Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati.
1. G‘oziyev E.G’. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2010.
2. G‘oziyev E.G’ Ontogenez psixologiya. Toshkent.”Noshir” nashriyoti 2010.
3. David G. Mayers. Psychology, USA 2010
4.Nemov R.S. Psixologiya.Kniga 1.2. Psixologiya obrazovaniya. “Vlados”.M.:2007
5.A.Shamshetova, R.H.Meliboyeva, X.Usmanova, I.Haydarov. Umumiy psixologiya. T. 2018
SHAXSNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. TEMPERAMENT. XARAKTER. QOBILIYAT.
Jamiyat hayotida tinimsiz o‘zgarishlar natijasida psixologiyaning bir qancha tarmoqlari yuzaga keldi. Psixologiya fanining muhim sohalaridan biri shaxs psixologiyasidir. Bu tarmoq shaxsning individual xususiyatlari-xarakteri, temperamenti,qobiliyati, xulq-atvorining yetakchi omillari, kasb-hunarga moyilligini o‘rganadi. Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo munosabat mahsuli, ongli faoliyatning sub’yekti bo‘lmish individdir. Shaxsga taalluqli bo‘lgan eng muhim xususiyatlari uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlariga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’yekt, ham sub’yekt bo‘lishidir. Demak, shaxs tashqi ijtimoiy ta’sirlarni o‘z ongi va idroki bilan qabul qilib, so‘ngra shu ta’sirlarning sub’yekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Shaxs individualligi deganda, nima tushuniladi? Individuallik – sub’yektiv va ijtimoiy mohiyatini ifodalashdagi o‘ziga xos xususiyat bo‘lib - temperament, xarakter, qobiliyat, iste’dod va geniylik sifatlariga bo‘linadi. Har bir inson takrorlanmasdir, shuning uchun har bir inson o‘z sifat va xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Masalan, bir xil temperamentli insonlarda ularning qobiliyatlari turlicha va xarakterlari har xil bo‘lishi mumkin. Psixologiya fani tarixida temperament haqidagi ta’limotni birinchi bo‘lib qadimgi grek olimi Gippokrat (e.a.460-356-y.) yaratdi. Gippokrat temperamentning mohiyati va temperament tiplarining nomlarini asoslashga harakat qilib, o‘tkazgan tadqiqotlari asosida temperamentga xos xususiyatlami tizimga solib, quyidagi turlarga ajratgan: xolerik, melanxolik, flegmatik, sangvinik. Ularning har biriga xos bo‘lgan xususiyatlarni alohida-alohida tavsiflab bergan. Gretsiya faylasuflari to‘rt element-havo, suv, olov va tuproq elementlariga muvofiq keladigan sifatlar: issiqlik, sovuqlik, quruqlik va namlik sifatlari to‘g‘risidagi gipotezalarga asoslangan holda, ular inson a’zosida bu elementlarga to‘g‘ri keladigan to‘rtta asosiy suyuqlik bor, deb hisoblaydilar.
Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo munosabat mahsuli, ongli faoliyatning sub’yekti bo‘lmish individdir. Shaxsga taalluqli bo‘lgan eng muhim xususiyatlari uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlariga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’yekt, ham sub’yekt bo‘lishidir. Demak, shaxs tashqi ijtimoiy ta’sirlarni o‘z ongi va idroki bilan qabul qilib, so‘ngra shu ta’sirlarning sub’yekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Shaxs individualligi deganda, nima tushuniladi? Individuallik - shaxsning sub’yektiv va ijtimoiy mohiyatini ifodalashdagi o‘ziga xos xususiyat bo‘lib - temperament, xarakter, qobiliyat, iste’dod va geniylik sifatlariga bo‘linadi. Har bir inson takrorlanmasdir, shuning uchun har bir inson o‘z sifat va xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Masalan, bir xil temperamentli insonlarda ularning qobiliyatlari turlicha va xarakterlari har xil bo‘lishi mumkin.
Temperament tiplarining nomlari ham ana shu suyuqlik nomlari bilan bog‘liq. Masalan, xolerik grekcha “xole” so‘zidan olingan bo‘lib - o‘t, sangvinik grekcha “sanguis” so‘zidan olingan bo‘lib - qon, melanxolik grekcha “melanxole” so‘zidan olingan bo‘lib –qora o‘t, flegmatik grekcha “plegma” so‘zidan olingan bo‘lib - shilimshiq modda degan ma’nolami bildiradi. Gippokrat ta’limotiga ko‘ra, har qaysi odamda yuqoridagi to‘rt xil suyuqlikdan biri ko‘proq bo‘lib, inson a’zosida ustun turadi.Temperament -inson shaxsining alohida xususiyati bo‘lib, shaxsning emotsional qo‘zg‘aluvchanligi, psixik faoliyat tezligi, histuyg‘ularning ifodalanishi, muloqotga kirishuvchanlikni ifodalovchi, nisbatan barqaror tug‘ma xususiyat hisoblanadi. Har bir insonda temperamentning o‘z tipi, uning asosida yotgan asab tizimi xususiyatlari juda barqaror bo‘ladi. Insonning temperamenti haqidagi tasavvur odatda shu shaxs uchun xos bo‘lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi. Oliy asab faoliyatining temperament turlari xususiyati haqida quyidagicha ta’riflar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |