Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi karmana tuman kasb-hunar maktabi



Download 16,35 Mb.
bet112/144
Sana11.01.2022
Hajmi16,35 Mb.
#339978
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   144
Bog'liq
ma'ruzalar matni kasb-hunar maktabi infor

Operatorlar bo’ilmi begin xizmat so’zi bilan boshlanadi va end so’zi bilan tamom qilinadi va oxirida nuqta belgisi qo’yilib – dastur tamom bo’lganligi belgisidir. Bu ikkita kalit so’zlar orasiga masalalarni yechishga qo’llanilayotgan Object Pascal tilining operatorlari joylashtiriladi.

Object Pascal tilida turlar ikki xil bo’lishi mumkin: standart turlar va dasturchi tomonidan aniqlanadigan turlar. Standart turlar quyidagilarga bo’linadi: butun sonlar, haqiqiy sonlar, simvollar, ko’rsatuvchilar, satrlar, mantiqiy o’zgaruvchilar, variantlar. Dasturchi turlarni aniqlashda var bo’limidan foydalanishi yoki maxsus ajratilgan type bo’limidan foydalanish mumkin. Type rezervlangan so’zdan keyin dasturchi tomonidan e’lon qilingan turlar umumiy ko;’rinishda bunday yoziladi:



=

Masalan, ilovalarda quyidagilarni e’lon qilish mumkin:

Type Tcolor = (Red, Blue, Black);

var color1, color2: Tcolor;

color1, color2 o’zgaruvchilarni var bo’limiga bevosita joylashtirish ham mumkin:

var: color1, color2: (Red, Blue, Black);

Bu yozuv oldingi satrdagi yozuv bilan ekvivalent bo’ladi. Standart turlarni type bo’limida yozish kerak emas ularni bevosita var bo’limida yozib e’lon qilish mumkin.

Object Pascal tilida standart turlarni bunday klassifikatsiyalash mumkin:



  • Oddiy

- tartiblangan

- butun


- harfiy

- mantiqiy

- sanab chiqiladigan

- cheklangan

- haqiqiy

 Satrlar

 Strukturalar

 To’plamlar

 massivlar

 yozuvlar

 fayllar

 sinflar

 interfeyslar

 Ko’rsatkichlar

 Proseduralar

 Variant



  • Konstantalar

Object Pascal tilida ikki xil konstantalar mavjud: oddiy va nomlangan.

Oddiy konstantalar – sonlar, harflar (simvollar), satrlar yoki mantiqiy qiymatlar. Sonli konstantalar butun yoki kasr, musbat yoki manfiy bo’lishi mumkin. Kasr konstantalarda butun qismi kasr kasr qismidan nuqta orqali ajratiladi. Manfiy son oldiga minus belgisi qo’yilishi shart, masalan

325 0.0 -627.15 0

Musbat son oldiga ishorasini qo’yish shart emas.

Kasr sonlar suzib yuruvchi vergul shaklida yozilishi mumkin.

аеn


Bunda а – son, uning moduli 10dan kichik bo’lishi lozim.

Е – maxsus simvol;

n - sonning tartibi;

 - а yoki n ning oldidagi ishorasi.

Satr ko’rinishidagi konstantalar bittalik qo’shtirnoq ichiga olinishi lozim. Masalan, ‘Delphi visual dasturlash muhiti’. Satr yoki simvol ko’rinishidagi konstantalar o’zining ichki kodi bilan ham yozilishi mumkin, bunda koddan oldin  belgisi qo’yiladi, masalan harfiy satr

‘ABCDEFGH’

Quyidagilar bilan ekvivalentdir:

6566676869707172

Mantiqiy konstantalar ikkita: true (rost) va false (yolg’on).

Nomlangan konstantalar yozilish bo’limiga joylashtiriladi va umumiy ko’rinishda quyidagicha bo’ladi:

Const

Prise = 250;



Name = ‘Петров .П.М;

Radius = 2.514;

Nomlangan konstanta konstantalardan tashkil topgan ifoda bilan aniqlanishi mumkin.

= ;

Konstantalar ifodasi oddiy konstantalar, nomlangan konstantalar, amallar belgilari va standart funksiyalar qatnashishi mumkin.

Abs, char, Hi, High, Length, Lo, Low, Odd, Ord, Pred, Round, SizeOf, Succ, Swap, Trunc va hokazo funksiyalar.

Masalan:


Сonst

Nalog = 300*0.2

Name = ‘Алексей’ + ‘ Петрович’;

Gamma = abs(1.18*1.5);

Konstantalarning qiymatlari kompilyatsiya davrida hisoblanadi, dasturni bajarish jarayonida esa konstantalar tayyor hisoblangan qiymatlaridan foydalaniladi. Tipiklashtirilgan konstantalar dastur jarayonida qiymatlari o’zgarishi ham mumkin. Tipiklashtirilgan konstantalar quyidagicha aniqlanadi:

: = ;

Masalan:


Const

A:integer = 6;

S: real = 18.263 – trunc(18.263);

Tipiklashtirilgan konstantalar qiymati faqat bitta shart bilan o’zgarishi mumkinki, kompilyatorning {$J+} direktivasi bajarilgan bo’lishi lozim.

O’zgaruvchilar.

O’zgaruvchilar – dastur elementi bo’lib, dastur bajarilishi jarayonida o’z qiymatlarini o’zgartirib turishadi. Har bir o’zgaruvchi uchun kompyuter xotirasida, o’zgaruvchi turi bilan bog’liq ravishda joy ajratiladi. Dastur matnida uchrab qoluvchi har bir o’zgaruvchilarni yozib qo’yish bo’limida ko’rsatilishi kerak.



:;

O’zgaruvchi nomi bo’lib, har qanday identifikator xizmat qilishi mumkinki, u harf bilan boshlangan bo’lib, tarkibida lotin alfaviti harflari, raqamlari bo’lishi mumkin.

Object Pascalda katta yoki kichik harflar farqlanmaydi. O’zgaruvchilarni aniqlashni var rezervlangan so’zidan boshlab yozish mumkin:

Var


X: real;

I:integer;

C:char;

H:Boolean;

Agar dasturda bir necha bir xil turdagi o’zgaruvchilar qatnashsa, ularni birlashtirib yozish mumkin.

Var


Summa, x, y: real;

I,j,k: integer;

St1, st2: string;

O’zgaruvchilkar local va global bo’lishi mumkin. Var so’zidan keyin e’lon qilingan o’zgaruvchilar global deyiladi. Protsedura, funksiyalarda e’lon qilingan o’zgaruvchilar local o’zgaruvchilar deyiladi. Local o’zgaruvchilarni inisializatsiya qilinmaydi.

Amallar va operandlar. Ifodalar

Object Pascal tilida quyidagi amallar bor:

@, not, ^,*,/, div, mod, and, shl, shr, as, +, -, or, xor, =,

>, <, <>, <=, >=, in, is.

Amallar berilganlar ustidan bajariladigan amallarni bildiradi. Masalan, ifodada amallar yordamida operandlar ustida harakat bajariladi.

x + y


x va y – operandlar, «+» amal. Amalni binary deb aytamiz agar u ikkita operandga ham tegishli bo’lsa, unar amal deyiladi u agar faqat bitta operandga tegishli bo’lsa.

Binar arifmetik amallar:

+ - qo’shish butun operandlar butun natija

- -ayirish butun operandlar butun natija

Bironta haqiqiy bo’lsa haqiqiy natija

* ko’paytirish - | - - | -

/ bo’lish - | - - | -

div butun sonni bo’lish butun butun

mod butun sonni butun butun

bo’lish qoldig’i

Unar arifmetik amallar

+ ishora ayniyligi butun yoki haqiqiy operand bilan bir xil bo’ladi

- ishorani rad qilish - | - - | -

Ifodalar amallar va operandlardan tashkil topgan bo’ladi. Eng oddiy holda ifoda bitta binary yoki unar amaldan tashkil topishi mumkin. Binar amallarda algebraic ko’rinishda bo’ladi. Masalan, а+b. Unar operatsiyalarda amal operand oldida qatnashib keladi, masalan: -b.




Download 16,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish