Bolaning matabga moslashuvida ijtimoiy kichik muhitning qanday omillari ijobiy rol o‘ynaydi?
Ko‘rib chiqqanimizdek, o‘z holatini aynan baholash, oilada tarbiyaning to‘g‘ri usullari, unda qarama-qarshi, janjallik holatlarning yo‘qligi, tengdoshlari orasidagi ijobiy mavqyei-ijobiy omillardan biridir.
Bolaning maktabga moslashuviga salbiy ta’sir qiluvchi omillar, tadqiqotlarda berilishicha, quyidagi mantiqiy kelib chiqishdan iborat: oilada tarbiyaning noto‘g‘ri usullari, maktabda o‘qishga tayyor emaslik, kattalar bilan muloqotdan qoniqmaslik, tengdoshlar guruhi orasiga moslasha olmayotganligini anglash; onasining ma’lumoti past darajada ekanligi, izchillik sababi janjallik holat, birinchi sinfga borgunga qadar bolaning noma’qul hulqi, ota ma’lumotining past darajasi, oiladagi janjallik holat, boshlang‘ich sinf ituvchisining bolalarga nisbatan salbiy munosabati, to‘liqsiz oila.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dasturni o‘zlashtirishda qiynalayotgan tayyorlov guruhi bolalarining pedagogik tuzatishlari (korreksiya) ko‘pincha o‘yin faoliyati doirasida o‘tkazilsa, uning rivojlantirish natijasi grammatika va yozuvdan o‘tkaziladigan qo‘shimcha mashg‘ulot-lardan ko‘ra ko‘proq.
Bolalarning maktabga moslashuvida 6 yoshli bolalar bilan ishlaydigan maktab pedagoglari va bolalar bog‘chalaridagi tarbiyachilarning pedagogik muloqoti va ish uslublarining ketma-ketligining ahamiyati katta. Gap shundaki, olti yoshli bolalarning maktabga moslahuvidagi qiyinchiliklarning sababi, ko‘pincha, bolaning pedagog bilan muloqotidagi keskin o‘zgarishdir. O‘qituvchi bolalarga ijobiy qaragani bilan ham, baribir maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rgangan munosabatlarga qaraganda qattiqroq, pedagogik ta’sir qilishning avtoritar shakllarini ishlatadi. Pedagogik ta’sir qilishning bu shakllari ko‘pincha bola tomonidan shaxsiy xush ko‘rmaslik shaklida qabul qilinadi, bu esa sustkashlikka olib kelib, tashabbusni, mustaqillikni bug‘ib qo‘yadi, o‘ziga ishonchsizlikni tug‘diradi (ayniqsa, jur’asiz, uyalchang bolalarda). Olti yoshli bolalar bilan ishlashni takomillashtirish uchun o‘qituvchilar tomonidan bolaga ta’sir o‘tkazish shakllari bolalar bog‘chasi tarbiyachisining muloqot qilish usullari bilan zid bo‘lmasligi kerak. Bolalar bog‘chasi va maktab o‘rtasida pedagogik ishning an’analarini amalga oshirish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi kerak? Shulardan, amalda o‘zini oqlagan bir nechtasini keltiramiz.
Bolalar bog‘chasida va birinchi sinf uvchilari bilan ishlaydigan maktab pedagoglari o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha seminarlar, anjuman, pedagogik kengashlar o‘tkazish.
Maktab pedagoglari tomonidan bolalar bog‘chasiga borish, bolalar faoliyati bo‘yicha tashkilot va boshqaruvni kuzatish hamda tarbiyachilarning o‘z tahlili, muhokamasi, tajriba almashuvi bilan maktablarga borish.
Katta guruh tarbiyachilari tomonidan har bir bolaga va guruhga ijtimoiy-psixologik tavsifnoma tuzish va ularni boshlang‘ich sinf ituvchilariga berish – bu an’anani chuqurlashtirishning yana bir muhim yo‘lidir.
Bolalar bog‘chasi va maktab o‘rtasida aloqa o‘rnatishni maktab uvchilari va bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish orqali ham olib borish mumkin. Bularga bolalar bog‘chasini otaliqqa olish, tarbiyaviy tadbirlarni birgalikda olib borish (masalan, «kitob tavalludi», sirk, qishni kuzatish bayramlari va boshqalar), birinchi sinflar tantanali yig‘inlariga qatnashish, maktab haqida kinofilm ko‘rish, uvchilar, sobiq bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashish, to‘garak va mehnat ishlarini birgalikda tashkil qilish va o‘tkazish.
Hozir, o‘qituvchilar tomonidan olti yoshli bolalarning shaxsi va faoliyati psixologiyasini o‘rganishga bo‘lgan talab natijasida, maktab xodimlari bu yoshdagi bolalar bilan birgalikda ishlash yo‘llari va an’analarini topadilar deb o‘ylash mumkin.
Shunday qilib, bolalar bog‘chasi katta guruh bolalarini maktabga tayyorlashda va ular bilan ishlashni tashkillashtirishda quyidagi tavsiyalarni e’tiborga olish zarur:
Maktabga psixologik tayyorgarlikni shakllantirishda sermahsul o‘yin, o‘quv va boshqa faoliyat turlarini mujassam yetish;
Olti yoshli bolalarni o‘qitish samaradorligini oshirish uchun darslarga ijobiy, emosianal munosabatni shakllantirish;
Olti yoshli bolalar faoliyati bilan shug‘illanuvchi rahbariyat maktabgacha tarbiya usullarini maktab usullarini birgalikda qo‘llash bilan (ayniqsa 1- yarim yillikda) olib borish;
Birinchi sinfdagi pedagogik ishda bog‘cha an’analariga nafaqat ish usulida, balki pedagogik muloqotda ham rioya qilish;
Birinchi sinf bolalari jamoasini shakllantirishda va o‘zaro muloqotni tashkillashtirishda maktabgacha va maktab ish usullarini ketma–ketligini ta’minlash;
Birgalikda faoliyat ko‘rsatishning keng tarbiyaviy imkoniyatini qo‘llash;
Shaxsiy muloqotga va uni boshqarish qobiliyatini shakllantirishga yetakchi faoliyatni o‘zgartirishga tayyorlashdagi muhim sharoit deb qarash;
Maktabga psixologik tayyorgarlikni shakllantirish mobaynida, ish davrida, fanlarni o‘zlashtirishda, aqliy faoliyatga munosabatida, xis-tuyg‘ularning o‘ziga xosligida, o‘z xatti-harakatini boshqarishda, irodasida namoyon bo‘ladigan shaxsiy psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |