2.1.-jadval
Оʻzbekiston hududida aholi sonining оʻsish dinamikasi (ming kishi hisobida)4
Kоʻrsatkichlar
|
Yillar
|
1991 yilda 1989 yilga nisbatan оʻzgarishi
|
1989
|
1990
|
1991
|
+,-
|
%
|
Respublika bоʻyicha
|
19810,0
|
20322,0
|
20708,0
|
898,0
|
104,3
|
SHu jumladan:
|
|
|
|
|
|
Shaharda
|
8089,3
|
8341,3
|
8405,5
|
316,2
|
103,9
|
Qishloq joylarda
|
11720,7
|
11980,7
|
12302,5
|
581,8
|
105,0
|
Qishloq aholisining ulushi, foizda
|
59,2
|
59,0
|
59,4
|
0,2
|
-
|
Оʻzbekiston sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida hukm surgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ta’sirida faqat xomashyo etkazib berishga asoslangan, qoloq va mоʻrt iqtisodiyotga ega bоʻlib, bu holat respublika aholisi daromadlari va turmush darajasiga ancha keskin ta’sir kоʻrsatdi.
Bu davrda respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy kоʻrsatkichlar bоʻyicha Ittifoqdagi оʻrtacha darajadan ham ancha orqada bоʻlib, mamlakatda oxirgi оʻrinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bоʻyicha ittifoqdosh respublikalar orasida 12-оʻrinni, daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan eng oxirgi оʻrinlardan birini egallab keldi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bоʻyicha Ittifoqdagi оʻrtacha darajadan 2 barobar, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bоʻyicha 2,5 barobar, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan 2,5 barobar, qishloq xоʻjaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa 2 barobar, aholining оʻrta hisobda gоʻsht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari iste’moli bоʻyicha 2 barobar orqada qolgan (2.1.3-rasmga qarang).
Ijtimoiy-iqtisodiy kоʻrsatkichlarning pasayishi оʻz navbatida aholining turmush darajasiga ham ta’sir kоʻrsatib, yashash sharoitlarining ogʻirlashuviga sabab bоʻldi. Оʻsha davrda kun kechirish uchun oyiga оʻrta hisobda kamida 85 sоʻm zarur bоʻlgani holda, 75 sоʻmdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi Ittifoq bоʻyicha 12 foizdan sal kоʻproq bоʻlsa, Оʻzbekistonda 45 foizga etgan, ya’ni 8 million 800 ming kishini tashkil etgan. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda оʻzining qоʻlidan keladigan ishni topa olmagan, ya’ni ishsiz bоʻlgan.
80-yillar oxiridagi ijtimoiy vaziyatni Оʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning “Uzbekiston mustaqilikka erishish ostonasida” asaridan olingan ushbu havola bilan muxokama qilish mumkin:
Buni quyidagi misolda yaqqol kоʻrish mumkin:
“Biz respublikamizda 1500 ta yirik ishlab chiqarish birlashmasi va korxonasi ishlab turgani haqida, revolyusiyadan avval bir yil davomida hosil qilingan miqdordagi elektr energiya hozir tоʻrt kunda ishlab chiqarilayotgani haqida hamisha faxrlanib gapirar edik. Biz gaz qazib olish sohasida mamlakatda tоʻrtinchi оʻrinda turibmiz. Qishloq xоʻjaligimiz mamlakatdagi paxtaning uchdan ikki qismini, qorakоʻl terining uchdan bir qismidan kоʻprogʻini, pillaning 60 foizdan ziyodini, kоʻp miqdordagi kanop, meva, uzum, sabzavot va poliz mahsulotlarini etishtirib bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |