56
bemorni ma’lum bir vaqtgacha odatdagidek ovqatlana olmaydigan holga qo’yish
mumkin. Operatsiya jarohati infeksiya uchun «kirish darvozasi» bo’lib qolishi
mumkin. Operatsiya bemor organizmidagi surunkali infeksiyani qo’zib
qolishiga
sabab bo’la oladi.
Kasal jarrohlik bo’limiga yotqizilgandan operatsiya oldi davri boshlanadi. Bu
davr ichida tibbiyot xodimlarining xarakati operatsiya xavfini kamaytirish, uning
asoratlarini oldini olishga qaratilgan. Buning uchun bola organizmining turli a’zo va
tuzumlarining funksional holati tekshiriladi va operatsiyaga tayyorlanadi. Tayyorlash
tadbirlari umumiy, hamma operatsiyalar oldidan bajariladigan va maxsus faqat ayrim
operatsiyalar oldidan bajariladigan bo’ladi.
Umumiy tadbirlar quyidagilardan iborat. Jarrohlikka oid kasallardan chov va
kindik churrasi, moyak pardasining istiskosi, kriptorxizm (moyakning xaltasiga
tushmasligi), katta bo’lmagan bezarar o’simtalar singarilarga
chalingan bemorlar
kerakli tekshiruvlardan poliklinikada o’tib, natijalarini shifoxona qabul bo’limidagi
jarrohga ko’rsatadilar va ko’rsatkichlar yaxshi bo’lsa, operatsiya uchun jarrohlik
bo’limiga yotqiziladilar. Shu kuni kechasi va ertasiga ertalab bemorga tozalagich
huqna qilinadi, shundan keyin bola operatsiyaga tayyor deb hisoblanadi,
buyrak va
siydik yo’llari, qorin bo’shlig’i va ko’krak qafasi a’zolarida qilinadigan katta va
shikastli ta’siri kuchli bo’lgan operatsiyalardan oldin kasallikni aniqlovchi maxsus
tekshiruvlardan tashqari bola organizmining hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy
vazifalari tekshiriladi. Shu ma’noda jigar va buyraklarning ishlash qobiliyatini,
qonning tarkibiy qismi va
davrada aylanuvchi hajmlarini, qonning suyuq qismi va
qizil qon tanachalaridagi asosiy elektrolitlarning miqdorini, azot tengligini hamda
bezlar moddalarining miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Operatsiyalardan oldin shartli ravishda bajariladigan asosiy tekshiruvlarga
bemorning bo’yi va og’irligini o’lchash,
qon bosimini aniqlash, qon va siydikni
umumiy tahlili, qon turkumi va rezus holatini aniqlash, ko’krak qafasi a’zolarini
rentgen nurlarida ko’rish, qon oqish muddati va qon ivish vaqtini aniqlash kiradi.
Tekshiruvlar natijasi nazoratiga tayangan holda, bemorga tegishli davolash
chora-tadbirlari tayinlanadi. Masalan:
maqsadga muvofiq parxez, qon va boshqa
suyuqliklarni quyish, vitaminlar va organizmga quvvat bag’ishlovchi boshqa dori-
darmonlarni buyurish. Tayinlangan tadbirlarni ijobiy natijalariga qarab rejali
operatsiyaga tayyorlash vaqti belgilanadi. Mazkur vaqt ichida bolani operatsiyaga
ruhan tayyorlash katta ahamiyatga ega. Shu borada tibbiy
hamshiraning bemorlar
bilan bo’lgan munosabati va muomalasi hal qiluvchi omillardan biri desak
adashmaymiz.
Operatsiyadan qo’rqib hayajonlanuvchi bolalar qayta-qayta tibbiy xodimlarga
murojaat qilib: «Operatsiya vaqtida og’riqni sezamanmi?, qachon meni operatsiya
57
qilasizlar?» kabi savollar beradilar. Odatda bunday bolalar og’riqga bardosh bera
olmaydigan bo’lib, operatsiyadan keyingi davrda ancha qiynaladilar. Shuning uchun
bunday bemorlarni operatsiyaga tayyorlashda alohida choralar (tinchlantiruvchi
dorilar, ota-onalar bilan birgalikda o’tkaziladigen suhbatlar) ko’rilishi lozim. Bolaga
bo’lajak operatsiya hakida aytish yoki aytmaslikni har gal alohida hal etish kerak.
Masalan, es-hushi joyida va ulkan maktab o’quvchilariga hamma gapni tushuntirish
kerak, chunki ayrim belgilarga ko’ra (huqna, parxez) ular operatsiya vaqtini o’zlari
ham payqab oladilar. Kichik yoshdagi bolalarga esa
odatda tinchlantirish uchun
«Xonaga kiritib, qorinchangni chiroyli chiroq bilan isitamiz», deyiladi.
Rejali ravishda qilinadigan operatsiyalarga bolalarni tayyorlash kasallikning
turiga va bemorning yoshiga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: