OYP texnologiyasi asosiy prinsiplari (xususiyatlari). Texnologiyaning negizida uchta bosh tushunchalar yotadi.
Inkapsulyatsiya (Qobiqlash). Qobiqlash ma’lumotlar to’plamini va bu to’plamni qayta ishlashga mo’ljallangan algoritmlarni (qismprogrammalarni, ya’ni protsedura va funksiyalarni) birlashtirishdir. Natijada yangi tip- ob’ekt (object) paydo bo’ladi. OMP muhitida ma’lumotlarni ob’ekt maydonlari va qismprogrammalarni ob’ekt metodlari deymiz.
Qulayliklari:
Ob’ekt tashqi muhitdan mustaqil bo’ladi.
Ma’lumotlar va algoritmlarni modifikatsiya qilish (o’zgartirish) osonlashadi.
Ob’ektlar kutubxonasini yaratishga qulay sharoitlar paydo bo’ladi.
Vorislik (Meroslik, irsiylik- наследование). Tayyor ob’ektlar yordamida yangi ob’ektlar ketma- ketligini yaratish. Eski (bosh) ob’ektlarga ma’lumotlar tasvirlanishi va ularni qayta ishlash metodlari yangi ob’ektlarga “merosiy” (otadan- o’g’ilga- nevaraga) o’tishi. Ya’ni bosh ob’ektdagi maydonlar va metodlar avtomatik ravshda “otadan” “o’g’ilga” o’tadi, yangilari bilan kengaytiriladi yoki o’zgartiriladi.
Qulayliklari:
Ob’ekt xususiyatlarini o’zgartirish osonlashadi.
Masala qo’yilishida bosh (ota) ob’ektda mujassamlangan xususiyatlar keyinchalik yangi (o’g’il) ob’ektlarning xususiyatlari bilan kengaytiriladi.
Murakkab programmani qadamba- qadam ishlab chiqish sharoiti paydo bo’ladi.
Polimorfizm (umumiylik, o’rindoshlik). Polimorfizm deb- bitta bosh (ota) ob’ektdan paydo bo’lgan qarindosh ob’ektlarning o’xshash muammolarni turlicha (o’ziga xos) usullar yordamida yechishga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, tasvirlangan qismprogrammalar ob’ektlar ketma- ketligida ta’sir kuchiga ega bo’lib, har bir keyingi pog’onada (bosqichda) turgan ob’ekt o’zi ustida bu qismprogrammani o’zicha qo’llashi mumkin.
Qulayliklari:
Bosh ob’ektdagi metodlarda mavjud bo’lmagan xususiyatlarni keyingi pog’onadagi ob’ektlarda hosil qilish.
Yangi ob’ektga bosh ob’ektdagi metod nomi bilan metodni e’lon qilib unda yangi xossalarni kiritish.
Ikkita bir xil metod va turli xususiyatlarni loyihalash.
Virtuallashtirish (виртуализация), ya’ni nafaqat yangi (o’g’il) ob’ekt metodini bosh (ota) ob’ekt metodlariga murojaat qilinishini, balki teskarisi ham, ya’ni bosh ob’ekt metodlarini yangi ob’ekt metodlariga murojaat qilinishini tashkil qilish.
Texnologiya asoslarini qo’llash va talablarini qondirish uchun quyidagi masalaning yechimining ketma-ketligini tahlil qilamiz.
Masala: Ekranda turli grafik obrazlarni (nuqta, aylana, kvadrat, chiziq) hosil qilib ularni harakatini tashkil qiluvchi programma tuzilsin: Ekran holatini quyidagi chizmada ko’rasatish mumkin.
Programmada obrazlarni ko’chirishni namoyish etish uchun kursorni boshqaruvchi klavishalar: Home, End, PgUp, PgDn- dioganal bo’yicha harakat uchun, Tab- ko’chirish kerak bo’lgan obrazni tanlab olish uchun va Esc- programmadan chiqish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |