3-rasm. Kadrlar xizmati boshqaruvchisi vazifalari
Personalni boshqarish xizmati va menejerlar korxona (tashkilot)
uchun kadrlar tanlar ekanlar, ularda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni
(oilaviy ahvol, funksiyalari o‘zgartirilgan holda xizmat vazifalarining
o‘zgartirilishi va hokazolarni) ham hisobga olib talab etiladi.
Personalni o‘qitish, malakasini oshirish yoki qayta tayyorlashda
xodimlarni chet ellarda stajirovkadan o‘tkazishini ko‘zda tutish,
faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha zarur maxsus adabiyotlar, video va audio
materiallar bilan ta’minlash ham talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |