Ko’kaldosh
madrasasi
Ko’kaldosh madrasasi - Buxoro shahridagi Labihovuz ansambliga kiruvchi
arxitektura yodgorliklaridan biri, 1568-1569 yillari qurilgan. Buxoro
amirining vaziri Qulbobo Ko’kaldosh qurdirgan ikki qavatli imorat.
Madrasada 160 ta hujra bo’lib, ularda nafaqat Buxoro amirligi, balki butun
O’rta Osiyo, Orenburg, Qozon, hatto Qrimdan kelgan talabalar tahsil
olganlar. Minoraning dekorativ gumbazlari noyob silliqlangan g’ishtdan
"o’rgimchak inisimon " qilib terilgan. Bu gumbazlarni Buxoro maktabi
uslubida ishlangan eng yaxshi monumental san’at namunalari, deyish
mumkin. Qulbobo Ko’kaldosh Amir Abdullaxon Shayboniy bilan birga sut
emishganligi uchun Ko’kaldosh, ya’ni ko’krakdosh deb atalgan.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |