Detallarni ishlov berish uchun mahkamlash kuchlari ta’sirida deformatsiyalanishi. Detallarning aniqligiga ularni ishlov berish uchun mahkamlashda hosil bo’lgan kuchlar sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Mahkamlash vaqtida kuch ta’sirida yupqa devorli detallarni uch mushtchali patronlarda o’rnatishda (3.3-rasm) yaqqol ko’zga tashlanadi.
Issiqlik deformatsiyalari va ichki kuchlanishlar. Yakunlovchi ishlov berish operatsiyalarida issiqlik ta’sirida hosil bo’luvchi ishlov berilayotgan detalning va dastgoh detallarining deformatsiyasi alohida ahamiyatga ega. Bu turdagi deformatsiyalar IT 5 va IT 6 kvalitet aniqlikda ishlov berishda alohida ahamiyat kasb etadi. Issiqlik ta’sirida detal o’lchami kattalashib sovugandan so’ng kichrayib qolishi mumkin. Xuddi shunday dastgoh detallari ham issiqlik ta’siridan o’z o’lchamlarini o’zgartiradi va texnologik sozlash vaqtida xatoliklarni yuzaga keltiradi.
3.3-rasm. Xalqa (vtulka)ni
uch mushtchali patronda mahkamlash natijasida hosil bo’lgan xatoliklar:
a) mahkamlangan holat; b) mahkamlanmagan holatda ishlov berilgandan so’nggi holat; v) detalni patrondan olgandan keyingi holat.
Ishlov berilgan so’ng detal yuzasi sifatini o’lchash aniqligiga ta’siri. Ishlov berilgan so’ng Detalning yuza tozaligi o’lchov aniqligiga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi. Agar yuza yuqori g’adir-budirlikka ega bo’lsa o’lchash notekisliklar cho’qqilari bo’yicha bajariladi. Ish jarayonida bu cho’qqilar tezda ezilib detalning haqiqiy nominal ko’rsatkichi nazorat qilinmagan bo’ladi.
Ishlov berish xatoliklarining yig’indisi. Yuqorida ko’rib utilgan xatoliklar shuni ko’rsatadiki, ulardan biri ikkinchisini qoplashi mumkin, chunki biri aniqlikni oshirsa
ikkinchisi kamaytiradi yoki biri kuchliroq ta’sir ko’rsatsa ikkinchisi sezilarsiz ta’sir etadi. Bundan tashqari, bu xatoliklarning vektorlari o’zaro qandaydir burchak ostida bo’lishi mumkin.
Shuning uchun bu xatoliklarning yig’indisini aniq o’lchashlar yordamida aniqlash mumkin. Qator mualliflar tomonidan taklif etilgan tengloperatsiyaar turli ko’rinishga ega bo’lib, yuqoridagilar sababli keng tarqalmagan. Biz bu xatoliklarni harflar bilan belgilab ularni algebraik yig’indisi bilan cheklanamiz.
= Д + ка + их + у + i ДЛ
+ rДК
+ ИД + 0 + б + хкол
(3.9)
bu yerda: D- dastgoh xatoligi; k- kesuvchi asbob xatoligi; ix- texnologik sozlash xatoligi; u- o’rnatish xatoligi; i DL- dastgoh detallari va ishlov berilayotgan detallar deformatsiyasii natijasida hosil bo’lgan xatolik; r DK- mahkamlash kuchi ta’siridagi xatolik; ID- issiqlik deformatsiyasi tufayli hosil bo’lgan xatolik; 0 - o’lchash xatoligi; b- ish bajaruvchining xatoligi; x kol- qoldiq yuklanishlar ta’siridadagi xatolik.
Do'stlaringiz bilan baham: |