Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


O‘YIN VA O‘QISH FAOLIYATINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI



Download 5,72 Mb.
bet23/233
Sana31.01.2022
Hajmi5,72 Mb.
#420089
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   233
Bog'liq
Filologiya 2 Majmua

O‘YIN VA O‘QISH FAOLIYATINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda qabul qilib alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o‘girilganda, malaka hosil bo‘ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko’nikmalar deb ataymiz. Ko‘nikmalar - doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkahlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo‘lsak, uning shakllanish yo‘llari quyidagicha bo’lish mumkin:
■ oddiy namoyish etish yo‘li bilan
■ tushuntirish yo‘li bilan;
■ ко ‘rsatish bilan tushuntirishni uyg ‘unlashtirish yo ‘li bilan.
Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jism oniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va ishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi. Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarqalgan usuli - bu barcha insonlarga xos bo‘lgan asosiy faollik turlari bo‘yicha tabaqalashdir. Bu - muloqot, o‘yin, ish va mehnat faoliyatlaridir. Muloqot - shaxsning individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlami muvofiqiashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
Shaxs o‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.
О‘yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha, kattalar xatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetolmaydi. O‘yin faoliyati faoliyatning oddiy shakllaridan biri hisoblanadi, lekin u tobora takomillashib sodda harakatlarni keyinchalik sujetli, rolli o‘yinlarga, hatto sportgacha murakkablashib boradi, atrof-muhitni aks ettirishda ishtirok eta boshlaydi.
T ajribalardan xulosa qilish mumkinki, 5-6 yoshdagi bolalar uchun eng muhimi u o‘ynayotgan rol. Rolni gavdalantirish davomida bolaning faoliyatga bo‘lgan munosabati yuzaga chiqadi. Ko‘rilgan vaziyatdan shunday gipoteza tug‘iladi. Demak, bola o‘ziga boshqa odamlarning rolini olayotgan ekan, shu rolga xos tegishli faoliyat va munosabatlarni aks ettirishi o‘yinning birlamchi asosidir. “Bolalar o‘yinlarining mohiyati shundan iboratki, u o‘yinda u yoki bu rolni bajaradi va eng qiziq jihati, mayda, keraksiz buyumlarni haqiqiy tirik mavjudotlarga aylantirishni xohlashlari ham mumkin” V.Vundning mulohazalariga ko‘ra, o‘yinning manbayi huzur qilish, rohatlanishdan iboratdir. V.Vund bildirgan fikrlar yoyiq xususiyatga ega bo’lib, o‘yinning u yoki bu jihatlarini yoritishga xizmat qiladi. Uning fikricha o‘yin - bu bolalarning mehnatidir. Har qanday o‘yin jiddiy mehnatning u yoki bu shaklining prototipidir. Yashash zaruruyati insonni mehnat qilishga majbur qiladi. Mehnat orqali inson o‘z kuch-qudratini baholashga o‘rganib boradi, mehnatning huzur qilish va rohatlanishning manbayi ekanligiga iqror bo‘ladi. O‘yin mehnatning foydali jihatini ko‘rsatib boradi.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish