1. Mevalarning umumiy ta’rifi.
Meva – yopiq urug‘li o‘simliklaring xarakterli organlaridan biri hisoblanadi. Meva
urug‘lanishdan keyin gulda ro‘y beradigan o‘zgarishlardan so‘ng yuzaga keladi. Mevalar
urug‘ning yetilishiga, himoya qilishiga, tarqalishiga xizmat qiladi. Shu sababdan ularning
tuzilishi va morfologik ko‘rinishi juda xilma-xildir.
Meva – gulli o‘simliklar taraqqiyotining eng oxirgi davri bo‘lib, ko‘payish organi
vazifasini bajaradi.
Mevalarni aniqlashda ulardagi ba’zi belgilar chunonchi: meva po‘sti p e r i k a r p iy
(yunon. peri-atrofida; karpos meva) ning tuzilishi, mevaning ochilishi yoki to‘kilishi hamda
mevani tarqalishi e’tiborga olinadi.
Meva po‘sti p e r i k a r p i y – mevaning ustki qavati bo‘lib, tuguncha yoni hamda gulning
boshqa organlarini qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘ladi. Perikarpiy ustida har xil o‘simtalar: tikan,
qanotchalar, tukchalar bo‘lib, mevalarni tarqalishiga imkon yaratadi. Meva po‘sti uch qavatdan
iborat: tashqi qavat ekzokarpiy (yunon. ekzo-tashqi, karpo-meva), ichki qismi endokarpiy
(yunon. ekzo-ichki) va ularni orasida turadigan o‘rta qism mezokarpiy (yunon. mezos-o‘rta) dan
iborat. Mevalarning tuzilishidagi bu qatlamlarni hamma vaqt ham bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Ularni ko‘pincha danak shaklidagi mevalarda ko‘rish mumkin. Masalan, danaklarda tashqi
yupqa – ekzokarpiy, mevani yoyish mumkin bo‘lgan etdor mezokarpiy va yog‘ochsimon qattiq
(danak) – endokarpiydan tashkil topgan. Haqiqiy yoki rezavor – donsiz yumshoq, shirali
mevalarda bu qatlamni ajratib bo‘lmaydi.
Mevalarni morfologik xususiyatiga qarab ularni ikkita katta sun’iy sistemaga (ho‘l sersuv)
va quruq mevalarga ajratish mumkin. Ular ochiladigan (bargcha, dukkak, qo‘zoq va qo‘zoqcha,
ko‘sak (chanoq) va ochilmaydigan quruq mevalar. Ochilmaydigan quruq mevalarda faqat bitta
urug‘ bor (yong‘oq yoki yong‘oqchalar, o‘rmon yong‘og‘i, pista, doncha va boshqalar).
Mevalarni tabiiy sistemaga solishda ularni qanday ginetseydan hosil bo‘lganligini e’tiborga
olib morfologik jihatdan apokarp, sinokarp, parakarp va lizokarp guruhlarga ajratish
mumkin. Apokarp mevalar: ko‘p mevali va bir mevalilarga; sinkarp mevalar ustki va ostki
142
tugunchalilarga bo‘linadi. Bundan tashqari mevalarni ochilishi xususiyatiga va tarqalishiga qarab
ham sistemaga ajratiladi.
A p o k a r p m e v a l a r (yunon. apo-aks, inkor; karpos- meva) – tutashmagan meva yoki
murakkab meva, ya’ni yuqori gul tugunchasidan hosil bo‘ladigan bir necha urug‘chi barglardan
tashkil topgan meva a p o k a r p meva deb ataladi. Bunday xildagi mevalar ko‘pmevalilarga xos
belgi bo‘lib, ayiqtovondoshlar, magnoliyadoshldar, ra’nodoshlar, burchoqdoshlar oila vakillarida
uchraydi.
Ko‘pincha urug‘chi barglar bir-biri bilan tutashib murakkab bargli mevalarni hosil qiladi
(magnoliya, pion). Evolyutsiya jarayonida ko‘pbargchali murakkab mevalardan urug‘chi
barglarni reduksiyalanishidan b a r g ch a kelib chiqqan.
Bitta urug‘chi bargdan hosil bo‘lgan bir chanoqli meva bargcha, bargak yoki monokarp
meva deb ataladi. Bunday mevalar kelib chiqishi jihatidan juda ham sodda (primitiv)
hisoblanadi.
Bargakning maxsus moslanishidan bitta meva bargchaga ega bo‘lgan bir onali quruq meva
– dukkak kelib chiqqan. Dukkak ochilishi xususiyati bilan bargchadan farq qiladi. Dukkakning
ochilishi tepadan tagigacha ikki tomondan, qorni va orqa chokidan yorilib ochiladi. Bunday
meva xili burchoqdoshlar, sezalpindoshlar, mimozadoshlara xos belgidir.
Nihoyat, barchadan mezokarpning sukkulentlanish (lot. sukkus-shira, sukkulentus- shirali),
endokarpni yog‘ochlanishi va urug‘larni kamayishi natijasida d a n a k l i mevalar kelib chiqqan.
Danakli mevalarning aksariyati bir xonali, bir urug‘lidir (olcha, gilos, qaroli, o‘rik, bodom), ko‘p
danaklilarga do‘lana, ituzum misol bo‘la oladi. Danakli mevalar ustki tugunchadan yuzaga
keladi. Bir uyali danakli mevalarni yoki qattiq yog‘ochsimon, meva ichi (danagi) ko‘pincha
sersuv (olxo‘ri, olcha, o‘rik, shaftoli) yoki quruq (bodom, yong‘oq ) tolasimon (kakos palmasi)
va boshqalar.
Ko‘p uyali danakli murakab mevalar atirguldoshlar oilasining (malina, jujagat,
maymunjon, parmachak) vakillarida uchraydi. Bularni shirador danakchali mevasi gul o‘rnida
hosil bo‘ladi. Har qaysi danakcha etli shirador mezokarp va toshg o‘xshash qattiq endokarpdan
iborat bo‘lib, uni ichida faqat bitta urug‘ joylashadi. Maymunjonni mevasi pishgandan keyin
qavarib chiqqan gul o‘rnidan osongina ajraladi, jujag‘atning esa gul o‘rni bilan uziladi.
S i n k a r p m e v a l a r (yunon. sin-birgalikda, karpos-meva)-eng ko‘p uchraydigan
mevalar guruhidan hisoblanadi. Morfologik jihatidan sinkarp mevalar (ko‘sak yoki chanoq,
bo‘linadigan (merikarpiy), ochiladigan, senobiy, qo‘zoq va qo‘zoqcha, qanotli, rezavor yoki
yumshoq meva) va boshqa ko‘pgina xillardan iborat.
Ko‘sak yoki chanoq ko‘p urug‘li meva. Ular ikkita, undan ko‘p meva bargchalardan tashkil
topadi. Bir yoki ko‘p uyali bo‘ladi. Bunday mevalar loladoshlar, sigirquyruqdoshlar,
ituzumdoshlar, zubturumdoshlar, chinniguldoshlar, toldoshlar, binafshadoshlar, ko‘knordoshlar,
qo‘ng‘iroqdoshlar, pashmakdoshlar va boshqa bir necha oilalarda uchraydi. Ularni ochilish
xususiyati bir xil bo‘ladi; chunonchi, qalpoqchalar (mingdevona, semizo‘t, zubturum va
boshqalarda) teshikchalar (ko‘knor, qo‘ng‘iroq gulda) tepa tishchalar (chinnigul,
navro‘zgullarda), usti uchidan pastki uchigacha uzunasiga o‘tadigan yoriqchalar (bangidevona,
orxisdoshlar, binafsha, piyozdoshlar va boshqalar) vositasi bilan ochiladi.
Bo‘linadigan mevalar – (merikarpiy yunon. meris-bo‘lakcha, parcha; karpos-meva) – ikki
yoki ko‘p uyali ostki va o‘rta tugunchadan hosil bo‘ladi va yetilgandan keyin ikki yoki bir necha
bo‘laklarga bo‘linadi. Masalan, tugmachagul, gulxayri, ziradoshlar, yalpizdoshlar va boshqalarda
bo‘ladi.
Merikarpiy mevalar orasida bir urug‘li ayrim bo‘g‘imlarga bo‘linib ochiladigan mevalar
ziradoshlar oilasining ko‘pchilik vakillarida uchraydi. Nihoyat merikarpiy mevalarni yana bir xili
yalpizdoshlar, kampirchopondoshlar oilalarining vakillarida uchraydi. Bunday mevalar senobiy
deb ataladi. Senobiy ustki tugunchadan hosil bo‘ladi, uning ikkita meva barglari uzunasiga va
ko‘ndalangiga bo‘lingandan keyin to‘rt bo‘lakli meva rivojlanadi. Har bir bo‘lak mevada bitta
urug‘ bo‘ladi (masalan, lagoxilus – ko‘kparang, rayhon va boshqalarda).
143
Yong‘oqcha (kichik meva) – ustki tugunchadan hosil bo‘ladigan bir urug‘li quruq mevalar
kiradi. Ularning qobig‘i yog‘ochlangan po‘st bilan o‘ralgan (ayiqtavon, esparset) mevalari misol
bo‘ladi.
Q a n o t ch a l i m e v a – merikarpiy xildagi mevalarni bir turi. Bunday mevalarni yonida
po‘tsimon yoki pardasimon yassi ortig‘i bo‘ladi (zarang, qayrag‘och, shumtol va boshqalarda).
Q o‘ z o q v a q o‘ z o q ch a - ikki uyali sinkarp meva bo‘lib, tushib ketadigan ikkita
qalpoqchaga o‘xshab pastdan tepasigacha yoriladi, qalpoqchalarni orasidagi to‘siqda urug‘lar
bo‘ladi. Meva bo‘yi enidan to‘rt barobar ortiq bo‘lsa qo‘zoq, undan kam bo‘lsa qo‘zoqcha deb
ataladi, ba’zan qo‘zoq bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin. Bu xildagi mevalar butguldoshlar oilasining
vakillariga xos belgidir.
R e z a v o r yoki yu m sh o q meva - bu xildagi mevalar ustki yoki ostki tugunchadan
yuzaga keladi, mevachi barglar soni ham har xil o‘sadigan ananas hamda non daraxti
(Artocarpus) mevalar misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |