Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b


 Faol innovatsion-investitsion siyosat va bu borada



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

3. Faol innovatsion-investitsion siyosat va bu borada 
xorijiy davlatlar saboqlari 
Respublikamizda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish 
muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu sababli, O‘zbekiston 
Respublikasida Prezident SH.Mirziyoev boshchiligida faol 
innovatsion-investitsion siyosat olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda 
faol ichki investitsion salohiyatdan foydalanish bilan bir qatorda 
ilg‘or xorijiy mamlakatlar innovatsion faoliyatini o‘rganishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda faol innovatsion-
investitsion siyosat quyidagilarda o‘z aksini topgan:
-
“jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol 
investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotini barqaror 
o‘sishiga erishgan, shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot 
drayveri...” hisoblanadi;
-
“investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, 
hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali 
mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi”. Bu 


368 
mamlakatimiz iqtisodiyoti taraqqiyotining bosh strategik vazifasi 
hisoblanadi; 
-
“biz faqat investitsiyalarni jalb qilish, yangi ishlab chiqarish 
quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal 
rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa 
ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish 
imkonini yaratadi”; 
-
“xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun 
mamlakatimizning investitsiya salohiyatini to‘la namoyon etish 
choralarini ko‘rishimiz kerak. Biz iqtisodiyotimizga sarmoya 
kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar 
bo‘yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu 
masalada ijobiy natijaga erishish mumkin.”;
-
“... Tashqi ishlar vazirligi va uning chet eldagi 
vakolatxonalari ham o‘z ishini qayta ko‘rib chiqishlari lozim 
bo‘ladi. Bundan buyon bizning xorijdagi elchilarimizga ham talab 
o‘zgaradi. Ularning faoliyatiga birinchi navbatda investitsiyalarni 
jalb qilish bo‘yicha qanday ishlayotganiga hamda ana shu 
investitsiya miqdoriga qarab baho beriladi.”[3.3] 
-
“... biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatda aylantirishni 
maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-
ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz.”; 
-
“iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun 
faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur”. “2020 yilda 
o‘zlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar va kreditlar bo‘lishini alohida qayd 
etmoqchiman. Investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga 
soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, infratuzilma yaratish xarajatlarini 
qisman 
davlat 
tomonidan 
qoplash 
mexanizmlari 
joriy 
etilmoqda”[3.5] 
Jahon tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki davlat tomonidan 
qo‘llab quvvatlanuvchi innovatsion dasturlar rivojlanayotgan 
davlatlarni rivojlangan davlatlar qatoriga tezroq olib chiqishi 
mumkin. Sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimi va transport sohalariga 
innovatsiyalarni joriy etish rivojlanayotgan davlat fuqarolarining 


369 
turmush darajasini tezroq o‘sishiga olib keladi. Shu bilan birga 
innovatsiyalar xususiy, xorijiy va davlat korxonalari o‘rtasida 
raqobatning kuchayishiga, mehnat bozori egiluvchanligi oshishiga 
va axborot kommunikatsiya texnlogiyalari infratuzilmasining 
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Yuqoridagi ijobiy xususiyatlariga 
qaramay innovatsiyalarni boshqarish juda murakkab jarayon 
bo‘lib, ularning rivojlanishi va ta’sirini baholash ancha qiyin.
Afsuski ko‘pgina rivojlangan davlatlarda yaxshi ta’lim olgan 
aniq fanlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari ko‘p 
bo‘lsada, ular mahalliy tadbirkorlarning innovatsion faoliyatida 
deyarli qatnashmayapti. Yana bir xavotirli holat shuki, 
rivojlanayotgan davlatlar chet el investitsiyalarini jalb qilishga 
katta mablag‘ sarflagan bir paytda, mahalliy startaplarni 
rivojlantirishga kam e’tibor qaratilyapti. Ishchi kuchining 
migratsiyasi, ayniqsa, malakali ishchi kuchi ko‘chib kelishi 
mamlakatda innovatsion muhitning rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Umuman olganda innovatsion siyosat kichik va o‘rta 
korxonalarda innovatsiyalarni yaratilishini qo‘llab quvvatlashi 
kerak, buni biznes va davlat boshqaruvi tizimi o‘rtasidagi 
aloqalarni kuchaytirish orqali amalga oshirish mumkin. 
Innovatsiyalar mamlakatlarning mahalliy muammolarini hal 
qilishda eng maqbul yo‘l hisoblanib, ular eng yangi texnologiyalar 
asosida yaratilishi shart emas, balki berilgan muammolarni 
ijodkorona oddiy yechimidan iborat bo‘lishi mumkin.
Jahonning rivojlangan davlatlari har biri o‘ziga xos 
innovatsion siyosat olib borish evaziga yuqori mehnat unumdorligi 
va raqobatbardoshlik darajasiga erishib kelmoqda. Eng jadal 
rivojlanayotgan davlatlar orasida esa Xitoy va Hindiston ayniqsa 
oxirgi 10-15 yilda innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha 
sezilarli yutuqlarga erishdi. Jumladan Xitoyda yuqori texnologiyali 
sanoat 
klasterlarining 
yaratilishi 
telekommunikatsiya 
va 
elektronika 
sohasining 
jadal 
rivojlanishiga 
olib 
keldi.
Hindistonning dasturiy ta’minot yaratishga ixtisoslashuvi ham 
innovatsion siyosatning muvaffaqiyatli olib borilayotganidan 
dalolat beradi. Xitoy va Hindistonning yuqori texnologiyali 


370 
sanoatda o‘z o‘rnini egallab borishiga qaramasdan, ularning 
iqtisodiyotida ko‘pchilik kichik va o‘rtacha korxonalar innovatsion 
sohalar bilan hamkorlikdan uzilib qolgan.
Innovatsion-investitsion 
siyosat 
rivojlangan 
xorijiy 
davlatlarda ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ayniqsa, Yevropa 
ittifoqida 
faoliyat 
bo‘yicha AQSH va Yaponiya bilan 
raqobatlashadi va qo‘yidagi tadqiqot turlarini rivojlantirishni o‘z 
oldiga maqsad qilib qo‘yadi:

tabiiy fanlarni genetika fanlari bilan birgalikda;

sog‘liqni saqlash sohasida biotexnologiyalar; 

og‘ir kasalliklarni oldini olish; 

nanotexnologiyalar, “ko‘p funksiyali” aqlli texnologiyalar; 

aeronavtika 
va 
fazo, 
ekologik 
tizimning 
barqaror 
rivojlanishi; 

yechilmagan amaliy texnologik muammolar bo‘yicha 
xalqaro hamkorlikni kuchaytirish. 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish