsiya qilishga imkon
beradi va uchinchi shaxslarning qonunga xilof harakatlaridan
himoya qiladi. Ushbu tushunchaning rasmiy ta’rifi qonunlarda
ham, biron bir me’yoriy hujjatlarda ham yo‘q. Parij konvensiyasida
faqat ko‘rsatilganki, firma nomi barcha mamlakatlarda majburiy
talabnomasiz yoki ro‘yxatga olishsiz, u tovar belgisiga kirishidan
qat’i nazar, himoya qilinadi. Bundan kelib chiqadiki, firma nomini
himoya qilishga talabnoma berish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish
ehtiyoji yo‘q. Firma nomining uchinchi shaxs tomonidan
qo‘llanilishi korxona egasi huquqlarini buzish demakdir, va ushbu
nizo sudda hal etiladi.
Sanoat mulkining tovar belgisi kabi ob’ekti katta ahamiyatga
ega. Tovar belgilari turli ishlab chiqaruvchilarning o‘xshash
tovarlarini (mahsulotlar, maishiy anjomlar, poyafzal va h.k.)
ajratish, bir xil assortiment (nomenklatura)ni bir guruhdagi
tovarlarga birlashtirish va ularni yagona markirovka bilan belgilash
uchun qo‘llaniladi. Mazmunan tovar belgisi sotib oluvchiga bir xil
ishlab chiqaruvchilarning tovar (xizmat) larini boshqa ishlab
chiqaruvchilar bir turdagi tovarlaridan ajratish, ya’ni mazkur
tovarni identifikatsiya qilish imkonini beradigan xususiyatlarning
maksimal miqdorini o‘z ichiga oladi. Bunday xususiyatlarga tovar
nomi, uning tarkibi, firma belgisi, hidi, ta’mi, shakli, qadoq rangi
va hokazolar kiradi. Ta’kidlab o‘tamiz, chet elda “savdo markasi”
atamasi ishlatiladi. Innovatsion faoliyatda tovar belgisi va tovar
markasini sinonimlar, o‘xshash tushunchalar sifatida ko‘rib chiqish
mumkin.
Tovar belgisi – bu yuridik tushuncha ham bo‘lib, uning
qo‘llanish chegaralari 1883 yildayoq qonun bilan kifoyalangan.
Sanoat
mulkini
muhofaza
qilish
to‘g‘risidagi Parij
konvensiyasi bilan tovar belgilarini himoya qilish standartlari
belgilangan. Hozirgi vaqtda ushbu konvensiya (kelishuv) 100 dan
ortiq mamlakatlarda amal qilmoqda. 1891 yilda Madrid kelishuvi
qabul qilinib, u tovar belgisini Jenevada joylashgan markaziy ofis
orqali barcha mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini
belgilaydi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish tovar belgisiga bo‘lgan
419
huquqlarni
sudda
hal
qilishga
imkon
beradi.
Rossiya
imperiyasining tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi
qonun 1896 yilda kuchga kirgan. U mahsulotda qanday nomlar,
emblemalar, harflar, naqshlar qayd qilinganligini belgilaydi.
Hozirgi vaqtda Ozbekistonda tovar belgisi deb atalish huquqi
2001 yil 30 avgustdagi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari
va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida” gi 267-2 son
Qonuni bilan belgilangan. Mazkur qonunga muvofiq tovar belgisi
va xizmat ko‘rsatish belgisi deganda yuridik yoki jismoniy
shaxslarning tovarlari, bajariladigan ishlari yoki ko‘rsatiladigan
xizmatlari individuallashtirish uchun xizmat qiladigan belgilar
tushuniladi. Shuningdek mazkur qonun tovar belgisi sifatida
ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘lgan belgilarni, tovar belgisini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibini, uni
qo‘llash sohasini belgilaydi. Tovar belgisidan ruxsatsiz
foydalanish, hamda tovar belgisini yoki tovarni noqonuniy
tayyorlash, qo‘llash, sotuvga taqdim etish, sotish, boshqa xo‘jalik
aylanmasiga kiritish taqiqlangan bo‘lib, yuridik javobgarlikka
sabab bo‘ladi.
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovar belgisiga
talabnoma uning Tovar va xizmatlar xalqaro tasnifi bo‘yicha
ko‘rinishi, og‘zaki tavsifi va boshqa rekvizitlarini ilova qilingan
holda rasmiylashtiriladi. Rospatent rasmiy ekspertiza o‘tkazib,
da’vo qilingan belgilarni qonunda bayon etilgan me’yorlarga
mosligini va patent sofligini tekshiradi. Ekspertiza yakunida tovar
belgisi sertifikati beriladi yoki talabnoma beruvchi uni ro‘yxatdan
o‘tkazishda rad javobini oladi. Tovar belgilarini patentlash
keyinchalik tovar belgisidan foydalanish huquqlarini sotish uchun
amalga oshiriladi.
Tovar belgisi mazmunan “brend” tushunchasi (ingl. brand –
tamg‘a, belgi) bilan chambarchas bog‘liq. Amaliy jihatdan tovar
belgisi mazmuni brend asosidir, shu sababli ushbu tushunchalar
ko‘pincha sinonim sifatida ko‘riladi. Ammo ular o‘rtasida tafovut
mavjud.
Brend
iste’molchining tovar belgisiga bo‘lgan
munosabatni shakllantiradi, ya’ni iste’molchilar ongida tovar
420
belgisini namoyon etadi. Bu xususda brend (“sof” tovar belgisidan
farqli o‘laroq) ijtimoiy psixologiya elementlari bilan chambarchas
bog‘liq.
Hozirgi vaqtda chet elda ham “brend” tushunchasining
ma’lum ta’rifi mavjud emas. Tijorat va iste’mol darajasida brend
ko‘pincha “rivojlangan” savdo markasi (tovar belgisi) sifatida
talqin etiladi. Brend iste’mol afzalligini yaratib, raqiblardan farqni
belgilaydi, tovarni xaridorlar uchun qulay va oson oladigan qiladi.
Brendni mahsulot o‘xshaydigan ramz, dizayn, belgi va raqiblardan
farqi sifatida ham taqdim etish mumkin. Brend mohiyatini
quyidagi ta’rif ko‘proq xarakterlaydi: brend – bu firma yoki tovar
atributlari bo‘lib, ular o‘ziga xoslikni aks ettiradi, mijozlar
e’tiborini tortadi, firma imidjini, uning obro‘sini yuksaltirishga va
tovarni bozorga chiqarishga yordam berib, yaratadi.
Har qanday yondashuvda brend iste’molchilar ongida ularga
muhim bo‘lgan ma’lum tovarni tanlashga imkon beradigan ramzda
ifodalangan tovar obrazidir. Umumiy ko‘rinishda brend – bu tovar
belgisi va uning iste’molchi tomonidan idrok etilishidir. Bu yerda
tovar belgisi va brend o‘rtasida bitta farq ham kuzatiladi. Tovar
belgisining mazmuni huquqiy asosda shakllanib, tovar belgisi
to‘g‘risidagi qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan
belgilanadi. Tovar belgisi to‘g‘risidagi his-tuyg‘ular, afzal
ko‘rishlar, psixologik idrok (ongli va beixtiyor), barqaror
tasavvurni yuridik jihatdan mustahkamlab bo‘lmaydi.
Boshqaruvchilik amaliyotida, xususan, intellektual mulkni
boshqarishda, brend uchta funksiyani bajaradi: 1) tovarni bozorga
targ‘ib qilish; 2) tovarni raqobat muhitida pozitsionlashtirish; 3)
tovar va uni ishlab chiqaruvchisini identifikatsiya qilish. Har bir
brend o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, uning kuchi asosan tovar belgisi
pozitsiyasining iste’molchilar ongida barqarorligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |