3. O‘simliklar olamini muhofaza qilish.
Asrimizning eng muhim muammolaridan biri tabiatni, shu jumladan o‘simliklar olamini
muhofaza qilishdan iborat. Chunki kishilar o‘simliklardan haddan tashqari ko‘p foydalanib,
uning tabiiy qiyofasini o‘zgartirib, asrlar davomida tashkil topgan biogeosenozga (yunon. bios-
hayot, seynoz-umumiy), ya’ni bir xil tabiiy sharoitda tarqalgan va bir-biriga moslashgan tirik
organizmlar uyushmasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 40-50 yil mobaynida inson ayrim tabiat
tarkibiy qismlarining chunonchi, tuproqlar, o‘simliklar, atmosfera havosi va suvlargina emas,
balki butun-butun nohiyalarning qiyofasini tupdan o‘zgartirib yubordi. Bu jarayon hamon davom
etmoqda. Yer yuzida tabiiy landshaftlar manzaralar o‘rnini inson ta’sirida o‘zgargan yangi
tipdagi manzara – a n t r o p o g e n landshaflar tobora ko’proq egallab bormoqda. Bunga
o‘rmonlar, qo‘riq va bu yerlar o‘zlashtirilishi natijasida vujdudga kelgan ekinlar, shahar va
qishloqlar misol bo‘la oladi.
Sanoat tarmoqlari va qishloq xo‘jaligining tez sur’atlar bilan rivojlantirib borishi va tabiiy
maydonlarning keng miqyosida o‘zlashtirilishi ekologik muvozanatni o‘zlashtirishga olib
kelmoqda, natijada o‘simlik va hayvon turlarining kamayib ketish xavfi tug‘ilmoqda. O‘simlik
turlarining ko‘plab yo‘qolib ketishi o‘simlik olamidagi genofondning kamayishiga sabab bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda insonning bevosita ta’siri ostida Yer yuzining turli qismlarida
o‘simliklarning ko‘p turlari noyob bo‘lib qolgan yoki yo‘qolib borayapti. Masalan, Italiyada 129
tur, Polshada 134, Chexoslovakiyada 108, Gresiyada 72 tur, Isroilda 34 tur o‘simlik noyob bo‘lib
qolgan yoki yo‘qolish arafasida turibdi.
XX asrning etmishinchi yillarida Sobiq Sovet ittifoqidagi noyob, endem va relekt o‘simlik
turlarini z ichiga oluvchi «Qizil kitob» chop etildi. Unda 2500 dan ortiq o‘simlik «Qizil kitob»
ga kiritilgan.
O‘zbekiston territoriyasida 4 mingdan ortiq yovvoyi o‘simlik turlari mavjud.
2006 yilda chiqqan «Qizil kitob» da 400 dan ortiq muhofazaga muhtoj bo‘lgan o‘simlik
turlaridan yo‘q olib ketish hafi ostida 163 tur o‘simlik ko‘rsatilgan. Bularga manzarali
o‘simliklardan lolalarning 26 turi (Butkov, Buve, Greyg, Kaufman, Korotkova va boshqalar),
sallagullar, Ulug‘bek skabirozasi, dorivor o‘simlik-lagoxilus, ko‘kaparang, bozulbang), oziq -
ovqat o‘simligi-anzur piyoz va boshqalar misol bo‘la oladi.
Noyob va yo‘qolib borayotgan (endem va relikt) o‘simlik turlarini saqlab qolish va
ko‘paytirish maqsadida MXM 100 dan ortiq qo‘riqxona mavjud bo‘lib, ularda noyob va yo‘qolib
ketayotgan o‘simliklarning 30% da muhofaza qilinadi. O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Zomin
milliy bog‘i tog‘o‘rmon qo‘riqhonasida O‘rta Osiyoda o‘sadigan Zarafshon yoki qora archa, savr
archa, Turkiston archasi va yana bir qancha o‘simliklar muhofaza qilinmoqda. Samarqand shahar
43
atrofidagi Zarafshon qo‘riqxonasida to‘qayzorlar va ulardagi qimmatbaho daraxtlar, butalar
qo‘riqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |