S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/179
Sana04.09.2021
Hajmi1,88 Mb.
#164258
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   179
Bog'liq
Bairova-BEMORLAR BILAN ISHLASH

 
INFEKSIYA JARAYONIDAGI ZANJIR 
  
Moyil xo‘jayin 
(omillari) 
Kasallik 
qo‘zg‘atuvchisi 
Manba 
Infeksiya 
kirish joyi 
Infeksiya 
tarqalish joyi 
O‘tish yo‘llari 
 
 
 
 
Yoshi 
Immun holati  
Surunkali kasallik 
Yaxshi ovqatlanmaslik 
Jarrohlik operatsiyasi  
Kuyish 
Antibiotik, steroidlar 
Nur kasalligi 
Endoskopik aralashuv 
 
 Bakteriya 
 Virus 
 Zamburug‘ 
  Rikkesiya 
Protozoy 
Gelmintlar 
 
O‘lik 
Tirik 
 
Nafas yo‘llari 
Me’da-ichak yo‘li 
Siydik-tanosil yo‘llari 
Teri, shilliq pardalar 
Qon 
Transplantatsiya  
Tomirlar 
 
Nafas yo‘llari  
Nafas yo‘llari 
Me’da-ichak yo‘li 
Siydik-tanosil yo‘llari 
Tomirlar 
Teri, shilliq pardalari 
 
                                   Kontakt: bevosita 
                                               bilvosita 
                                         tomchi 
Transmissiv (tashuvchi yoki o‘tkazuvchi orqali) 
 


73 
INFEKSIYANING OLDINI OLISH 
 
Paranteral yo‘l bilan yuqadigan 30 ga yaqin ifeksiyalar mav-
jud.  Bunday  infeksiyalarga  B,  C  virusli  gepatitlari,  OIV  infek-
siyasi va boshqalar misol bo‘ladi. Infeksiya yuqtirish asosan, teri 
qoplamalari butunligining buzilishi bilan bog‘liq. 
CDC  (AQSH)  ma’lumotlariga  ko‘ra  B  gepatit  virusining 
yuqish xavfi yuqori. 
Har  bir  tibbiyot  xodimi  OIV  infeksiyasining  profilaktikasi 
maqsadida universal ehtiyot choralarini bilishi kerak. 
Universal  ehtiyot  choralari  –  bu  qon  va  boshqa  biologik 
suyuqliklar  orqali  infeksiya  yuqishining  oldini  olish  yo‘li  bilan 
mijozlar  va  tibbiyot  xodimlari  o‘rtasida  qon  orqali  yuqadigan 
infeksiyalarning  yuqish  xavfini  kamaytirishga  yo‘naltirilgan 
tadbirlar majmuyidir. 
Qon orqali yuqadigan infeksiyalarga chalingan barcha kishi-
larni  aniqlashning  imkoni  yo‘qligi  bois,  bugungi  kunda  har  bir 
bemor  potensial  yuqumli  deb  qaralishi  zarur.  Demak,  qon  va 
boshqa  biologik  materiallar  ham  potinsial  yuqumli  hisoblanib, 
ular  bilan  ishlaganda  har  doim  himoya  choralari  qo‘llanilishi 
zarur.  
Qon  infeksiyalari  yuqishi  mumkin  bo‘lgan  kontakt  turlariga 
quyidagilar kiradi: 
–  perkutant  kontakt,  ya’ni  terining  igna  sanchilishi  yoki 
o‘tkir buyumdan jarohatlanishi; 
–  biologik  materiallar  (qon  va  organizmning  boshqa  bio-
logik  suyuqliklari)ni  shilliq  pardalar  yoki  zararlangan  teri  (yo-
rilish, kesilish)ga tushishi; 
– qon, sperma, qin suyuqligi, tarkibida qon bo‘lgan suyuq-
liklar  va  boshqa  biologik  suyuqliklar  orqali  OIV  yuqish  xavfi 
mavjud  bo‘lib,  ular  bilan  ishlaganda  universal  ehtiyot  choralari 
qo‘llanishi shart. 
OIV  yuqishi  bo‘yicha xavflilik  darjasi aniqlanmagan  bo‘lsa-
da, quyidagi suyuqliklar bilan ishlaganda universal ehtiyot cho-
ralari  qo‘llanishi  zarur:  sinovial  suyuqlik,  orqa  miya  suyuqligi, 
plevral  suyuqlik,  peritoneal  suyuqlik,  perikardial  suyuqlik,  am-
niotik suyuqlik. 


74 
Har  qanday  biologik  suyuqlik,  agar  u  qanday  suyuqlik 
ekanligini aniqlashning iloji bo‘lmasa, ular bilan ishlaganda ham 
universal ehtiyot choralari qo‘llanishi talab qilinadi. 
Indivuduval  himoya  vositalarini  qo‘llashga  katta  e’tibor 
berilishi zarur. Bularga xalat, qo‘lqop, niqob, muhofaza ko‘zoy-
nagi va ekran kiradi. 
Muhofaza xalatlarini va fartuklar teri va kiyimni ularga qon 
va  boshqa  biologik  suyuqliklar  tushishidan  saqlaydi.  Oyoqqa 
qon tushmasligi uchun xalat ostidan fartuk va baxila kiyiladi. 
Agar muolaja bajarishda qon va boshqa biologik suyuq mu-
hitning sachrash ehtimoli bo‘lsa, niqob va ko‘zoynak taqish yoki 
ko‘z,  burun,  og‘iz  va  umuman  ko‘zning  katta  qismini  himo-
yalash uchun ekrandan foydalaniladi. 
Muolajalarni  bajarishga  kirishishdan  oldin,  ishni  yakunla-
gandan keyin yoki bir bemor ko‘rilgandan so‘ng tibbiyot xodimi 
qo‘lini qo‘l yuvishning umumiy qoidasi bo‘yicha yuvishi zarur.  
Tibbiyot  xodimining  tirnoqlari  kalta  qilib  olingan  bo‘lishi 
kerak.  
Teridagi jarohat, shilliq parda, ifloslangan buyum, qon yoki 
organizmning  boshqa  har  qanday  biologik  suyuqliklari  hamda 
ifloslangan  chiqindilar  bilan  ishlaganda  va  invaziv  muolajalar 
o‘tkazganda  (vena  ichiga  inyeksiya  qilish  va  boshqalar)  albatta 
rezina  qo‘lqop  kiyish  zarur.  Inyeksiya  o‘tkazishda  bir  martalik 
shprits  va  sistemalar  bemorning  ko‘z  oldida  ochiladi.  Muola-
jalardan  keyin  rezina  qo‘lqop  ichki  tomonini  tashqariga  qilib 
yechiladi va xlorli dezinfektantning 0,5% li eritmasida 10 daqiqa 
davomida botirib qo‘yiladi, qo‘llar ikki marta sovunlab yuviladi, 
bir  martalik  salfetka  yoki  sochiq  bilan  artiladi,  sochiq  maxsus 
idishga tashlanadi. 
Professional  kontakt  yuz  bergan  vaqtda  harakatlar  tartibi 
(avariya holatlari): 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish