384
2. Korxona va ayrim funksional bo‘linmalarning
innovatsion jarayondagi rolini kuchaytirish
Korxonalardagi
innovatsion
faoliyatning
samarali
rivojlanishida ilmiy-texnik va marketing xizmatlari etakchi rol
o‘ynaydi. Aynan shu bo‘linmalar, innovatsion g‘oyalar asosiy
manbasi bo‘lib, innovatsion rivojlanishga bo‘lgan ikki yondashuv
– “texnologik turtki” va bozor talabi (“bozor turtkisi”) ning
birligini ta’minlashi lozim.
Marketing bo‘linmalarining birinchi darajali vazifasi –
bozorni o‘rganishdir: talab va raqobatni, iste’molchi fe’l-atvori va
uning afzal ko‘rishlari dinamikasini, raqobat qiladigan yangiliklar
mavjudligi va ularni (ichki va tashqi) bozorda realizatsiya qilish
imkoniyatlarini tahlil etish. Innovatsiyalar marketingi yangiliklarni
iste’molchi nuqtai nazaridan tahlil qilish, potensial iste’molchi
tahlili va bozor muhitini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Bozor
muhitini o‘rganishda bozor turi, hajmi, raqobat va bozor
segmentatsiyasi
baholanadi.
Yangilikni
iste’molchi nuqtai
nazaridan
tahlil
qilish
uning
yangiligini,
tejamliligini,
ekologikligini, sifat, narxi va jozibadorligini belgilashni taqozo
etadi. Potensial iste’molchini tahlil qilishda bevosita iste’molchiga
bog‘liq masalalar o‘rganiladi: uning daromadlari darajasi,
ma’naviy-psixologik xususiyatlar, xaridlari motivatsiyasi, tovarga
bo‘lgan talablarning shakllanishi va hokazolar. Innovatsiyalar
marketingining korxonalar maxsus bo‘linmalari tomonidan olingan
va tayyorlangan ushbu ma’lumotlari innovatsion rivojlanishning
“bozor turtkisi” ni shakllantiradi.
Korxonalarda
innovatsion
jarayonni
boshqarishda
korxonalarning ilmiy salohiyatini shakllantiradigan va ularning
innovatsion strategiyasini belgilaydigan ilmiy-texnik bo‘linmalar
alohida o‘ringa ega. Ushbu holatda shunday korxonalar nazarda
tutilganki, u yerda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlar
o‘z bazasi yaratiladi. Hozirgi vaqtda korxonalar innovatsion
rivojlanishning turli taktikasini qo‘llaydi. Korxonalarning biri
innovatsion rivojlanish uchun nou-xau va litsenziyalarni,
ikkinchilari – “texnologiya – uskunalar” paketini, uchinchilari –
385
mustaqil ITI, KB yoki tashqi venchur tashkilotlarning innovatsion
ishlanmalarini qo‘llashni, boshqalari – ichki venchur tashkilotlarini
yaratishni afzal ko‘radi. Innovatsion rivojlanishning bunday
taktikasini ular innovatsion ishlanmalar o‘z bazasi mavjud
emasligi, innovatsion-investitsion xarajatlarning mumkin bo‘lgan
minimizatsiyasi,
modernizatsiya
qilingan
va
qisman
takomillashtirilgan yangiliklarni tezkor o‘zlashtirish va bozorgacha
yetkazish zarurati bilan tushuntiriladi.
Hozirgi sharoitlarda innovatsion ishlanmalar sohasida
korxonalar xatti –harakatining uch yo‘nalishi mavjud. Birinchi
guruh korxonalari – kichik korxonalar va xorijiy mulkdor nazorati
ostidagi korxonalardir, o‘z Ilmiy-tadqiqot va eksperimental
loyihalash ishlarilarini yuritmasdan, tayyor butlovchi uskuna
qismlari, litsenziyalar, texnologiyalarni sotib oladi yoki xorijiy
namunalar, konstruktorlik va texnologik yechimlarni moslashtiradi.
O‘z ishlanmalariga ikkinchi guruh korxonalari, yoki o‘z
tadqiqot va konstruktorlik bo‘linmalarini saqlab qolgan, yoki
chetdan ilmiy tashkilot va mutaxassislarni jalb etishga mablag‘i
bo‘lmagan korxonalar yo‘naltirilgan. Bu yerda bosh konstruktor,
bosh texnolog bo‘limlarida, ishlab chiqarish bo‘linmalarida va h.k.
larda yig‘ilgan imkoniyatlardan foydalaniladi. Kam hollarda
innovatsiyalarni loyihalash bosqichidagi ishlanmalarga marketing
xizmatlari jalb etiladi. Korxonalarning innovatsiyalarni loyihalash
bosqichidagi hisob-kitob va ishlanmalar bilan shug‘ullanadigan
maxsus bo‘linmalar spektri ularning tarkibi va soni kabi kengdir.
Bular - o‘z ITI (VPK korxonalari), yangi mahsulot sifati va
ishlanmasi laboratoriyalari (oziq-ovqat korxonalari), konstruktorlik
va texnik byurolari (mashinasozlik va to‘qimachilik korxonalari)
va boshqalar. Yirik ishlab chiqarish komplekslari doirasida faoliyat
yuritadigan ilmiy markazlar barivoj bo‘lib chiqdi. Ular tarkibiga
kiruvchi
korxonalarning
ilmiy
ishlanmalardagi
bo‘lgan
ehtiyojlariga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘z konstruktorlik
byurosini murakkab iqtisodiy sharoitlarda bu kabi bo‘linmalarni
yopishdek umumiy tendensiyasiga qaramasdan yaratish misollari
ham mavjud.
386
Uchinchi guruh korxonalari ilmiy-tadqiqot institutlari bilan
aloqa ushlab turadi, lekin ilmiy tashkilotlarning sanoat
korxonalardagi innovatsion jarayonda ishtirok etish darajasi va
ushbu aloqalar shakllari farq qiladi. Ba’zi korxonalar akademik va
soha ilmiy-tadqiqot institutlari, tarmoq o‘quv muassasalari bilan
oldingi munosabatlarni saqlashda davom etsa, boshqalari – yangi
aloqalarni o‘rnatadi. Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash
ishlarni bajarish tashkilot va ayrim mutaxassislar o‘rtasidagi
shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Faol innovatorchilar uchun
eng keng tarqalgan yondashuv – ilmiy-tadqiqot va loyihaviy-
konstruktorlik
tashkilotlar
mutaxassislarini
korxona
ishlab
chiqadigan innovatsion loyihaga texnik hujjatlar tayyorlashga jalb
qilishdir.
Innovatsion strategiya nuqtai nazaridan innovatsion
ishlanmalar (ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik-texnologik ishlar)
ning shaxsiy bazasini yaratish va saqlab qolishga va natijada
korxonalar ilmiy salohiyatini shakllantirishga yo‘nalganligi eng
istiqbolli ko‘rinadi. Bunday yondashuv to‘g‘riligi haqida
respubikamizda
innovatsion
faoliyat
kengayishiga
bo‘lgan
tendensiya va xorijiy mamlakatlar tajribasi dalolat beradi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ko‘pgina firmalar, o‘z
ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari bazasiga ega
bo‘lib, nafaqat yangilik (oziq-ovqat, texnologik va b.) yaratish
bo‘yicha
amaliy
tadqiqot
va
loyihaviy-konstruktorlik
ishlanmalarni, balki fundamental tadqiqotlarni ham amalga
oshiradi. Shunday qilib, Yaponiyada 1990 yillar o‘rtasida
firmalarning 40% ga yaqini innovatsion ishlanmalarning o‘z
bazasiga ega edi. Dunyoning yetakchi sanoat kompaniyalarining
ko‘pchiligida ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari,
innovatsion ishlanmalar va ularni o‘zlashtirishga bo‘lgan xarajatlar
sotish hajmining 5 dan 7% gacha va o‘rtacha (ko‘pgina boshqa
kompaniyalar uchun) 3-5% ni tashkil etadi. Bunda ushbu
xarajatlarning
talaygina
ulushi
fundamental
tadqiqotlarga
sarflanadi. Masalan, AQSH firmalarida fundamental tadqiqotlarga
bo‘lgan xarajatlar ulushi 8% dan ortiq, Yaponiya firmalarida –
387
16% ga yaqinini tashkil etadi. Yangi mahsulot o‘zlashtirishga
mazkur mamlakatlar kompaniyalarida umumiy xarajatlarning mos
ravishda 30 va 34%i, amaliy tadqiqotlarga – 36 va 27%i to‘g‘ri
keladi. Ushbu va boshqa faktik ma’lumotlar chet elda sanoat
kompaniyalari va firmalar o‘z tadqiqot bazasini yaratishi va
korxonalar ilmiy salohiyati darajasini oshirishi, ya’ni ilm-fanning
zavod sektorini shakllantirishi to‘g‘risida dalolat beradi.
Ilmiy-texnik (innovatsion) ishlanmalar natijalari ularni
bajarishning tashkiliy shakllaridan qat’i nazar faqat ishlab
chiqarishdagina amalga oshadi, va asosan ularga yangiliklar
samaradorligi, tarqalishi sur’atlari va chegaralari bog‘liq. So‘nggi
yillarda
innovatsion
faoliyatning
korxonalarida
kengayishi
tendensiyasi sezilmoqda, bu esa ilmiy-texnik bo‘linmalar
tomonidan bajariladigan ishlar xarakteri va mazmunida ham,
korxonalarda
maxsus
laboratoriyalar,
byurolar,
tadqiqot
markazlari, marketing xizmatlarini yaratishda ham ifodasini
topmoqda. Yirik korxonalar doirasida yaratiladigan ichki venchur
bo‘linmalarni ham shular qatoriga kiradi. Bunday tendensiya
kuchayib, barqaror xarakter kasb etadi. Ushbu asosda umumiy
ilmiy tizimning tizimostisi bo‘lgan zavod ilm-fan sektori vujudga
kelib, shakllanmoqda.
Zavod ilm-fanini (zavod ilm-fan sektorini) korxonalarning
ilmiy-texnik bo‘linmalari (tadqiqot, konstruktorlik, tajribaviy,
texnologik va b.) majmui sifatida, ularning ilmiy salohiyati (undan
foydalanish darajasini hisobga olgan holda), ilmiy, ishlab
chiqarish-iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarni amalga oshiradigan,
umumiy maqsadlarda – samaradorlikni oshirish va yangiliklar
(birinchi navbatda oziq-ovqat yangiliklari)ni qo‘llashda birlashgan
boshqa tashkilotlar (ITI, KB, iste’molchilar) bilan aloqalari bilan
birgalikda xarakterlash mumkin. Zavod ilm-fani innovatsion
faoliyatning “tadqiqotlar – ishlab chiqarish” siklidagi amalga
oshirishning real shakli va hozirgi ishlab chiqarishdagi ijtimoiy
hodisa sifatida tashkiliy, moliyaviy va huquqiy jihatdan uning
maqomini belgilashni talab etadi. Zavod ilm-fan sektori
shakllanish va rivojlanish bosqichidadir. Zavod ilm-fan sektorining
388
umumilmiy tizim tarkibiy qismi sifatida tan olinishi innovatsion
jarayonni
boshqarishda
tashkiliy-boshqaruv
va
iqtisodiy
mazmundagi bir qator murakkab masalalarni qo‘yadi. Ularga
quyidagilar kiradi:
zavod ilm-fanining korxona va birlashmalar strukturasidagi
o‘rnini aniqlash;
uning
shakllanish
prinsiplarini
hududiy,
sohaviy
xususiyatlari va boshqarish usullarini hisobga olgan holda
belgilash;
o‘z istiqbolli ishlanmalari, chetdagi ITI va KB larining
yangiliklarini qo‘llash va joriy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish
o‘rtasidagi eng ratsional nisbatni (vaqt, moliyaviy xarajatlar va
kadrlar bandligi nuqtai nazaridan) tanlash;
ratsional tashkiliy tuzilmani shakllantirish;
zavod ilm-fani va uning ayrim tizimostilarining faoliyat
ko‘rsatishi samaradorligini baholash;
korxonalarda
innovatsion
faoliyat
rivojlanishi
sarf-
xarajatlarining asoslangan hisobi-kitobi.
Zavod
ilm-fanining
innovatsiyalarni
boshqarish
mexanizmining muhim bo‘g‘ini sifatidagi rivojlanishi nafaqat
ilmiy-ishlab chiqarish tizimlarga xos xususiyatlarni hisobga
olishga, balki uning shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlariga
ham bog‘liq. Bunday shart-sharoitlarga quyidagilar kirishi
mumkin:
ilm-fanning ishlab chiqarish va ijtimoiy funksiyalarini
kuchaytirish;
“ilm-fan – ishlab chiqarish” siklining ilmiy-texnik
faoliyatni tashkil etishning zavod shaklida tugallanganligi;
innovatsion ishlanmalarining ishlab chiqarish-iqtisodiy
tizimlar (korxonalar, birlashmalar, aksioner jamiyatlari, moliya-
sanoat guruhlari) ning umumiy strategiyasi bilan yaqindan
bog‘lanish zarurati;
ishlanmalar hajmi va ularning amaliy qo‘llanilishi,
tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish sur’atlarining
orqada qolishi o‘rtasida mos kelmaslik;
389
ITI va KB larda bajarilgan ishlanmalarning real ishlab
chiqarish sharoitlarini hisobga olishdan nisbatan uzib ketishi, bu
esa ko‘pincha ularni o‘zlashtirish jarayonini murakkablashtirib,
ommaviy keng tarqalishi muddatlarini cho‘zadi;
korxona
(birlashma)larning
uskuna,
qurilma
va
asboblaridan eksperimental va tajribaviy-ishlab chiqarish ishlari
uchun foydalanish imkoniyati;
ish bosqichlari o‘rtasida bog‘lanish va moslashish
davrining qisqarishi, yuridik xarakterdagi qiyinchiliklarining
bartaraf etilishi;
ishlanmalar natijalarini tatbiq etishning ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorligi
hisob-kitoblari
(mahsulot
sermehnatligini
kamaytirish, foyda o‘sishi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, moddiy
rag‘batlantirish,
ma’naviy-psixologik
muhitning
o‘zgarishi
shaklida);
ilmiy tashkilotlar bilan aloqalar, korxonalarning akademik
institutlar, soha ilmiy-texnik tashkilotlar va OTM ilm-fani bilan
hamkorlikni kengaytirish;
ilmiy-texnik xodimlari fe’l-atvorining o‘z ishlanmalarini
tatbiq etishdagi ko‘proq manfaatdorligida namoyon bo‘ladigan
ijtimoiy-psixologik motivlari rolining ortishi;
turli ijtimoiy guruhlarning zavod ilm-fani faoliyat
ko‘rsatishi sharoitida yaqinlashish imkoniyati, bu esa butun
jamiyat yanada birxillashuviga yordam beradi.
Zavod ilm-fani umumiy konsepsiyasi, uni boshqarish
usullarini uning faoliyat ko‘rsatishining ko‘p maqsadliligini,
ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan o‘zaro aloqalarini hisobga olgan
holda ishlab chiqish nihoyatda muhim. Bu esa zavod ilm-fani
doirasida ikki dinamik tizim – fan va ishlab chiqarishning
manfaatlari chatishib ketishi bilan murakkablashadi. Bunda
boshqaruv bo‘linmalarda innovatsion faoliyat natijalari, jarayoniga
yoki dastlabki ikkita yondashuvni birlashtiradigan aralash
yondashuvga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda
boshqaruv, barqaror, an’anaviy shakllangan, formal tashkiliy
tuzilmaga
ega
bo‘lib, asosan, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga,
390
ikkinchisida
– ijtimoiy-psixologik motivlarga, tadqiqotlar
rivojlanishining ichki mantiqiga, nufuzlilikka, uncha qattiq
bo‘lmagan ierarxik tuzilishi va tashkiliy jarayonlarni formal
tartibga solishga tayanadi. Bunda shunday qoidadan kelib chiqish
lozimki, zavod ilm-fani ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, texnik-
texnologik, ijtimoiy-psixologik funksiyalarni bajaradi. Ijtimoiy
ehtiyojlarni amalga oshirish uchun u ixtiyoridagi (mehnat, moddiy,
texnik, axborot va moliya) resurslardan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |