Said Ahmad (1920-2008) Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darboza» mahallasida tug‘ilgan



Download 474,32 Kb.
Sana02.03.2020
Hajmi474,32 Kb.
#41332
Bog'liq
SAID AXMAD ASARLARI

Said Ahmad

(1920-2008)

Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darboza» mahallasida tug‘ilgan.

  • Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darboza» mahallasida tug‘ilgan.

Tinib-tinchimas bola

  • Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi:
  • agitplakatlar yozdi;
  • artist boʻlishga urinib koʻrdi;
  • doktorlik maktabida oʻqidi;
  • qurilish texnikumida tahsil oldi;
  • rassomlik maktabiga qatnadi;
  • mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi;
  • gazetalarga xabarlar yozdi.
  • VA NIHOYAT YOZUVCHI BO`LDI!

BOBOLARI, OTA-ONASI, AKALARI HAQIDA

  • Toshkentliklar Said Ahmadning bobosini «Dadaxo'ja duma» deb ulug'lashar, chunki u kishi sho'rolar to'ntarishidan ham oldin shahar dumasining deputati bo'lgan.
  • Onasining otasi G'ulomxon toshbosma matbaa egasi bo'lgan.
  • Otasi Husanxo'ja Dadaxo'ja o'g'li rus-tuzem maktabini tugatgan, rus tilini mukammal biladigan, Turkiy dunyoning mashhur ma'rifatchisi Ismoilbek G'aspirali bilan yaqinligi bor edi.
  • Katta akasi Imomxon o'zbek stenografiyasining asoschisi hisoblanadi.
  • Keyingi akasi Zuhurxon esa, irrigatsiya bo'yicha O'zbekistonning ilk professori edi.

Ilk asar

  • Bo‘lajak yozuvchining ilk mashqi - «Ishqiboz» nomli hajviy hikoyasi o‘n olti yoshlarida «Mushtum» jurnalida chop etilgan.
  • (1936-yil)

MEHNAT FAOLIYATI

  • «Mushtum» jurnalida (1938-1939, 1955-1957);
  • «Yosh leninchi» gazetasida (1940-1941);
  • O‘zbekiston Davlat radio qo‘mitasida (1941-1943);
  • «Qizil O‘zbekiston» gazetasida (1943-1947);
  • «Sharq yulduzi» (1948-1950);
  • Qator yillar O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiymaslahatchilik qildi.
  • So`ng uyushmaning nasr bo`limiga boshchilik ham qildi.

Qatag`on

  • O‘tgan asrning 50-yillari boshlarida yozuvchi ko‘plab ziyolilar qatorida qatag‘onga uchrab, «xalq dushmani» degan tuhmatlar bilan qamaladi.
  • U «aksilshoʻraviy millatchilar guruhi aʻzosi, zararli gʻoyalar targʻibotchisi» sifatida ayblanib, Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyati Jezqazgʻan lagerida boʻladi.
  • Uning «Qorakoʻz majnun» (2002) hikoyalar toʻplami bu haqdagi achchiq haqiqatni roʻy-rost ifodalaydi.

Ilk kitob

  • Said Ahmadning birinchi kitobi «Tortiq» nomli hikoyalar to‘plami bo‘lib, 1940-yilda nashr etilgan.

ASARLARI

Dramalari:

  • Said Ahmad 70-80-yillarda o‘z hikoyalari asosida «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» nomli pyesalar yozadi.

Hikoyalar to‘plami:
  • «Er yurak» (1942);
  • «Farg‘ona hikoyalari» (1948);
  • «Muhabbat» (1949);
  • «Cho‘l oqshomlari»
  • «Odam va bo‘ron».

Qissalari:
  • «Qadrdon dalalar» (1949);
  • «Hukm» (1958).

Romanlari:
  • 1964-1974-yillar oralig`ida “Ufq” trilogiyasini yozdi.
  • 1988-yili adibning «Jimjitlik» romani nashrdan chiqadi.

Istiqlol yillarida

  • «Xandon pista» (1994);
  • «Bir o‘pichning bahosi» (1995) hajviy to‘plamlari.
  • «Yo‘qotganlarim va topganlarim» (1998); «Qorako‘z majnun» (2001);
  • «Kiprikda qolgan tong» (2003) kitoblari;
  • 3 jildli «Tanlangan asarlari» (2000) chop etildi. 

ADIB HIKOYALARIDA:

ADIB HIKOYALARIDA:

  • Oybekning psixologik tasvir mahorati,
  • Gʻafur Gʻulom yumori,
  • Abdulla Qahhor bayonidagi ixchamlik mujassamdir.

“Kelinlar qo`zg`oloni” kinofilmi haqida

  • Suratga olinga vaqti: 1985-yilda “O`zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
  • Rejissor: Melis Abzalov.
  • Bosh rol – qaynona rolida Tursunoy Jafarova.

BILIB OLING!

E’TIROF

  • Said Ahmad O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980).
  • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968).
  • Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori
  • «Buyuk xizmatlari uchun» (1997).
  • «Do‘stlik» (1996) ordenlari bilan taqdirlangan.
  • "O‘zbekiston Qahramoni" (1999).

XOTIRA MANGU

  • 2013-yil 10-iyun kuni Said Ahmad va taniqli shoira Saida Zunnunova xotirasiga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida haykal o‘rnatildi.

“UFQ” TRILOGIYASI

  • «Ufq» romani nafaqat Said Ahmad ijodida, balki adabiyotimizda ulkan voqea bo'lgan uch qismli asar bo'lib, roman-trilogiya hisoblanadi. Asarda xalqimizning Ikkinchi jahon urushigacha, urush davri, urushdan so'nggi yillardagi qismati qalamga olingan.

Birinchi kitobi «Qirq besh kun»;

  • Birinchi kitobi «Qirq besh kun»;
  • Ikkinchi kitobi «Hijron kunlarida»;
  • Uchinchi kitobi «Ufq bo'sag'asida» deb ataladi.
  • "Ufq" trilogiyasi (1964–74) adib ijodida alohida oʻrin tutadi. "Ufq" romani 20-asr millat hayotining oʻn yillik davri – Ikkinchi jahon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini oʻz ichiga oladi.

“UFQ” TRILOGIYASI

  • Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi XX asr o’zbek adabiyotining jiddiy yutug’idir. Asarda trilogiya janrining o’ziga xos g’oyaviy-badiiy xususiyatlari va asosiy janriy belgilari yaqqol namoyon bo’lgan.”Ufq” ning birinchi kitobi- “Qirq bnesh kun”romanida xalqimizning XX asrning 30- yillarida Katta Farg’ona kanali qurilishidagi qahramonona mehnati, qudratli xalq harakati yorqin aks ettirilgan. Asarning ikkinchi kitobida xalqimizning urush davridagi og’ir hayoti, kurashi, vatanparvarligi, mardligi ehtiros bilan hikoya qilingan.

“UFQ” TRILOGIYASI

  • Trilogiyaning uchinchi kitobi-“Ufq bo’sag’asida” urushdan so’nggi dastlabki yillardagi xqarakterli voqealar, qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish harakati tasvirlangan. Demak, ko’p qirrali hayot haqiqatini keng miqyosda aks ettirish, o’zbek xalqining, xusasan, qishloq kishilarining olijanob fazilatlarini ko’rsatish, ularning buyuk ishlari va yuksak orzu-istaklarini ifodalash “Ufq” trilogiyasi sujetining asosini tashkil etadi. Asarda asosiy voqealar va turli taqdirlar bir-biri bilan mustahkam bog’langan holda va o’zaro aloqada aks ettirilgan.

“UFQ” TRILOGIYASI

  • Trilogiyada o’zbek xalqiga xos bo’lgan bolajonlik va oriyatlilik, bag’rikenglik va fidoyilik, mehribonlik va el-yurt oldidagi burchini chuqur his etish singari xislatlar Tursunboyning onasi Jannat xola obrazida ham yorqin aks etgan. Ikromjon aka singari Jannat xola qalbida ham bir vaqtning o’zida yakkayu yolg’iz o’g’liga muhabbat va qahr g’azab tug’yon uradi. Ona o’g’lini qanchalik sevmasin, baribir, uning qilmishiga chiday olmaydi.

“UFQ” TRILOGIYASI

  • Ona iztirob, alam, or-nomus o’tida yonadi va qochoq o’g’li Tursunboyni la’natlab:”Kuch-quvvatdan qolgan otang ham qo’liga miltiq olib urushga bordi-ya! Bir oyog’ini urushga tashlab keldi-ya! Sen, shu gavdang, shu kuching bilan qochdingmi? Otangni tiriklay o’ldirding-ku, meni adoyi tamom qilding-ku! Ertaga yurtning ko’ziga qanday qarayman? Dadang qanday qilib ko’chaga chiqadi? Shuni o’yianadingmi?!”- deb nola qiladi.

“UFQ” TRILOGIYASI

  • Shunday qilib, romanda xalqimizning olijanob milliy xususiyatlari va o’ziga xos milliy xarekteri yorqin aks etgan. Ana shuning uchun ham Abdulla Qahhor: “Ufq” qochoq haqidagi roman emas, aksincha, qochoqni bag’riga sig’dira olmagan xalq haqidagi asardir”,-deb bu romanga yuqori baho bergan edi. Tanqidchi Ibrohim G’afurov esa haqli ravishda ”Ufq” trilogiyasida o’zbek milliy prozasi tasvir usullari sintezlashdi. Juda chuqur lirizm bilan sug’orilgan bu asar epik tasvir bilan zamonaviy ilg’or psixologik tahlilning birlashgan namunalarini beradi”,- deb yozgan edi

Xulosa

  • Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, adib Said Ahmad asarlarida har bir obrazni o’ziga xos jonli tarzda yoritgan. Yorqin bo’yoqlarda aniq va tiniq aks ettirgan. Uning asarlarini o’qigan har bir kitobxon asarlarida hayot nafasi ufurib turganini yaqqol sezadi. Said Ahmad qatag’onlik zulmining ikkinchi to’lqiniga duchor bo’lgan bo’lsa-da, o’z talanti va ona xalqiga sadoqat, katta ishonch adibni so’z san’atkori darajasiga yetkazgan desak aslo mubolag’a bo’lmaydi.

Download 474,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish