Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika va magnetizm kafedrasi



Download 8,52 Mb.
bet85/138
Sana09.06.2022
Hajmi8,52 Mb.
#646925
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138
Bog'liq
2d863ee1fe8fe04036d0b25f02af0d26 МАЖМУАИ ДАСТУРИ ТАЪЛИМИ ОИД БА ФАННИ “УСЛУБИЯТИ ОМЎЗИШИ ФИЗИКА

O’F- O’qituvchi faoliyati
O’QF - O’quvchi faoliyati
DJ - Didaktik jarayon


Motivasion bosqich bu shaxs xatti-harakatini yuzaga keltiruvchi ichki harakatlantiruvchi kuch. Mativasiyani turli usullar bilan amalga oshirish mumkin. Masalan, muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali: suhbat, demonstrasiya va hokazolar. Mativasiya bosqichi o’quvchining bilish faoliyatiga kirib ketishini tezlashtiradi. O’qituvchi motivasiya elementlarini tanlaganda o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini hisobga olishi zarur. Tarixiy mavzular, texnik vositalar, tabiat va jamiyat hodisalari o’quvchilar qiziqishini vujudga keltirishga xizmat qiladi.
O’quv faoliyati: mo’ljalli (yo’naltiruvchi), bajaruvchi, nazorat qiluvchi va tuzatuvchi harakatlarni o’z ichiga oladi.
O’F=MH-BH+NH+TUZ
Bu harakatlarni o’quvchilar darslik yoki o’qituvchi yordamida bajaradi.
Tashkiliy shakllar o’qitish jarayonida amalga oshiriladigan tashqi щart-sharoitlar yig’indisi tushuniladi (O’TV qo’llash, ta’lim usulini tanlash, nazoratni o’tkazish usullarini aniqlash va hokazo.)
O’qituvchi –pedagogik texnologiyani loyihachisi va uni amalga oshiruvchi hisoblanadi. U :

    1. davlat byurtmasini bajaradi.

    2. ta’lim jarayonini boshqaradi.

    3. ta’limning samaradorligini oshirishga intiladi.

    4. Talabalar bilimini nazorat qilib boradi.

    5. Dars jarayoniga tuzatmalar kiritadi.



2.2. Maktab ma’ruzasini sistemali yondashuv usulida o’tishning didaktik ahamiyati.
Umumta’lim maktablarida fizikadan ma’ruza darslari ikkinchi bosqichda rejalashtirilgan. Bundan ko’zda tutilgan maqsad o’quvchilarga chuqur nazariy bilim berishdir. Chunki yuqori sinflarda o’quvchilarning onggi yetarli darajada rivojlangan, matematik tushunchalar yetarli o’zlashtirilgan bo’lib ular nazariy bilimni egallashga tayyor bo’ladilar.
O’quvchilarga ma’ruza darslarida chuqur va mukammal nazariy bilim berish uchun har bir mavzuga sistemali yondashuv usulini qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Quyida ma’ruza darslarida o’rganilayotgan fizik hodisalarning ayrimlariga doir sistemali yondashuv usulini qo’llash bilan tanishamiz.
Davlat test markazining (DTM) 2001yildagi axborotnomasida qayd etilishicha abituriyentlarning nisbiylik nazariyasiga doir savollarga bergan javoblari fizika bo’limlari orasida eng past ekan. Bu esa maktab o’quvchilarining nisbiylik nazariyasini o’zlashtirish darajasi past ekanligidan dalolat beradi. Misol sifatida mexanik harakat qilayotgan 2 ta avtobusni olaylik va ular harakatini sistemali tahlil asosida o’rganaylik (3 rasm).





Agarda bu jarayonni sistema deb qarasak, uning elementlari: 1-avtobus, 2-avtobus, inersial sanoq sistema va sistemaga ta’sir etuvchi kuchlar: avtobusning tortish kuchi-FT, og’irlik kuchi-P, ishqalanish kuchi-Fish, havoning qarshilik kuchi-Fh Yerning reaksiya kuchi-Nlar hisoblanadi va hokazolar (3-rasm).
Ushbu sistemaning sanab o’tilgan elementlari soni to’liq emas, biz ushbu misolda bir qator muhim bo’lmagan elementlarni e’tiborga olmadik, bular atmosfera bosimi, havo namligi, harorati, Yerning elektr va magnit maydonlari, avtobuslar harakatlanayotgan yo’lning holati (ho’l yoki quruqligi, Yer sharining noinersial sanoq sistema ekanligi, Yerning Quyosh atrofidagi va o’z o’qi atrofidagi aylanma harakati va h.k.).
Endi avtobuslarning nisbiy tezliklari to’g’risida to’xtaylik. Agar ikkala avtobus qarama-qarshi tomonga harakatlanayotgan bo’lsa ularning nisbiy tezliklari Galiley almashtirishlariga asosan qo’shiladi.
Vn=V1+V2.
Agar avtobuslar bir tomonga turlicha tezlik bilan harakatlanayotgan bo’lsa ularning nisbiy tezligi tezliklar ayirmasiga teng bo’ladi.
Vn=V1-V2. Relyativik hol uchun nisbiy tezlik munosabat orqali aniqlanadi.
Agar ikkalasi bir yo’nalishda bir xil tezlik bilan (V1=V2) harakatlanayotgan bo’lsa, ularnig nisbiy tezligi V=0 ga teng bo’ladi.
Harakatning nisbiyligi bilan kundalik turmushda ham, tabiat hodisalari va turli-tuman fizik jarayonlarda ham duch kelish mumkin. Ammo barcha hollar uchun umumiy bo’lgan nisbiylik prinsipi yotadi. Bu prinsipni to’g’ri tushunish va uning mohiyatiga yetish, barcha fizik hodisalar to’g’risida o’quvchilarda to’g’ri mulohaza yuritishga olib keladi. Agar mexanika bo’limida Galileyning nisbiylik prinsipi to’liq o’zlashtirilmasa keyinchalik Eynshteyn tomonidan kashf etilgan maxsus va umumiy nisbiylik nazariyasi (elektrodinamik hodisalar uchun) ham tushunarli bo’lmaydi. Shu sababli mexanik harakatning nisbiylik prinsipini sistemali yondashuv usuli yordamida keng va har tomonlama chuqur o’rganish zarurati tug’iladi. Bu usul bilan maktab ma’ruzasini, suhbat darslarini ham olib borish mumkin. Yana bir misol: Mexanikaning kinematika bo’limi moddiy nuqta modeli asosida o’rganiladi, ya’ni mexanik harakat qilayotgan jismning o’lchami qaralayotgan sharoitda e’tiborga olinmaydi. Bu metodik jihatdan to’g’rimikan? O’quvchini real sharoitdan chetlatish emasmi, o’quvchilarda mavhum tushunchalar yuzaga kelmasmikan degan savol tug’iladi. Bu albatta haqli e’tiroz, ammo moddiy nuqta modelini kiritmasak, ba’zi massalalarni o’rganishda bir qator chalkashliklar kelib chiqadi.
Chunki moddiy nuqta tushunchasi elektr bo’limida (nuqtaviy zaryad) ham, butun olam tortilish qonuning o’tganda ham qo’llaniladi. Shuningdek moddiy nuqta tushunchasi makroskopik jismlardan tashqari mikro olamda (atom va yadro) kechadigan jarayonlarda ham qo’llaniladi.
Masalan, yadro o’lchami 10-13 sm bo’lsa, undan birinchi Bor orbitasida joylashgan elektrongacha bo’lgan masofa r-0,510-8cm, demak ushbu sharoitda ham yadro va elektronlarni moddiy nuqta deb qarash mumkin.
Demak, har bir fizik hodisa yoki kattaliklarni sistemali yondashuv orqali o’rganish olam tuzilish to’g’risida o’quvchilarga chuqur va mukammal bilim berishga erishiladi. Fizikadan og’zaki dars turlarida sistemali yondashuv usuli orqali o’quvchilar bilimini bir sistemaga keltirish, mavzuga qiziqishini va darsning samaradorligini oshirishga erishish mumkin. Ikkinchidan sistemali yondashuv usuli yordamida o’quvchilarda mustaqil fikrlash, har bir masalaga ijodiy yondashuv kabi ko’nikma va malakani shakllantirishga ham erishiladi.


2.3. Yakuniy va takrorlash darslarini sistemali yondashuv usulida o’tish.


Fizika fanining har bir mavzusi va bo’limi o’tilgach yakuniy va takrorlash darslari o’tkaziladi. Bu darsdan quyidagi didaktik maqsadlar ko’zda tutiladi. Bilimning chuqurligi va mustahkamligining zaruriy sharti o’zlashtirilgan mavzularni sistemaga keltirish hisoblanadi. Misol tariqasida mexanika bo’limini o’tayotganda tabiat kuchlari temasi bo’yicha yakuniy darsni o’tishni qarab chiqaylik. Mexanika bo’limida tabiat kuchlarining uch turi o’rganiladi. Bular 1) Gravitasiya kuchi, 2) Elastiklik kuchi, 3) Ishqalanish kuchi. Gravitasiya kuchini sistemali yondashuv usuli yordamida tahlil qilamiz. Butun olam tortilish qonuniga asosan jismlar orasida tortilish kuchi jismlar massalalarining ko’paytmasiga to’g’ri proporsional bo’lib, ularning massa markazlari orasidagi masofa kvadratiga teskari proporsional.
1) 2) 3) 4)
5) 6)
Bunda: M-Yer massasi, m-jismlar massasi. R-Yer radiusi. Agar jism Yer sirtidan h balandlikda joylashgan bo’lsa, gravitasiya o’zaro tortishish kuchi (2) munosabat orqali aniqlanadi. Jismlarning og’irligi va og’irlik kuchi P=mg orqali ifodalanadi. (3). Unga mos holda erkin tushishi tezlanishi g ham kamayib boradi (4). Ko’pchilik hollarda jismlar og’irligi va unga ta’sir etuvchi og’irlik kuchi bir xil fizik kattalik deb talqin etiladi. Natijada o’quvchilarda vaznsizlik holati to’g’risida noto’g’ri tasavvur hosil bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun og’irlik bilan og’irlik kuchi turli xil fizik kattaliklar ekanligini tushuntirish lozim. Jismning og’irligi deb, uning tayanchga yoki osmaga ko’rsatayotgan ta’siriga tushunamiz.


(4a-rasm). Og’irlik kuchi Yerning garavitasiya maydoni tomonidan jismning o’ziga, anig’rog’i uning og’irlik markaziga qo’yilgan bo’ladi. (4b-rasm). Agar jism turgan tayanch yoki osma a tezlanish bilan pastga yoki yuqoriga harakatlansa jism og’irligi (6) munosabat orqali aniqlanadi. Agar jism turgan tayanch a=g tezlanish bilan pastga harakatlansa uning og’irligi (P=0) nolga teng bo’ladi. (vaznsizlik yuz beradi). Ammo og’irlik kuchi nolga teng emas! Jismga ta’sir etayotgan og’irlik kuchi nolga teng bo’lishi mumkin, qachonki u Yerning tortish doirasidan butunlay chiqib ketsa. Vaznsizlik holatida jismning og’irligi nolga teng bo’lsa, ham og’irlik kuchini ta’siri saqlanib qoladi.


Jismlar og’irligi va og’irlik kuchini to’liq yoritib berish uchun Yer sharining o’z o’qi atrofida sutkalik aylanma harakati natijasida inersiya kuchini ta’sirini ham hisobga olish zarur. Buning natijasida jismlarga ta’sir etuvchi og’irlik kuchi va ularning og’irligi Yer sharining qutblarida va ekvatorda turlicha bo’ladi. Bu farq unchalik katta bo’lmaganligi uchun ko’pchilik hollarda uni e’tiborga olmaslik mumkin.
Xulosa qilib aytganda, sistemali yondashuv usuli orqali fizik jarayonlar tug’risida to’liq va mukammal bilim berishga erishiladi. Mustahkam bilimga ega o’quvchi mustaqqil fikrlay oladi va har bir masalaga ijodiy yondashadi.



Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish