Urbanizasiya nazariyasi. Jamiyat rivojlanishida shaharlarning roli ortishi bu nazariyaga asos qilib olingan. O‘n tqizinchi asrning o‘rtalaridan boshlab, qishloqaholisining shaharga ko‘chishi (voqelik tariqasida) avj oldi, ya’ni aholi orasida migrasiya yoki urbanizasiya hodisasi yuzaga keldi. Shaharningturmush tarzi, o‘ziga xos xususiyatlari, axborot tarmoqlarining kengligi, madaniyat darajasi, fan-texnika, transport, maishiy xizmat kabi omillar bolalarning akliy, axloqiy, jinsiy jihatdan ertaroq voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Qishloq aholisi bilan shahar xalqining yashash muhiti va turmush sharoitining yaqinlashishi akselerasiya jarayoniga ijobiy ta’sir etdi, lekin bu omilning o‘zi akselerasiyaning sababi bo‘la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |