Bog'iston — Toshkent viloyati Bo'stonliq rayonidagi qishloq Hoja
Ubaydulloh, Ahrorning qishlog'i, u shu qishloqda tavallud topgan (1404—1490)
H. Hasanov Bug'uston, ya'ni «Bug'uli er» deb izohlaydi. V. V. Bartol’d «Eronning
tarixiy-geografik ocherki” asarida Bog'iston degan joyni «Xudo vatani» deb
tarjima qilgan. (Islom dinidan oldin bog' so'zi eron tillarida «xudo» ma'nosini
anglatgan, bu so'zning fog' (fug') variantlari ham bo'lgan.) Bu toponim «bog'lar
o'lkasi» degan ma'noda ham bo'lishi mumkin. Profes-sor I. P. Petrushevskiy
bog'iston so'zini ana shunday izohlagan. Bog'iston qishlog'ida tashkil topgan
birinchi jamoa xo'jaligiga rais bo'lgan hurmatli Sotiboldieva Zinnat opaning
fikricha, Bog'iston «Bog'i bo'ston» degan so'zdan kelib chiqqan bo'lishi kerak.
Burchmulla — Toshkent viloyati Bo'stonliq rayonidagi qishloq. Ba'zi
birovlar Ko'ksuv bilan CHotqol suvlari qo'shilgan burchakda bir mulla o'tirgan
ekan, shuning uchun ham Burchmulla, ya'ni mullaning burchi (burchagi) deb
atalgan, deyishadi. Aslida bu nomning «mulla» so'ziga hech qanday aloqasi yo'q.
Ikkala so'z —mulla, burch (burj) so'zlari ham minora degan ma'noni anglatadi.
Gazarma — Toshkent viloyat Burchmulla yaqinidagi qishloq (joy). XX asr
boshlarida bu erda mis koni ishga tushirilib, konda ishlaydigan rus soldatlari uchun
Piskom tizmasi yonbag'irlarida Ko'ksuvdan ancha balandlikda kazarmalar
qurilgan. Keyinchalik kon ishlatilmay qoladi, lekin kazarma so'zi Gazarma
shaklida joy nomi sifatida saqlanib qolgan.
Degrezlik — Toshkentning qadimgi mahallalaridan biri. Bozorga yaqin,
Xadra maydonida joylashgan. Toshkent qayta qurilgandan keyin Degrez
mahallasining ko'p qismi buzilib ketdi. Bu erda hozir fontan, tsirk va bir qancha
imoratlar qurilib ketgan. Deg(dek) qozon, degrez — qozon quyuvchilar, cho'yan
quyuvchi degan so'z. Mahalla aholisining asosiy kasbi cho'yan, jez, abjush — etti
qotishma quyish bo'lgan.
Oqtepa — bu so'z «dehqon» so'zi bilan bevosita aloqador. Dehqon atamasi V
— VI asrlarda paydo bo'lgan. Dehqon ilk o'rta asrlarda yirik er egasi bo'lgan. Bu
tabaqa to XI — XII asrlargacha mamlakatda hukmron sinf bo'lib kelgan. XII
asrdan so'ng dehqon atamasi oddiy qishloq mehnatkashlari, degan ma'noni oladi.
Odatda feodal dehqonlar to'g'on boshida, atrofi devor va handaqlar bilan to'silgan
mustahkam qo'rg'onlarda yashaganlar. Bunday qo'rg'onlar davrlar o'tishi bilan
vayron bo'lib, xarobalarga aylanib qolgan. Bu xarobalar hozirgi vaqtda «oqtepalar»
deb yuritiladi. Masalan, Toshkent shaharida mana shunday 8 ta Oqtepa mavjud.
Do'rmon — Do'rmon, Do'rmoncha, YUqori DO'rmon degan nomlar
Toshkent voxasida juda ko'p uchraydi. Bu so'z Mo'g'ul urug'laridan birining nomi
bo'lib, ma'nosi Mo'g'ul tilida «tort» demakdir. Bu so'zni ba'zi kishilarning,
olimlarning afsonaviy qahramon Durmon bahodir nomidan olingan deyishlari
to'g'ri emasdir.
Jahonobod — Toshkent viloyati Qibray rayonidagi bir qishloq.Ilgarigi nomi
Nanay. 1966 yilda O'zbekistonda yangi hokimiyatni o'rnatish va mustahkamlash
uchun kurashda faol ishtirok etgan Jahon Obidova nomiga qo'yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |