Masjidi kalon (Katta masjid) — juma namozi o'qiladigan bu masjid 1514
yilda qurilgan bo'lib, kattaligi jihatdan Samarqanddagi Bibixonim masjididan
keyin ikkinchi o'rinda turadi. U XII asrdagi eski masjid o'rniga qurilgan. Masjid
XV asrda qurila boshlanib, XVI asr boshlarida (1514 yilda) bitgan. Masjid to'g'ri
to'rtburchak shaklida hovlisi bo'lgan ochiq masjidlar turkumiga kiradi. Masjidi
kalonning ettita eshigi bor. Asosiy sharqiy eshigi oldida va ichida keng ayvonlar
bor.
Masjidning umumiy maydoni bir gektar keladi (127X78). Hovli galereyasi
288 qubba bilan qoplangan, ularni 200 ta ustun ko'tarib turadi. Bu ham noyob
me'morchilik yodgorliklaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |