Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllari. Sinfdan tashqari ishlarning formalari (ommaviy ish, tarbiyaviy tadbirlar, musobaqalar, to’garak ishlari, mustaqil mashg’ulot)
Mehnat ta’limi xonasi va shu xonadagi qo’l mehnati darslari to’g’ri tashkil etilsa, o’quvchilarda mehnatga ijobiy munosabat shakllanadi, ishlab chiqarish – texnologik madaniyat tarbiyalanadi.
Mehnat xonasi shunday tashkil etilishi kerakki, u o’quvchilarning quyidagilar bilan ta’nishtirishni ta’minlasin:
Ishlov beriladigan materiallar: qog’oz, karton, gazlama, tola, sim, tunuka, yog’och; ayrim qurilish materiallari: alebastr, sement va shu kabilar texnologiyasi bilan.
Yuqoridagi materiallarga ishlov berishda qo’l bilan bajariladigan moslamalar bilan emas, balki mexanizasiyalashgan moslamalar bilan.
Materiallarga ishlov berishning asosiy metodlari: mexanik, kimyoviy, energetik va shu kabilar bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |