YAkkabog' — Qashqadaryo viloyati YAkkabog' rayonidagi shu nomdagi
aholi yashaydigan joy nomi. Aytishlaricha, dastlabki vaqtlarda hozirgi YAkkabog'
rayoni o'rnida axoli kam bo'lgan. Bularning ham ko'pchiligi ko'chmanchi xalq
bo'lib, chorvachilik bilan shug'ullangan. YAkkabog' hududi ekin ekishga qulay
bo'lgan. U Hisor tog'iga yaqin bo'lib, chashma va mayda soy suvlari
YAkkabog'dan o'tadi. Suvning bu jixdtdan qulayligi bog'-rog' barpo etishga olib
kelgan. Bu joyda oldyn yakka bog' barpo qilingan. YAkkabog' rayoni hududida bir
necha qishloq mavjud.
Bulardan biri No'g'aylidir. No'g'aylar haqida aytilgan ayrim gaplar hozir ham
xalq o'rtasida mavjud. Ikkinchi qishloq — Qatag'on (quvilganlar), uchinchi qishloq
— Uchtepa.
Do'stlaringiz bilan baham: |