Psixologiyaning asosiy metodlari:
ASOSIY METODLAR
|
Asosiy metodlarning variantlari
|
KUZATISH METODI
|
Tashqi (ob’yektiv kuzatish)
Ichki (sub’yektiv, o‘z-o‘zini kuzatish)
Erkin kuzatuv
Standartlashtirilgan Guruh ichida kuzatish Guruh tashqarisida kuzatish
|
SO‘ROQ METODI
|
Og‘zaki so‘rov
Yozma so‘rov
Erkin so‘rov (suhbat)
Standartlashtirilgan so‘rov
|
TESTLAR METODI
|
Test-so‘rov
Test-topshiriq
Proyektiv test
Sotsiometrik test
|
EKSPERIMENT METODI
|
Tabiiy eksperiment
Laboratoriya eksperimenti
|
MODELLASHTIRISH METODI
|
Matematik modellashtirish
Mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish
Kibemetik modellashtirish
|
Tabiiy kuzatish. Tabiiy kuzatuvlar changalzordagi shimpanze maymunlarini kuzatishdan boshlanib, turli mamlakatlarda ko‘zga tashlanmaydigan ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar, keyinroq muntazam ravishda tahlil qilinadigan mavzular, maktabda ovqatlanish xonasidagi irqiy farqlarni yozish bilan xulosa qilinadi. Holatni o‘rganish va ko‘zdan kechirish usullari kabi tabiiy kuzatuv ham insonning fe’lini o‘rganadi. Tabiiy kuzatuvlar inson xarakterini ochib berishga xizmat qiladi. Quyida sizlarga qiziq bo‘lgan bir nechta holatlarni havola etamiz: Qiziqarli topilma. Biz yolg‘iz qolganimizdan ko‘ra, 30 marta ko‘proq odamlar orasida kulamiz. E’tibor berganmisiz, odam yolg‘iz bo‘lsa kam kuladi. Kulganimizda 17 ta og‘iz muskuli ishlaydi, ko‘zimiz qisqaradi, o‘zimizdan 75 millisekund unli tovushlar chiqaramiz.
So‘rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo‘yilgan savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo‘ladi.
Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o‘rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko‘pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyatsion analiz qilish orqali ishonchliligini tekshirish mumkin bo‘ladi.
Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi, o‘rganiladi, ta’sir ko‘rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy eksperiment o‘sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kanikulda yozgi lagerda, litsey auditoriyasida va shunga o‘xshash) maqsadli tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |