Talabalar 3 kichik guruhlarga bo‘linadi.
Guruhlar topshiriqlarni oladi va tayyogarlik ko‘radi.
Topshiriqlar quyidagicha: 1-kichik guruh topshirig‘i: “Shaxsning rivojlanishi” mavzusini yoritib bering. Kichik guruhda talabalarning hammasi quyidagi savollarga javob berishi kerak. Savollarga talabalar hammasi birgalikda tayyorgarlik ko‘rishi lozim (tayyogarlik uchun 15 daqiqa).
1. Shaxs haqida tushuncha (har bir talaba o‘zini misol qilishi kerak, demak ayrim sizdagi xislatlar qanday shakllangan?).
2. Shaxsning individual xususiyatlari nimalar?
3. Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalarini tushuntiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |