S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/179
Sana04.09.2021
Hajmi1,88 Mb.
#164258
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   179
Bog'liq
Bairova-BEMORLAR BILAN ISHLASH

 
 
 
 
 


20 
 
TIBBIY - IJTIMOIY XODIM ODOBI, UNING AXLOQIY 
VA MA’NAVIY, HUQUQIY MAS’ULIYATI 
 
Etika  (grekcha  aethos  –  yurish  -  turish,  axloq)  –  falsafiy 
fan bo‘lib, axloq va axloqiy muammolarni o‘rganadi. Kasbiy eti-
ka  bu  kasbiy  faoliyat  jarayonidagi  xulq-atvor  tamoyillari  hisob-
lanadi. 
«Tibbiy  etika»ning  ikki  yo‘nalishi  bo‘lib,  birinchisida 
kasbiy  tibbiy  axloq  va  tibbiy  amaliyotni  boshqarib  turadigan 
axloqiy  munosibatlar  aks  etsa,  ikkinchisida  ilmiy  fan  sifatida 
kasbiy  axloqni  o‘rganadi.  Tibbiyotda  axloqiy  munosibatlarning 
o‘ziga  xos  xususiyati  shuki  –  tibbiy  xodimlar  kasbiy  faoliyat-
larida  salomatlik  va  kasallik,  insonning  og‘riq  va  azoblariga 
bog‘liq  holda  faoliyat  ko‘rsatadilar.  Shuning  uchun  ular  avvalo 
bemor, vaqti kelsa jamiyat uchun beminnat xizmat qiladilar.  
Axloq  –  bu  odamlarning  jamiyatdagi  o‘zlarini  tuta  bilish 
qoidalari  bo‘lib,  jamoaning  hayot  tarziga  va  jamiyatning 
iqtisodiy rivojlanishiga o‘zaro bog‘liqdir. Axloq odamlar orasida 
munosabatlarni  va  ma’lum  ijtimoiy  tizimini  belgilaydi.  Axloqiy 
tushunchalaridan biri burchdir.  
Burch  –  odamlarga,  jamiyatlarga  nisbatan  o‘z  majburiyat-
larini  bajarishdir.  O‘rta  tibbiy  xodimning  burchi  –  uning 
bemorlar,  hamkasblari  va  jamoa  bilan  tarixan  shakllangan 
munosibatlari  bo‘lib,  bu  nafaqat  bemorga  nisbatan  o‘z  burch-
larini  sidqidildan  bajarishi,  balki  boshqa  odamlar  salomatligi 
haqida  qayg‘urish,  profilaktik  tadbirlar  va  sanitariya  targ‘ibot 
tadbirlarini  o‘tkazish,  tibbiy  sirni  saqlash,  millati,  irqi,  siyosiy 
qarashi va dinidan qat’i nazar bemorga yordam ko‘rsatishidir. 
Javobgarlik  –  tibbiy  ijtimoiy  xodimning  o‘z  vazifasini 
bajarish  davomida  o‘z  zimmasidagi  majburiyatlarni  to‘la  ado 
etish bilan ifodalanadi. Bu majburiyatlarga saranjom-sarishtalik, 
mas’uliyatlilik,  o‘z  zimmasidagi  vazifalarini  to‘la  ado  etish  va 
boshqalar kiradi. 
Qadr  -  qimmat  –  bu  o‘z  kasbini  ijtimoiy  anglashi,  kasbiga 
bo‘lgan muhabbati, o‘z kasbi bilan g‘ururlanishi bilan birga o‘z 
kasbiy  bilimlarini,  ish  malakasini  doimiy  oshirishga  intilishidir. 


21 
Tibbiyotning  yirik  arboblari  kasb  qadr  -  qimmatini  doimo 
baland  saqlaganlar.  Bu  xalqlarning  tibbiyot  xodimlariga  zo‘r 
ishonch bilan qarashiga sabab bo‘lgan. 
Vijdon – bu kishilarning ichki axloqiy o‘z - o‘zini anglashi, 
o‘z xulqi uchun javobgarlikni his qilishi, o‘z fikriga, tuyg‘ulariga 
va  xatti  -  harakatlariga  jamiyat  tomonidan  amal  qilinadigan 
axloq normalariga nisbatan baho berishidir.  
Nomus  –  umumiy  ma’noda  kishining  ijtimoiy  ahamiyatini, 
ongliligini,  ya’ni  o‘z  obro‘si  va  shuhratini,  o‘z  qadr-qimmatini 
saqlashga intilishini ifodalaydi. 
Tibbiy xodimga nafaqat o‘z salomatligini, balki o‘z hayotini 
ishonib  topshirgan  bemor  o‘z  vaqtida  samarali  tibbiy  yordam 
olishga  umidvor  bo‘ladi.  Shuning  uchun  u  tibbiy  xodimlarning 
yuqori  kasbiy  mahoratiga,  mehriga,  shafqatiga  ishonchi  komil 
bo‘lishi  kerak.  Tibbiy  etika  asoschilaridan  biri  Buqrot  o‘z 
asarlarida  tibbiyot  xodimlari  nafaqat  davolashlari,  balki  yuqori 
etik  me’yorlariga  rioya  qilishlari  zarurligini  qayd  qilgan.  U  o‘z 
asarlarida  (
«Qasamyod»,  «Qonun»,  «Vrachlar  haqida»)  tibbiy 
etika tamoyillarga to‘xtalib o‘tgan. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish