6-mavzu: B2B bozorida marketing strategiyasini shakllantirish
Amaliy mashg‘ulot uchun reja-topshiriq:
6.1. В2В bozorida mahsulot portfelini shakllantirish.
6.2. “Mahsulot-bozor”, “O’sish-ulush” matrisalari asosida marketing strategiyalarini ishlab chiqish.
6.3. Marketing kompleksi elementlari doirasida tovar, narx, sotish va kommunikasiya strategiyalarini shakllantirish
AMALIY TOPSHIRIQLAR:
«DESK-INVEST» korxonasi: sotuv bozorini kengaytirish uchun marketing strategiyasini tanlash
«DESK-INVEST» O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasi respublikaning sanoat bozorida faoliyat ko‘rsatib, o‘z mahsulotlarini yirik va kichik korxonalarga ulgurji shaklda sotadi.
Hozirgi paytda bozor shunga o‘xshash tovarlar bilan to‘yingan bo‘lib, o‘z navbatida bu qurilish mahsulotlari markalari o‘rtasida raqobatning kuchayishiga olib keldi. Iste’molchilar bundan faqat yutadilar, chunki qurilish mahsulotlarining ochiqlik muammosi iste’molchi uchun jiddiy muammo hisoblanmaydi. Bugungi kunda kerakli mahsulotni sotib olish mumkin bo‘lgan joylar – bozorlar, qurilish do‘konlari, pavilonlar ko‘p bo‘lib, ular ko‘rib chiqilayotgan tovarlar assortimenti bilan aynan bir xil tovarlarni taklif qiladi.
Faoliyat ko‘rsatishining dastlabki yillarida «DESK-INVEST» korxonasi ixtisoslashuv (bozor «nisha»sida markazlashuv) strategiyasidan foydalandi. Korxona o‘z e’tiborini bitta segmentning ehtiyojlariga qaratib, butun bozorni qamrab olishga intilmadi ham. Hozirgi paytda «DESK-INVEST» korxonasida sotuvni kengaytirish uchun strategiyani qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ildi.
Topshiriq: «DESK-INVEST» korxonasida mavjud strategiyani tahlil qilish asosida sotuv bozorini kengaytirish bo‘yicha marketing strategiyasini tanlash va asoslab berish.
«DESK-INVEST» O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasi haqida axborot
1. Ob’ekt tavsifnomasi
Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «DESK-INVEST» O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish, tadbirkorlik, tijorat va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish maqsadida qatnashchilarning qo‘yilmalarini birlashtirishga asoslangan Ta’sis shartnomasi va Nizom asosida tashkil qilingan. Korxona ta’sischilari quyidagilar hisoblanadi:
Toshkent shahri hokimiyati investitsiyalar bosh boshqarmasi;
«Osiuo Gganit» mas’uliyati cheklangan jamiyati;
«Qurilishbutlashxizmat» mas’uliyati cheklangan jamiyati;
«DESK Magketing Service GmbH» firmasi;
AQSH fuqarosi.
Qatnashchilarning qo‘yilmalari hisobiga 1.300.000 AQSH dollari miqdorida Nizom jamg‘armasi shakllantirildi. Bunda har bir qatnashchining qo‘yilmasi quyidagi tarzda taqsimlangan (1-rasm):
«DESK-INVEST» korxonasining asosiy maqsadi egik profillar va metall cherepitsa ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurish va ishga tushirish, xo‘jalikka ilg‘or texnologiyalarni joriy qilishdan iborat.
Korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
egik profillar, metall cherepitsa va shunga o‘xshash boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish;
savdo-vositachilik faoliyati;
ishlab chiqarish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida man qilinmagan keng profildagi xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish va sotish;
ishlab chiqarishga ilmiy va istiqbolli lolyihalar, ilmiy-tadqiqotchilik ishlarining natijalarini joriy qilish.
1-rasm. Ta’sischilarning nizom kapitalidagi ulushi1
Do'stlaringiz bilan baham: |