tomonidagi bezaksiz darvozadan kirilgan. Hovlining ikki yoni bir qavatli, old
tomoni rovoqsimon ayvonlardan iborat, XVIII asrda hovli atrofidagi ayvonlar
buzilib ketgan, keyin hujralarga aylantirilib, qayta tiklangan, 1886 — 88 yillarda
asosiy bino (xonakoh) ham qayta tiklangan.
Zangiota kompleksi
Toshkentdan 16 km janubda
XIV asr oxiri va
XX asr boshlarigacha qurilgan
bu noyob kompleks o'z nomi bilan mashhur. So'fiylik targ'ibotchisi shayx Oyxo'ja
ibn Tojxo'ja sharafiga shunday atalgan. Bu maqbarani Amir Temur qurdirganligi
haqida bir qator rivoyat va afsonalar bor.
XVI asrning 60- yillarida qurilgan yodgorlikdir. SHaharning eng yirik
qadimiy inshootlaridan biri bo'lib, uni Toshkent xonlaridan birining vaziri
Ko'kaldosh qurdirgan. Madrasa o'rta asr shahristonining janubiy chekkasida
qurilgan. Hozirgi ko'cha o'rni esa xandak bo'lgan. Binoni qurishda an'anaviy
kompozitsiyaga rioya qilingan: chorsi hovlisi keng, xujralar va ochiq ayvonlar
bilan o'ralgan. Hovlining P — simon yo'llari hujra (darsxona) larni masjid bilan
ulaydi. Hujralar soni 38 ta bo'lgan. Madrasa dastlab uch qavatli bo'lgan. Bosh
fasadi janubga qaragan. Darvozadan kiraverishda chapda masjid, o'ngda
darsxonalar joylashgan. Masjid va darsxonalarning usti o'zaro kesishgan ravoqlar
ustiga o'rnatilgan gumbazlardan iborat. Miyonsaroy (vestibyul’) etti gumbazli.
Me'morlar madrasani bezashda asosan binoning old tomoniga e'tibor berishgan.
Sirkor parchin va girix naqshlar bilan bezatilgan hashamatli peshtoqning ikki
yoniga ikki qavatli ravoq ishlangan. Ikkinchi qavatdagi hujralar faqat peshtoq ikki
yonidagina saqlangan. Old tomonining chekka burchaklari baland guldastalar bilan
tugallangan. Guldastalar ustida minorachalar bo'lgan.
XVIII asr oxirida madrasa
qarovsiz holga kelib qolgan va karvonsaroy sifatida foydalanilgan. Ko'kaldosh
madrasasining 1866 va 1886 yilgi zilzilalardan zararlangan peshtog'i qayta
tiklangan. 1946 yilgi zilziladan ham qattiq shikastlangan. Madrasa so'nggi marta
1930—1960 yillarda butunlay qayta ta'mirlangan. Minoralarning balandligi 2-
qavat bilan deyarli baravarlashtirilgan. Zamonlar o'tib bir necha bor ta'mirlanishi
natijasida madrasaning tashqi ko'rinishi o'zgarib ketgan. Madrasaning old
tomoniga an'anaviy usulda, zinapoya ishlangan. Ko'kaldosh madrasasi 1991 yildan
Movarounnahr musulmonlari Diniy idorasi tasarrufida bo'lib ta'mirlash ishlari olib
borilmoqda.
SHayx Zayniddin bobo maqbarasi
Do'stlaringiz bilan baham: