Birinchisi. Xususiy (shaxsiy) programmalar kutubxonasini yaratish va ularni boshqa programmalar tarkibida ishlatish.
Ikkinchisi. Modullardan tashkil topadigan programmalar hajmi juda katta bo’lishi mumkin.
Modulli texnalogiya asosida zamonaviy programmalash tizimlarining standart modullari kutubxonasi yaratilgan. Masalan, TPas, Borland Pascal tizimlar muhitida standart modullar Turbo.tpl (Turbo Pascal Library) kutubxonasida saqlanadi. Standart modullardan: System, Crt, Strings, Graph, Overlay juda ko`p ishlatiladi.
Shunga o’xshash programmalash tizimlarining ya’na bir qulayligi ob’ekt modullarini va yuklanadigan fayllarni hosil qilish hisoblanadi [5].
Do'stlaringiz bilan baham: |