geologiya, gidrogeologiya, gruntlar mexanikasi va boshqa fanlarning yutuqlari asosida ulardan va ular ustiga yo‟l poyi quriladigan gruntlarni har tomonlama tatqiq etish va o‟rganish. Yo‟l poyining suv- issiqlik rejimi qonunlari va ularni boshqarish usullarini, turli tabiiy sharoitlarda gruntlarning yo‟l poyidagi holatini chuqur o‟rganish natijasida yangi sohaviy fanlar- gruntshunosligi va gruntlar mexanikasi, yo‟l iqlimshunosligi va sh.k.lar yaratildi. Ular yo‟l amaliyoti uchun juda muhim sanalgan gruntlarning turli tabiiy sharoitlardagi yo‟l xususiyatlarini va ularni tegishli tarkibiy qismlarni tanlash hamda yuzaki-faol, gidrofoblaydigan va boshqa xossalarga ega turli kimyoviy moddalarning qo‟shimchalari bilan yaxshilash usullarini baholash masalalarini o‟z ichiga oladi;
yo’l to’shamalari va yo’l poyi hamda ko’p qatlamli yo’l to’shamalari - yo‟l to‟shamalari va qoplamalarining xizmat muddati ularning konstruktsiyasiga, transport oqimlarining o‟lchami va tarkibiga bog‟liqligini hisobga olgan holda, bikr va nobikr yo‟l to‟shamalarini ma‟lum bir harakat tarkibi va jadalligi talablariga javob beradigan kompleks konstruktsiyalashtirish usullarini hisoblashning nazariy asoslari;
mineral materiallarni ularning kon joyidan boshlab (qoyali va g‟ovak tog‟ jinslari), sanoat mahsulotlari (shlak va sh.k.) va chiqindilari (dumlar, flyuslar va sh.k.)ni, shuningdek, yo‟l to‟shamalari, ko‟priklar, quvurlar, bino va sh.k.lar qurilishida asosiy
material hisoblanadigan yarim tayyor mahsulotlarni (chaqiq toshli, shag‟alli va shlakli) keng o‟rganish. Bu materiallarning tuzilishi, chidamliligi, tabiiy mustahkamligini o‟rganish asosida ularni sinash va baholash usullari, shuningdek, yo‟l qurilishida qo‟llaniladigan me‟yorlar, standartlar va texnik qoidalar ishlab chiqilgan;
organik boglovchilar (bitumlar, saqichlar, emulsiyalar, bitumli jinslar)ni, shuningdek, ularning xususiyatlarini yaxshilovchi yuzaki-faol va boshqa kimyoviy moddalar, smola va polimer materiallarni batafsil tadqiq qilish. Mahalliy neft navlari va ulardan olinadigan organik bog‟lovchilarni o‟rganish asosida qurilishda foydalanishga mo‟ljallangan standartlar va texnik shartlar ishlab chiqilgan. Bu organik bog‟lovchilarni qo‟llagan holda turli qoplama va asoslarni qurish texnologiyasini ishlab chiqishga hamda kerakli texnik qoidalarni o‟rnatishga imkon berdi;
Do'stlaringiz bilan baham: |