Sezgining psixofiziologik asoslari. Sezgi tirik organizmlarning biologik yashash shartlaridan sanalgan ichki mexanizmdir, ya’ni u tirik organizmda tashqi va ichki dunyo o‘rtasida aloqa bog‘lovchi psixologik-biologik asosdir. U orqali markaziy nerv sistemasi qo‘zg‘atuvchilarga javob beradi (Sh.Shexter). Sezgilar hosil bo‘lishi uchun quyidagi shartlar bo'lishi kerak: Birinchidan, sezgi a’zolarimizdan biron-tasiga ta’sir etadigan narsa yoki hodisa bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, sezuvchi apparat soz bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |